Kurs: I guruh(lar): Fan



Download 1,04 Mb.
bet46/138
Sana05.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#741127
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Bog'liq
Kurs I guruh(lar) Fan

Fan: Biologiya Yo’nalish: Tabiiy fanlar


Mavzu: Bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi tuzilishi hamda xilma-xilligini o‘rganish
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: sistematika umurtqasizlar, xitin, mozaik, malpigi, toiq metamorfoz, chala metomorfoz, zahar bez, tutqich tor, parazit
Dars turi: amaliy
Dars metodi: Axborotli kichik ma`ruza, savol-javob


Dars jihozlari: O`quv qo`llanma, slaydlar, sxemalar, tarqatma materiallar, yangi axborot texnologiyalari, darslik
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: Hayvonot dunyosining asosiy sistematik guruhlari va ularga xos xususiyatlar. Umurtqasiz hayvon tiplari: Bo‘g‘imoyoqlilarning xilma-xilligi, morfologiyasi, hayot sikli, ekologiyasini o`rgatish
b) tarbiyaviy maqsad: Vatanga,litseyga, fanga muxabbat uyg`otish
d) rivojlantiruvchi maqsad: Og`zaki nazorat savol-javob
Tayanch kompetensiyalar:
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi (B1+)
– shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;
– o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.


Fanga oid kompetensiyalar:
Ilmiy xabardorlik kompetensiyasi (B1+): biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini biladi; biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarning mohiyatini tushunadi; biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi, umumlashtiradi, klassifikatsiyalaydi.

Darsning blok sxemasi





Darsning qismlari

Ajratilgan vaqt

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

O’tilgan mavzuni takrorlash

15 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

40 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5.

O’quvchilar bilimini baholash

7 daqiqa

6.

Uyga vazifa

3 daqiqa



I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
2.Gidra tanasi qanday qavatlardan iborat? Ularni izohlang.
3.Himoya funksiyasini, regeneratsiya funksiyasini, harakatlanish funksiyasini girra tanasida qaysi hujayralar bajaradi?
4.Gidra bahorda, yozda va kuzda qanday usullarda ko`payadi?
5.Yirik yadroli mayda hujayralar gidra tanasida qanday vazifalarni bajaradi?
6.Askarida qaysi tip va qaysi sinfga kiradi?
7.Askarida tanasining shakli va ko`ndalang kesmasi qanday tuzilgan?
8.Askarida tana devori qanday tuzilgan?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi tuzilishi hamda xilma-xilligini o‘rganish
b) yangi mavzu rejasi:
1) Bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi tuzilishi hamda xilma-xilligini o‘rganish
2) Qisqichbaqasimonlar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
3) O’rgimchaksimonlar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
4) Hasharotlarlar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.


d) yangi mavzu bayon matni:
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. Qisqichbaqa- simonlaming 30000 dan ortiq turi ma`lum. Ularning ko`pchiligi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan dafniya va siklop ko`p uchraydi. Ular baliqchilik xo`jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus kopaytiriladi.Ko`pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, langustlar, krevetkalar) go`shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig`i hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlaming ayrim vakillari quruqlikda yashashga moslashgan. O`zbekistonning cho`l mintaqalarida zaxkash (eshakqurt) keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va o`simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirindi moddalarga boyitadi.
O`rgimchaklar. O`rgimchaklarning ko`pchilik tuilari yirtqich bo`lib, pashsha, chivin kabi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Ulardan qoraqurt va biy zaharli hisoblanadi.
Qoraqurt O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va choilarida uchraydi . Yosh urg`ochi qoraqurtning qorni ustida qizg`ish dog`lari bo`ladi. Qoraqurt tuproqdagi chuqurchalar ustiga, toshlar ostiga tutqich to`r to`qiydi. To`riga tushgan chigirtka, qo`ng`iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Uning zahari odam uchun xavfli, tuya va otlarga ayniqsa kuchli ta`sir etadi. Biy eng yirik ( 3 - 4 sm) o`rgimchak bo`lib, tuproqda chuqurligi 60 sm gacha bo`lgan tik inda yashaydi. Tunda inidan chiqib hasharotlarni ovlaydi.
0`rgimchaklar. O`rgimchaklaming ko`pchilik turlari yirtqich bo`lib, pashsha, chivin kabi hasharotlami qirib foyda keltiradi. Ulardan qoraqurt va biy zaharli hisoblanadi.


Qoraqurt O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va cho`llarida uchraydi. Yosh urg`ochi qoraqurtning qomi ustida qizg`ish dog`lari bo`ladi. Qoraqurt tuproqdagi chuqurchalar ustiga, toshlar ostiga tutqich to`r to`qiydi. To`riga tushgan chigirtka, qo`ng`iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Uning zahari odam uchun xavfli, tuya va otlarga ayniqsa kuchli ta`sir etadi. Biy eng yirik o`rgimchak bo`lib, tuproqda chuqurligi 60 sm gacha bo`lgan tik inda yashaydi. Tunda inidan chiqib hasharotlami ovlaydi.
Falangalar. Ular o`rgimchaksimonlar orasida eng yirigi bo`lib, asosan issiq va quruq iqlimda hayot kechiradi. O`rta Osiyo cho`llarida keng tarqalgan yirik sariq falanganing kattaligi 6-7 sm.Falanganing tanasi bosh, ko`krak va qorin qismlaridan iborat. Boshida bir juft ko`zi va og iz organlari (jag`lari) joylashgan. Jag`lari o`tkir timoqqa, oyoqpaypaslagichlari esa yurish oyoqlariga o`xshaydi. Sariq falanga yirtqich bo`lib, kechasi ovga chiqadi. U turli hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Uning zahar bez. bo`lmaydi. Falanga zararkunanda hasharotlami qirib foyda keltiradi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish