126
yuqoriga
“cho‘zilgan”.
Burilish
paytida (6-9-kadrlar) qo‘llar
yonda
bo‘lgan holatidan yuqoriga ko‘tariladi.
Jismoniy nuqtai nazardan qaraganda
bu harakat burilish tezligini ushlab
turishga
yordam
berish
bilan
foydalidir: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish
aylanish o‘qiga nisbatan gimnastikachi
tanasining
inertsiya
vaqtini
kamaytiradi.
Burilish
paytida
gimnastikachining
boshi
tanasiga
nisbatan harakatsiz bo‘ladi,
nazar
to‘g‘riga qaratilgan.
38-rasm
7-faza – “aylanib burilib attitude holatiga kelish”. Bu fazaga kirish mashqga
murakkab va original harakter beradi. Bu yerda tos-son bo‘g‘imi bukilishi hisobiga
bajariladigan qo‘shimcha burilish (9-11-kadrlar) sust burilishga “qo‘yiladi”.
Mexanizmi bo‘yicha bu burilish to‘g‘ri siltab burilish bilan bog‘liq keltirilgan
harakatlarga tegishlidir (tayanchsiz burilish texnikasi to‘g‘risida 56-betga qarang).
Gimnastikachi o‘ng oyoqni tos-son bo‘g‘imidan bukib, tayanmagan oyog‘ini
orqada “qoldiradi” va yelkalari bilan chapga burilib
hamda kerishib attitude
holatiga o‘tadi. Mazkur burilish butun tananing inertsion harakatini yig‘ib mashqni
yaxlit ijro yetishni tezlashtiradi, shu tufayli inertsiya harakati orqali burilishning
bilinarli 720
0
ga qaraganda kamayishi ko‘rinadi.
8-faza – “attitude holatida aylanish”. Bu fazada
asosiysi yana tananing
inertsion harakati hisoblanadi. Gimnastikachi attitude holatini saqlagan holda (yoki
muvozanat holatida) burilishni davom ettiradi (11-12-kadrlar). Bunda qo‘l holati
bir oz o‘zgaradi va tayanmagan oyoq bukiladi; bu
harakatlar texnik tomondan
127
muhim emas va harakatning ifodali tomoni bilan bog‘liqdir. Faza oxirida jami
burilish 720
0
ga yetadi.
Yakuniy bosqich. Keltirilgan burilish finali turlicha bo‘lishi mumkin (37-
rasmda u ko‘rsatilmagan). Gimnastikachi butunlay oyoq kaftiga tushib chap
oyoqda muvozanat saqlab tugatishi mumkin; o‘ng oyoqni tushirib qadam bosishga
o‘tishi ham mumkin va boshqalar.
Keltirilgan burilish texnikasi va tuzilishini tahlil
qilish bunday turdagi
burilishlarni, bundanda oddiy yoki murakkab burilishlarning mohiyatini
tushunishga yordam beradi. Ular orasida faqat qo‘llarni aylanma siltash yoki faqat
oyoqlarni aylanma siltash bilan bajariladigan burilishlar,
oyoqni orqaga yoki
oldinga siltash bilan burilish, turli holatlarda burilish,
katta va kichik burilish
elementlarini birlashtiruvchi kombinatsiyalashtirilgan burilishlar, to‘g‘ri siltanish
bilan burilish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: