I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Har xil toiqin uzunligiga ega yorugMik nurlarining xususiyatlarini izohlang.
Ultrabinafsha nurlaming tirik organizmlar uchun ahamiyatini tushuntiring.
Tirik organizmlar uchun ko‘rinadigan nurlar qanday ahamiyatga ega?
Kun uzunligi va fotoperiodizm tushunchalariga izoh bering. Bu hodisaning tirik organizmlar uchun qanday ahamiyati bor?
YorugTikning intensivligiga ko‘ra o‘simliklaming ekologik guruhlariga ta’rif bering.
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar nerv sistemasini qiyosiy o‘rganish.
b) yangi mavzu rejasi:
1) Umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda o‘z-o‘zini idora etish sistemalari.
2)Umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning nerv sistemasi.
3)Nerv sistemasi filogenezi
d) yangi mavzu bayon matni:
Tirik organizmlarda nerv sistemasining paydo boTishi natijasida boshqarishning yangi shakli - nerv orqali boshqarish yuzaga kelgan. Nerv sistemasining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq holda nerv sistemasining ustuvorligi asosida neyrogumoral boshqarish shakllangan. Nerv boshqarilish - nerv sistemasi vositasida organizmning bir butun yaxlitlikdagi hayotini ta’minlaydigan jarayonlar yig‘indisi sanaladi. Turli hayvonlarda nerv sistemasining tuzilish darajasi har xil bo‘lishiga qaramasdan ular o‘xshash, ya’ni organizmdagi barcha organ va to‘qimalami yaxlit tizimga birlashtirish va tashqi muhit bilan aloqani ta’minlash vazifasini bajaradi.
Nerv sistemasi filogenezi. Tirik organizmlardagi har bir organlar sistemasining tarixiy rivojlanishi filogenez deyiladi. Nerv sistemasining filogenezi quyidagi bosqichlarga bo’linadi. Birinchi bosqich: to‘rsimon yoki di ff uz tipidagi nerv sistema. Bo‘shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan nerv o‘simtalari vositasida turli yo‘nalishlarda birlashgan butun tanani to‘r shaklida o‘rab olgan nerv hujayralaridan iborat. Tananing istalgan qismiga ta’sir qilinganda nerv to‘rida qo‘zg‘alish paydo boTadi va organizm butun tanasining harakati bilan javob qaytaradi. Ikkinchi bosqich: stvol tipidagi nerv sistema. Kiprikli chuvalchanglaming nerv sistemasi bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar orqali tutashadi. Umumiy holatda nerv sistemasining tuzilishi narvonni eslatadi.
So‘rg‘ichli va tasmasimon chuvalchanglaming nerv sistemasi tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ulami tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi tomoniga va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing ikki yonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. To‘garak chuvalchanglaming nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan.
Uchinchi bosqich: zanjir tipidagi nerv sistemasi. Halqali chuvalchanglaming nerv sistemasi bir juft halqum usti nerv tuguni, bir juft halqum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv halqasi hamda bir-biriga yaqin joylashgan juft qorin nerv zanjiridan iborat. Tananing har bir segmentida bir juft nerv tugunlari mavjud. Nerv tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar boradi. Molluskalaming nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, halqum usti nerv tuguni, («bosh miya») va tananing turli qismlaridalilaming diffuz tipidagi nerv joylashgan nerv tugunlarini tutashtiruvchi nerv sistemasi; jiri tipidagi nerv sistemasi; lishga ega. Sakkizoyoqning qizilo‘ngach atrofida 4 - umurtqalilaming nerv nayi joylashgan oldingi (bosh) nerv tugunlaridanhosil bo lgan ganghylar o zaro birlashib bosh
miyani hosil qiladi. Mazkur molluskalar gumhida sezgi organlaridan ko‘rish va tuyg‘u organlari ko‘proq rivojlangan. Ular turli tasvimi, mexanik va kimyoviy ta’sirlami farqlay olish, toshlardan uya qurish, shaxsiy tajribalardan hayoti davomida foydalanish xususiyatiga ega.
Umurtqasiz hayvonlar ichida bo‘g‘imoyoqlilaming nerv sistemasi yuksak darajada tuzilgan. Bo‘g‘imoyoqlilaming nerv sistemasi halqali chuvalchanglaming nerv sistemasiga o‘xshash, lekin funksional jihatdan takomil lashgan, qorin nerv zanjiridagi juft nerv tugunlari qo‘shilishi natijasida nerv tugunlari yiriklashgan. Ularning bosh bo‘limida asosiy sezgi organlari joylashganligi sababli nerv markazlarining hajmi kattalashgan.
To‘rtinchi bosqich barcha xordalilar uchun xarakterli bo‘lgan naysimon nerv sistema hisoblanadi. Nerv hujayralari nerv nayi bo‘ylab bir xil joylashgan. Xordali hayvonlar bitta tipga mansub bo‘lganligi sababli, ularning nerv sistemasi tuzilishida umumiylik mavjud. Tuban xordalilarda nerv nayi markaziy nerv sistemasini, undan chiquvchi bir qancha nervlar periferik nerv sistemasini tashkil etadi. Hayvonlarning tuzilishi murakkablashgan sayin nerv sistemasining tuzilishi ham sezilarli darajada o‘zgaradi
Nerv sistemasining keyingi bosqichi hayvonlarning xulq-atvorini ta’minlaydigan bosh miyaning shakllanishi bilan bog‘liq. Umurtqali hayvonlar (baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) nerv sistemasi bir xil anatomik tuzilishga ega bo‘lib, ayniqsa sutemizuvchilarda yuqori darajada tuzilgan.
Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida odamning nerv sistemasi bilan tanishgansiz. Barcha umurtqali hayvonlarda ham markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyadan, periferik nerv sistemasi bosh va orqa miyadan chiquvchi nervlardan iborat. Bosh miya beshta bo‘lim: oldingi, oraliq, o‘rta, uzunchoq miya, miyachadan iborat. Bosh miyaning har bir bo‘limi aniq sezgi organlari bilan filogenetik bog'lanishga ega. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra somatik va vegetativ nerv sistemasi farq qilinadi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga ajraladi.
Baliqlarda bosh miya unchalik katta hajmga ega emas, oldingi miya yarimsharlarga bo‘linmagan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda oldingi miya yarimsharlarga bolingan. Miyacha harakatlaming soddaligi tufayli yaxshi rivojlanmagan. Sudralib yuruvchilaming quruqlikda yashashga o‘tishi miyaning murakkab morfologik va funksional tuzilishni talab etadi. Ularda oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan yiriklashgan. Miyacha sudralib yuruvchilaming xilma-xil harakatlari tufayli kuchli rivojlangan.
Qushlarda xulq-atvoming murakkablashuvi, nasli uchun qayg‘urish instinkti bo‘lganligi ulaming bosh miyasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o‘rta miya, oraliq miyaning ko‘rish do‘mboqlari yaxshi rivojlangan. Miyachasi hara- katlarni muvofiqlashtirish markazi bo‘lganligi sababli kuchli rivojlangan.
Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlangan va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan. Miyachasi kuchli rivojlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |