O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
A.ESHTAYEV, N.XASANOVA, D.KARABAYEVA
BADIIY GIMNASTIKADA
BUYUMSIZ BAJARILADIGAN
MASHQLARNI O‘RGATISH
USLUBI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv
qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT – 2013
2
UO‘K: 796.412.2 (075)
KBK 75.6
B-18
B-18
A.Eshtayev, N.Xasanova, D.Karabayeva.
Badiiy
gimnastikada buyumsiz bajariladigan mashq-
larni o‘rgatish uslubi. –T.: «Fan va texnolo-
giya», 2013, 256
бет
.
ISBN 978–9943–10–971–1
UO‘K: 796.412.2 (075)
KBK 75.6
Taqrizchilar:
T.S. Usmonxo‘jayev
–
p.f.d. professor;
M.N. Umarov –
dotsent.
ISBN 978–9943–10–971–1
© A.Eshtayev va boshq., 2013.
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.
3
KIRISH
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi. Musiqa
yangraydi... Salgina havotirli, shu bilan birga yengil va maromli.
Zal markazida bir qiz turibdi. Kelishgan, viqorli. O‘ziga xos sport
kiyimi qaddi-qomati chiziqlarini ta’kidlaydi. Qo‘llarida tasma.
Qizil, yarqiragan va xuddi jonlidek. U bir qiz tanasini muloyim
o‘rab olsa, bir shiddatli o‘ramalar bilan yuqoriga intiladi, bir
ilondek g‘alati buralib qo‘ldan chiqadi. Qiz ilhomlanib, musiqa
ritmiga bo‘ysundirib va har bir harakatni belgilagan holda, havoda
qizil chaqmoqlarni «chizadi». Bir vaqt ajoyib hodisa yuz beradi. Biz
endi gimnastikachi qizni emas, balki... toreadorni, lekin buqa bilan
hayot-mamot jangiga chiqqan emas, balki romantik, jasur, hayvon
bilan o‘ynovchini ko‘ramiz.
Mana, toreador qiz tasmani chetga siltab, bizga qizil, yarqi-
ragan muletani ifodaladi. Xayoliy buqa unga boshini egib tashlan-
di! Lekin... toreador chetga viqorli qadam tashladi, keyin boshqasi
bilan va buqa muletaga salgina ilashib, yonidan o‘tib ketdi. Tomo-
shabinlar gulduros qarsaklar bilan olqishlashdi! Ularni epchillik
rom etdi. Ammo maydonda jang davom etadi. Burilish va sakrash-
lar borgan sari tezroq va shiddatli tus oladi. O‘yin drammatik
xarakter qabul qildi va mana - yakuniy harakat: toreador qat’iy
ishora bilan buqa hujumiga chek qo‘yadi. Musiqa to‘xtaydi, lekin
tomoshabinlar hali ham o‘yin taassurotlari og‘ushida.
Ular uzoq va astoydil qarsaklar bilan olqishlab, gimnastikachi
qizni yana chaqirishadi. Lekin ularga ma’lumki: musobaqa qonun-
lari jiddiy, endi bu gimnastikachi qizni toreodor rolida faqat
ko‘rgazmali chiqishlarda ko‘rishlari mumkin. Bu vaqtda maydonga
boshqa qiz chiqdi.
Yana musiqa qo‘yiladi. Yumshoq, lirik. Gimnastikachi qiz-
«rassom» musiqaga to‘la muvofiq harakatda. Lekin uning qo‘llarida
tasma emas, balki oddiy bo‘lmagan, yorqin va itoatkor to‘p. Qiz
qanday harakat qilmasin, qanday burilmasin - to‘p hamisha u bilan:
bir qomati bo‘ylab yumalasa, bir qo‘llarida, boshida, ko‘ksida
4
sirg‘anadi. Mana yuqoriga otilgan to‘p baland parvoz qildi. Biroq,
to‘p qaytib tushguncha, qiz bir qancha akrobatik harakatlar baja-
rishga ulgurib, uni chaqqonlik bilan tutib oladi va yana janglyorlik
harakatlariga o‘xshagan o‘yin boshlanadi. Mana , «rassom» qiz 1-
2 yumaladi, to‘p hamon u bilan. U yana musiqaga hamohang
qo‘llarda sirg‘anib, qomat, bosh, oyoqlar bo‘ylab yumalaydi.
Undan keyin boshqa qiz arg‘amchi bilan, keyingisi gardish
bilan chiqadi. Har safar biz o‘ziga xos mashqlarni ko‘ramiz. Har
safar tanish, lekin hozirda nima uchundir yangicha yangrovchi
musiqani eshitamiz. Musiqa xuddi sezilarli bo‘layotgandek. O‘y-
laymizki, balet o‘z vositalari bilan musiqa asarini ifodalashga qo-
dirligi allaqachon tan olingan bo‘lsa, svetomuzika yashash huquqiga
ega bo‘lsa, nima uchun bu ajoyib «videomusiqani» tan olmaylik?
Ha, harakat san’ati tufayli shunday bo‘lgan musiqani. Bizni gul-
duros qarsaklar bilan olqishlashga nima majbur qilishini ayta
olamizmi? Har bir gimnastikachi qiz uchun xavotirlanib, xatto ular
bilan birga kechinishimizga nima sababligini aytingchi?
Amri mahol... Balki badiiy gimnastika tarixiga murojaat qilib,
uning barcha jihatlariga yondashgan holda, bunga oydinlik kiritish
zarurdir.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |