4.3 To‘lqinlar siltashlar
To‘lqinlar va siltashlar – buyumlarsiz va buyumlar bilan bajariladigan
mashqlarda keng qo‘llaniladigan ifodali elementlar sifatida harakterlidir. Stilistik
yakunlangan to‘lqinlar va siltashlar gimnastikachidan juda yaxshi harakat
koordinatsiyasini talab qiladi.
Bu ayniqsa, tananing barcha a’zolari ishtirok etadigan, tananing katta
a’zolaridan boshlanib qo‘l barmoqlari bilan tugatilib bajariladigan harakatlarga,
ya’ni yaxlit to‘lqinlarga tegishlidir. To‘lqinlar va siltashlarga o‘xshash mashqlarda
ayniqsa gimnastika harakat elementlarining ayrimlari orasidagi bog‘liqlik, ularning
tutashligi, shu bilan birga gimnastikachining mushak apparatiga zo‘r berish va
birlashtirishni navbatlashtira olish qobtiliyati ko‘rinib turadi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |