Yassi chuvalchanglar
Yassi chuvalchanglar - tanasi ikki yoqlama simmetriyali ko`p hujayralilar. Ularning hazm qilish, ayirish, sezgi, jinsiy organlari rivojlangan. Ular kiprikli chuvalchanglar, so`rg ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar sinflariga bo`linadi
Kiprikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo`lib, may da kipriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda erkin yashaydi. Oq planariya - kiprikli chuvalchanglarning tipik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Oq planariya daryo va ko`llaming tubida hayot kechiradi. 0`zbekistonda uni ayrim kichikroq soylaming tubida yotgan tosh, barg va cho`plarning ostidan topish mumkin.
Oq planariya tanasining uzunligi 2-3 sm, oqish yoki kulrang tusda. Tanasining biroz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o`simtalarga o`xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi ko`zchalari joylashgan: keyingi tomoni konussimon toraygan, uchki tomoni to`mtoq bo`ladi. Tanasi sirti bir qavat kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kipriklar yordamida sekin sirpanib harakat qiladi; ba`zan suv yuzasiga ko`tarilib suzadi.
Tana simmetriyasi. Agar oq planariyaning tanasi bo`ylab xayolan to`g`ri chiziq o`tkaziladigan bo`lsa, uning organlari shu chiziqning ikki tomonida bir xil miqdorda joylashadi, ya`ni tananing har ikki qismi teng bo`ladi. Tana organlarining ana shunday joylashishi ikki tomonlama simmetriya deyiladi.
Jinsiy sistemasi va ko`payishi. Tanasining oldingi qismida ikkita urg`ochilik jinsiy organi -tiixumdonlar;ulardan keyinroqda pufakka o`xshash erkaklik jinsiy organi -urug `donlarjoylashgan. Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdonlarda tuxumlar, urug`donlarda esa urug` hujayralari - spermatozoidlar hosil bo`ladi. Urug`langan tuxumlar to`p-to`p bo`lib pillaichiga qo`yiladi. Tuxumdan chiqqan yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi.
Shunday qilib, planariya tanasidan bir vaqtning o`zida tuxum va urug` hujayralar rivojlanadi. Planariya va unga o`xshash ikki xil jinsga ega bo`lgan hayvonlar germafroditdeyiladi.
Regeneratsiyasi. Planariyada regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Noqulay sharoit tug`ilganda (harorat oshganda, kislorod yetishmasa) planariya mayda bo`laklarga bo`linib ketib, qulay sharoit tug`ilganida yana har bir bo`lakdan alohida organizm rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |