2. O‘QUVCHILARNI TAYYORLASHDA MAQSAD
VA VAZIFALAR
Badiiy gimnastikada xoreografik tayyorgarlik - o‘quvchilarni
yillar mobaynida ilm-fanga asoslangan holda har taraflama rivoj-
lantirib tarbiyalash demakdir.
Badiiy gimnastikada sport tayyorgarligi:
O‘quvchilarni jismonan har taraflama rivojlantirish. Jismoniy
sifatlarni o‘zaro bog‘lash (epchillik, tezlik, egiluvchanlik, sakrash
qobiliyati,tayanch
nuqtasini topa bilish, chidamlilik).
Ma’naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Badiiy gimnastikada zarur bo‘lgan sifatlarni shakllantirish.
Es-tetik sifatlarni rivojlantirish (musiqiylik, raqqosalik, ifodalay
olish va artistlik mahorati).
Sport tayyorgarligida ushbu turlarni qayd etib o‘tasiz:
jismoniy, psixologik, texnik, taktik, nazariy va integral. Jismoniy
tayyorgarlik umumiy ishlash qobiliyatini rivojlantirishga, gim-
nastikaga xos bo‘lgan jismoniy
sifatlarni kuchaytirishga, tayanch
nuqtasini topa bilish qobiliyatini shakllantirishga, harakatdagi
buyumga tezlik bilan javob bera olish va buyumni tushish
nuqtasini oldindan aniqlay olish qobiliyatini shakllantirishga,
o‘rgatish jarayonini
yanada murakkab qilib, o‘quvchiga
yuklamani kuchaytirishga qaratilgan.
Texnik tayyorgarlikda quyidagi turlarni alohida ta’kidlab
o‘tish lozim:
Buyumsiz mashq bajarish uslubini o‘rgatish;
Buyum bilan mashq bajarish uslubini o‘rgatish;
Xoreografik ta’lim berish ya’ni klassik, tarixiy, xalq va zamo-
naviy raqs elementlarini bajarishni o‘rgatish;
Musiqiy harakatlarni, ya’ni musiqa va harakatlar yordamida
musobaqalarga o‘z dasturlarini tayyorlashni o‘rgatish.
Psixologik tayyorgarlikka quyidagilar kiradi:
9
Asosan o‘quvchiga psixologik ta’lim berish va rivojlantirish;
Jismoniy mashg‘ulotlardagi topshiriq va qiyinchiliklarga
ijobiy ko‘z bilan qarashni o‘rgatish;
Jangovar tayyorgarlikni shakllantirish.
Taktik tayyorgarlik bo‘lishi mumkin:
Har bir o‘quvchiga
moslab dastur tayyorlash, kuchlarni
taqsim qila bilish, o‘zini tutishni o‘rgatish;
Jamoa miqyosida, ya’ni jamoa tuzish, jamoa va shaxsiy
vazifalarni
aniqlash, jamoa a’zolarining chiqish navbatini
aniqlash;
Gurux miqyosida, ya’ni qizlarni guruhlarga bo‘lish, dastur
tuzish, bir biri bilan yakdil harakat qilishni o‘rgatish;
Nazariy tayyorgarlik - badiiy gimnastikada ma’lum
yutuqlarga erishish uchun kerak bo‘ladigan barcha bilimlarni
berish. Bunday bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarda yoki mustaqil
ravishda egallash mumkin.
Integral tayyorgarlik esa musobaqalar
mobaynida yuzaga
kela-digan stress holatlarga qarshi tura bilishni o‘rgatish. Bunday
tay-yorgarlik musobaqa mobaynida yoki aynan musobaqalardan
oldingi tayyorgarlikda amalga oshiriladi.
O‘quv mashg‘ulotlaridagi vazifalarni faqatgina quyidagi prin-
siplarga amal qilingan holda amalga oshirish mumkin:
Tarbiyalab o‘rgatish, o‘quvchilarni anglab va harakatchanlik
bilan o‘rgatish, ko‘rgazmali va sistemali ravishda o‘rgatish, qulay
va har bir o‘quvchiga
shaxsan yondoshib, mustahkam va
progressiv bilim berish.
Sport sohasida yuqori natijalarga erishishni o‘ziga maqsad
qilib qo‘yish, bir yo‘llanma bo‘yicha borish, har taraflama
tayyorlanish, mashg‘ulotlarni uzluksiz va tizimli olib borish, bora-
bora talabni yuqori qo‘yish, mashg‘ulotlarni mukammalligini
oshirib borish.
Uslubiy prinsiplar: jismoniy sifatlarni
texnik tayyorgarlikdan
ustun bo‘lishi, qiyin elementlarni mumkin qadar erta o‘rgatish,
kelajakda foydalanishi mumkin bo‘lgan dasturlar tuzish.