Kambalasimonlar tanasi yon tomondan yassilashgan bo'lib, suvtubida bir tomonga yotadigan baliqlar kiradi. Qorin suzgichlari ko'kraksuzgichlaridan oldinda joylashgan. Voyaga yetgan baliqlarning ikkala ko'ziham bir tomonda bo'ladi. Kambalasimonlar chavoqlari suv qa'ridayashaydi. Bu davrda ularning ko'zlari boshining ikki yonida joylashgan;tanasi simmetrik tuzilgan. O'sgan sayin baliq suv tubida yashashga o'tib,gavdasi yassilashadi; ko'zlaridan biri boshining ikkinchi tomoniga ko'chadi.Kambalasimonlar gavdasining uzunligi 40—50 sm dan 500 sm gachabo'ladi. Bir qancha turlari sanoat miqyosida ovlanadi.
Kurak qanotlilarning juft suzgichlari va bosh qutisiniyopib turuvchi skeleti suyakdan iborat; jabra qopqoqlari va suzgichpufaklari rivojlangan. Bu belgilar ularni suyakli baliqlarga yaqinlashtiradi.Shuning bilan birga ularda tuban suzgich nurlilarga xos belgilar (xordao'q skeleti, ichagida spiral burmalar va arterial konusining bo'lishi,umurtqalarining sodda tuzilganligi) rivojlangan. Panjaqanotlilar turkumi. Paleontolog olimlar paleozoy erasi cho'kmajinslari qatlamlaridan fanga noma'lum bo'lgan baliqlar qoldiqlariniko'plab topishgan. Bu baliqlar juft suzgichlarining tuzilishi bilan boshqabaliqlardan keskin farq qilgan. Ularning juft suzgichlari quruqlikda yashovchiumurtqalilar oyoqlariga o'xshash tuzilgan; o'pkasi hamrivojlangan. Olimlarning fikricha bu baliqlar juft suzgichlariga tayanibyurib, suv havzalari qurib qolganida bir havzadan ikkinchisiga ko'chibo'ta olgan, keyinchalik ulardan quruqlikda yashovchi umurtqalilar kelibchiqqan. Bu baliqlar paleozoy erasida keng tarqalib, keyinchalik qirilibketganligi taxmin qilingan. Lekin 1938-yilda Hind okeani Afrika qirg'oqlariyaqinidan xuddi shunga o'xshash baliq tutiladi; olimlar uni latimeriyadeb atashadi. Latimeriya keyinchalik yana bir necha marta tutilganva uning tuzilishi batafsil o'rganilgan. Latimeriya gavdasining uzunligi 125—180 sm, vazni 25—80 kg bo'lib,og'zida o'tkir tishlari bor. Tanasi qalin suyak tangachalar bilan qoplangan.
Latimeriya dengizning 400—1000 metr chuqurligida yashaydi; yorug'likdanqochadi.Latimeriya xordasining hayoti davomida saqlanib qolishi, umurtqalariningsodda tuzilganligi, bosh skeletining asosan tog'aydan iboratbo'lishi bilan tuban suyakli baliqlarga o'xshaydi. Shuning bilan birga tanabo'shlig'ida o'pkasining bo'lishi, juft suzgichlarining besh barmoqli oyoqlargao'xshashligi ularning progressiv tuzilganligini ko'rsatadi. Hozirgi panjaqanotlilarning o'pkasi yog' bilan to'lgan bo'lib, nafasolishda qatnashmaydi. Lekin qirilib ketgan qadimgi panjaqanotlilaro'pkasi yordamida atmosfera havosidan nafas olgan. Ayniqsa ularning juftsuzgichlari o'ziga xos tuzilgan bo'lib, quruqlikda yashovchi hayvonlarningbesh barmoqli oyoqlariga o'xshab ketadi. Suzgichlarining asosiyo'g'onlashgan, etdor bo'lib, ularning uchida suzgich nurlari joylashgan.Suzgichlar skeleti ham quruqlikda yashovchi hayvonlarnikiga o'xshashsuyaklar (bitta yelka, ikkita bilak va tirsak, bir necha panja) dan iborat.Qadimgi panjaqanotlilar quruqlikda juft suzgichlariga tayanib yurishgan.Shunday qilib panjaqanotlilar eng qadimgi, chuchuk suv havzalaridandengizda yashashga o'tgan baliqlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |