60
Badiiy gimnastikada zamonaviy va ratsional, ya’ni “buyumli” deb
ataladigan tayyorgarlikning muhimligi hech qanday shubhasizdir. Biroq,
gimnastikachi qizlar - “Badiiy” tayyorlash
umumiy tizimining ushbu
komponentasida (tashkil etuvchisida) ma’lum kamchiliklar va etishmovchiliklar
mavjud bo‘lib, ularning namoyon bo‘lish darajasi bu erda murojaat qilish o‘rinli
bo‘lgan ko‘pgina omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘pgina mutaxassislar va murabbiylar bizning
avvalgi muvaffaqiyatsizliklarimiz sababini sovet sportchi qizlarini buyumlar bilan
muomala texnikasi sohasida xorij sportchi qizlaridan biroz ortda qolishida
(V.Ya.Klimenko va hammualliflar, 1982; T.S.Lisitskaya, R.Sh.Kokoshvili,
V.Yu.Sosina, 1982; B.V.Biryuk, N.A.Ovchinnikova, L.G.Vlasova, 1983; J.Rinaldi,
1984; T.S.Lisitskaya, 1984, 1986; V.Nikiforova, 1985; T.Kravchenko, 1985;
N.A.Ovchinnikova, 1985 va boshqalar) deb bilganlar va bu fikrga qo‘shilish lozim.
Bu ortda qolish deyarli haqiqat edi va bu
haqida bizning yutuqlarimiz
dalolat berar edi. Biroq, shunday bo‘lsa ham, ushbu hodisa asosiy sabablarini tahlil
qilishda ancha batafsilroq to‘xtalishni istardik. Avval ham, hozir ham, musobaqa
dasturlarini bajarishning ishonchliligi va stabilligi muammosi eng muhim bo‘lib
qolmoqda (V.Ya.Klimenko va hammualliflar, 1982; E.V.Biryuk, L.G.Vlasova,
1984; N.I.Kuzmina, 1985, 1986; E.V.Biryuk, N.A.Ovchinnikova, 1989 va
boshqalar). Badiiy gimnastikada
stabillik deganda, eng avvalo, mashqlarni qo‘ldagi
buyumni yo‘qotishsiz (qo‘ldan chiqarib yubormasdan) bajarish tushuniladi.
Stabillik ko‘rsatkichi buyumni yo‘qotishsiz bajarilgan mashqlar sonini umumiy
bajarilgan soniga nisbatan foizini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Va bu
sportchining musobaqada mos o‘rinni egallashi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘ladi (O.A.Ivanova, 1984). Hattoki eng sezilmaydigan xatolik ham nufuzli
Xalqaro musobaqalarda sportchi qizning va uning murabbiyining yillar
davomidagi mehnatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Tadqiqotlar, mamlakatimiz
mutaxassislari tomonidan ham, xorij
mutaxassislari tomonidan ham, bir necha marta badiiy gimnastikada buyumlar
61
bilan muomala texnikasi mahorat ortishining bosh mezoni hisoblanadi degan fikr
ta’kidlandi. Aynan ushbu texnika ko‘p jihatdan alohida
sportchi qizlarning ham,
milliy
badiiy
gimnastika
maktablarining
ham,
yutuqlarini
yoki
muvaffaqiyatsizliklarini aniqlaydi (N.Robeva; J.Rinaldi; N.A.Ovchinnikova;
L.A.Karpenko va boshqalar). L.A.Karpenko fikriga ko‘ra, buyum bilan mashq
bajarish texnikasini rivojlantirish tendensiyalariga quyidagilar kiradi: buyumni
yuqoriga uloqtirishning sonini stabillashtirish fonida ularning turli-tumanligini va
qiyinchiligini oshirish, gimnastikachi qiz gavdasi va buyum harakatlarini eng zich
kontaktida elementlar sonini va qiyinchiligini oshirish, qo‘shimcha va bog‘lovchi
elementlar
funksiyalarini kengaytirish, originallik rolini oshirish.
Mashqni artistik jihatdan yuqori darajada bajarish uchun o‘z
individualligini ko‘rsatish va obraz yaratish, etarlicha stabillik va ustalik bilan
buyumlarni egallash va boshqarish kerak va faqat shu holdagina buyum xalaqit
beruvchi emas balki gimnastikani ifodalovchi elementlaridan biri bo‘ladi.
Mahoratli gimnastikachi qizlarning buyumlarni egallash va boshqarish
darajasini musobaqa natijasiga ta’siri tajriba yo‘li bilan isbotlangan va 0,862 ga
teng korrelyasiya koeffitsienti (R < 0,001) bilan ifodalanadi (E.V.Biryuk,
N.A.Ovchinnikova).
Do'stlaringiz bilan baham: