I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ochiq urg`lilarning yer yuzida va O`zbekistonda qancha turi tarqalgan?
Ochiq urug`lilarning hayotiy shakllarini ayting?
Ochiq urug`lilarning qanday vakillarini bilasiz? Ularga misollar keltiring.
Ochiq urug`li bir uyli yorug`sevar o`simlikni nomini ayting.
Archa bargaining qaysi qismida barg o`gizchalari joylashgan?
Archaning barglari novdada qanday joylashgan?
Archa necha uyli o`simlik?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Hayvonot dunyosining asosiy sistematik guruhlari va ularga xos xususiyatlar. Umurtqasiz hayvon tiplari: kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar xilma-xilligi, morfologiyasi, hayot sikli, ekologiyasi.
b) yangi mavzu rejasi:
1) Hayvonot dunyosining asosiy sistematik guruhlari va ularga xos xususiyatlar.
2) Umurtqasiz hayvon tiplari: kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar xilma-xilligi, morfologiyasi, hayot sikli, ekologiyasi.
d) yangi mavzu bayon matni:
KOVAKICHLILAR
G`ovak tanlilar- tuban tuzilgan, asosan kaloniya bo`lib yashovchi ko`p hujayralilar. Ular dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suv havzalarida suv tubiga yopishib yashaydi. Ko`rinishi har xil bo`lib odatda ular yopishgan substrat (toshlar, shoxlar) shakliga o`xshaydi. Ayrim turlari kosasimon yoki qadahsimon bo`ladi.G`ovak tanlilar jissiz va jinsiy ko`payadi. Jinssiz ko`payishda tashqi va ichki kurtaklar hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan tashqi kurtak ajralib ketmasdan kaloniya hosil qiladi. Gemmulalar deb ataladigan ichki kurtaklar esa qishda g`ovak tanali halok bo`lgandan so`ng qishlab qoladi ( masalan chuchuk suv bodayagasi); bahorda ulardan yangi koloniya hosil bo`ladi.
Ko`pchilik g`ovak tanlilarning germofradit jinsiy hujayralari mezogliyda yetiladi. Spermatozoidlar suv bilan boshqa hayvon tanasiga o`tib, uning tuxum hujayrasini urug`lantiradi. Zigota bo`linib parenximula deb ataladigan lichinkani hosil qiladi. Lichinka suvda erkin suzib yurib, g`ovak tanlining tarqalishiga yordam beradi. Dastlab yoqacha xivchinli hujayralar lichinka tana sirtida joylashgan bo`ladi. Keyinchalik o`troq yashashga o`tish davrida lichinka tanasi qavatlari teskari ag`dariladi, ya`ni uning ichki qavati tana sirtiga chiqadi; xivchinli hujayralardan iborat tashqi qavatini hosil qiladi. Ana shu sababdan g`ovak tanlilarni teskari ag`darilgan hayvonlar, ular tana bo`shlig`ini paragastral bo`shliq deyiladi. Bu hol g`ovak tanlilar tanasidagi hujayralarning kam ixtisoslashganligi bilan bog`liq. Drahaqiqat, g`ovaktanlilar mezogliyasida yulduzsimon va amyobasimon hujayralar tana tashqi yoki ichki yuzasiga chiqib, epiteley yoki yoqali xivchinli hujayralarni hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |