III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Odamning nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasining tarkibiy qismlari. Orqa miya. Orqa miyaning reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalari.Bosh miyaning tuzilishi, joylashuvi, tarkibiy qismlari, ularning funksiyalari
b) yangi mavzu rejasi:
1) Odamning nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasining tarkibiy qismlari.
2) Orqa miya. Orqa miyaning reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalari.
3) Bosh miyaning tuzilishi, joylashuvi, tarkibiy qismlari, ularning funksiyalari
d) yangi mavzu bayon matni:
Nerv sistemasining funksiyasi ikki qismga bo’lib o’rganiladi. Nerv sistemasining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha hujayra, to’qima, organlari va sistemalarining shini boshqarish, tartibga solib turish hamda ularning bir-biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlaydi. I.P.Pavlov bu funksiyani quyi funksiya deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlari(uzunchoq, o’rta, oraliq miya, miyacha ) dagi nerv markazlari bajaradi. Nerv sistemasining ikkinchi funksiyasi odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog’lanishini, muomilasini, tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Pavlov bu funksiyani oliy nerv faoliyati deb atagan. Bu vazifani bosh miya yarim sharlari va uning po’stloq qismidagi nerv markazlari bajaradi. Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv sistemasi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar hamda umurtqa pog’onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi. Markaziy nerv sistemasining segmentar (quyi) qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari (uzunchoq, Varoliy ko’prigi, o’rta, oraliq miya, miyacha) kiradi. Markaziy nerv sistemasining segment qismiga bosh miyaning yuqori qismlari (bosh miya yarim sharlari va uning po’stloq qismi) kiradi. Bajaradigan funksiyasiga ko’ra, nerv sistemasi ikki qismga bo’linadi: somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi.Vegetative nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish) hamda ichki sekretsiya bezlari ishinNerv tizimi organizmdagi a’zolar faoliyatini boshqaradi va ular faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizmni tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Nerv tizimining markaziy qismi bosh va orqa miyadan, periferik (chetki) qismi ulardan ketuvchi nervlardan iborat. Barcha nerv tizimi somatik va vegetativ (avtonom) nervlarga ajratiladi. Somatik nervlar organizmni tashqi muhit bilan bog‘lash va qo‘zg‘alishni, vegetativ nervlar moddalar almashinuvi va ichki a’zolar faoliyati (yurak urishi, ichakning qisqarishi, bezlar sekretsiyasi)ni boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi bir muncha mustaqil (avtonom) ishlash xususiyatiga ega, u kishi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarni hajaradi. Markaziy nerv tiziminig kulrang moddasi neyronlar va ularning mayda o‘simtalaridan, oq moddasi qobiq bilan qoplangan uzun o‘simtalardan iborat. Kulrang modda orqa miyaning markazida, bosh miyaning sirtida joylashgan. Qo‘zg‘alishni a’zolardan miyaga uzatadigan nervlar markazga intiluvchi, ya’ni sezuvchi, qo‘zg‘alishni miyadan a’zolarga o‘tkazuvchi nervlar esa markazdan qochuvchi, ya’ni harakatlantiruvchi nervlar deyiladi. Nerv tolalari birga qo‘shilib nerv boylamlarini, bir necha boylamlar esa alohida nervlarni hosil qiladi.2.Orqa miya umurtqa pog‘onasi ichida joylashgan bo‘lib, markazida orqa miya suyuqligi bilan to‘lgan orqa miya nayi bor. Orqa miyadan bir juftdan oldingi va orqa nervlar chiqadi. Orqa miyaning markazidagi kulrang moddasi qo‘shimcha va harakatlantiruvchi neyronlardan, tashqi oq moddasi neyronlarning uzun o‘simtalaridan iborat. Nerv qo‘zg‘alishlari orqa nervlar orqali a’zolardan miyaga, oldingi nervlar orqali aksincha, miyadan ishchi a’zolarga chiqadi. Har ikkala nervlar umurtqa pog‘onasining ikki yonida qo‘shilib, 31 juft aralash nervlarni hosil qiladi. Har qaysi nerv muayan bir guruh muskullar yoki terining ma’lum qismini boshqaradi.Orqa miya ikkita muhim funksiyani: reflektor funksiya va o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Ko‘pgina harakat reaksiyalari, masalan, tizza refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi.Orqa miyada yurak, oshqozon, qovuq, qon tomirlari, skelet muskullari, jinsiy bezlar va boshqalarni idora etadigan nerv markazlari bor. Nerv markazlari juda ko‘p qo‘shimcha neyronlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |