MOLLUSKALAR Qorinoyoqli molluskalar bilan chuchuk suv shillig`i misolida tanishamiz.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig`i hovuz va ko`llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o`ralgan chig`anoq ichida joylashgan. Chig`anoq o`ramlari ingichkalashib, o`tkir uchni hosil qiladi. Chig`anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo`ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o`rab turadi. Mantiyadan chig`anoq hosil bo`ladi. Boshining ostki tomonida og`iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo`ladi. Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ко`zi joylashgan. Suv shillig`i oyoq muskullarining to`lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi.
Ko`payishi.Suv shillig`i - germafrodit hayvon. U uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko`p tuxum qo`yadi. Tizimchasi suv o`tlariga ilashib qoladi. Tuxumlardan nozik chig`anoqli kichik molluskalar rivojlanadi.
BO`G`IMOYOQLILAR TIPI
Qisqichbaqasimonlar - birlamchi suvda yashovch bo`g imoyoqlidir. Ularningtanasi boshko`krak va qorin bo`limidan iborat. Boshko`krak xitin qalqon bilanqoplangan. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko`payishi Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko`l, daryo va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko`kimtir-qo`ng`ir, ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani payqash qiyin. Qisqichbaqa kun bo`yi toshlarning ostida yoki qirg`oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq izlab faqat kechqurunlari chiqadi. Qisqichbaqaning asosiy ozig`i suv o`tlari, kasal hayvonlar (molluskalar, hasharotlar lichinkasi), ularning murdalari yoki kasallangan hayvonlar hisoblanadi. U oziqning hidini yaxshi sezadi.
Tashqi tuzilishi.Daiyo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin po`st bilan qoplangan. Xitin qoplag`ich uning tanasini tashqi ta`sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib birikadi. Qisqichbaqaning tanasi boshko`krcik va qorin bo`limlaridan iborat. Boshko`krak bosh va ko`krak bo`limlarining harakatsiz birikishi natijasida hosil bo`lgan va boshko`krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonning oldingi
uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko`zlar joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va kalta mo`ylovlari hid bilish va tuyg`u organlari hisoblanadi. Og`iz teshigini uch juft jag`lar o`rab turadi. Boshko`krakning keyingi qismida 8 juft o`simtalar bor. Ulardan 3 jufti jag`oyoqlar bo`lib, oziqni ushlab og`izga surish va jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to`rt iufii esa haqiqiy yurish ovoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat qiladi. Qorin bo`limi yetti bo`g`imdan iborat. Har qaysi bo`g`imda bir juftdan qorinoyoqlcir bo`ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli bo`ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichtii hosil qiladi.