Badiiy gimnastika haqida ma'lumot Reja: Badiiy gimnastika sportini rivojlanish tarixi O’yin qoidalarini tashkil topishi



Download 40,54 Kb.
bet1/5
Sana19.05.2023
Hajmi40,54 Kb.
#940657
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Badiiy gimnastika haqida ma\'lumot




Badiiy gimnastika haqida ma'lumot
Reja:
1.Badiiy gimnastika sportini rivojlanish tarixi
2.O’yin qoidalarini tashkil topishi
3.Badiiy gimnastika taktikasi va texnikasi


G imnastikaning barcha turlarini qamrab olgan Xalqaro gimna stika federatsiyasi (International Federation of Gymnastics – IFG) 1881 yil 23 iyulda Belgiyaning Lyej shahrida tuzilgan. Uch mamlakat – Belgiya, Fransiya va Niderlandiya ishtirokida tashkil etilgan federatsiya dastlab Yevropa gimnastika federatsiyasi deb nomlangan.


Hozirgi kunda Xalqaro gimnastika federatsiyasi bayrog‘i ostida gimnastikaning olti yo‘nalishi – sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, sport aerobikasi, sport akrobatikasi, batutda sakrash (trampolin) va umumiy gimnastika bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Badiiy gimnastika — sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilann va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boʻyicha ayollar musobaqalari.
Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida koʻp kurash (bitta majburiy va buyumlar bilann uchta erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh boʻlib erkin mashqlari mavjud. Gʻoliblar koʻp kurashda, alohida va guruh boʻlib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib boʻyicha baholanadi. 40- yillardan badiiy gimnastika musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 50-yyillar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan toq yillari jahon chempionatlari oʻtkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991-yil Simferopolda oʻtgan ittifoq chempionatida 1-oʻrinni oldi. 1996-yil Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997-yil jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilyev, jamoa aʼzolari I. Zamyatina, T. Budarina, F. Sharipova, L. Meshcheryakova). Gimnastika 1896 yildan e’tiboran Olimpiya o‘yinlari tarkibiga kiritilgan. Badiiy gimnastika esa bunday sharafni 1984 yilda qo‘lga kiritgan. U boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, musiqa jo‘rligida, gimnastik va raqs harakatlari uyg‘unligida arg‘amchi, halqa, to‘p yoki tasma yordamida bajariladi.
Yakkalik bahslarida bu predmetlardan bittasi qo‘llanilsa, jamoaviy chiqishlarda yo bir vaqtning o‘zida ikki predmet (masalan, halqa va to‘p) yo besh sportchining barchasi bir xildagi besh predmetdan foydalanadi. Musobaqa g‘olibi ko‘pkurashda aniqlanadi.
Badiiy gimnastika mashqlarining musiqa sadolari ostida bajarilishida o‘ziga xos go‘zallik mujassam. Ilgari faqat fortepiano yoki bitta asbobda chalingan musiqa ijro etilgan bo‘lsa, hozirda ko‘proq orkestr fonogrammasidan foydalaniladi. Qaysi musiqani tanlash gimnastikachi va uning murabbiyi ixtiyorida. Ammo ularning hech qaysisi bir yarim daqiqadan oshmasligi kerak.
Musobaqalar 13×13 metr o‘lchamli gimnastika gilamida o‘tkaziladi. Sportchilar mahorati 20 balli sistemada aniqlanadi. Nufuzli musoboqalarda gimnastikachilarning chiqishlari Xalqaro gimnastika federatsiyasining Badiiy gimnastika bo‘yicha texnik qo‘mitasi vakillari rahbarligida tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Qoidaga ko‘ra, har bir sportchining chiqishi to‘rttadan hakamdan iborat uchta brigada – jami o‘n ikki kishi tomonidan uch yo‘nalish – ijro mahorati, artistizm va mashqning murakkabligi bo‘yicha baholab boriladi.
B adiiy gimnastika bo‘yicha birinchi rasmiy xalqaro musobaqa 1963 yil 7-8 dekabr kunlari Budapesht shahrida o‘tkazilgan va Yevropa kubogi deb nomlangan. Ayni shu musobaqa keyinchalik birinchi jahon chempionati, Lyudmila Savinkova (Rossiya) esa birinchi jahon chempioni, deb e’tirof etilgan.
Badiiy gimnastikaning Olimpiya tarixi 1980 yildan boshlanadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan kongressida badiiy gimnastikani Olimpiya oilasiga kiritish haqida qaror qabul qilingan. Olimpiya o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi oltin medalni 1984 yili Los-Anjelesda Lori Fang (Kanada) qo‘lga kiritgan.
Badiiy gimnastikaning boshqa yo‘nalishlardan ajralib turadigan jihati shundaki, bola 3-5 yoshidan boshlab muntazam mashg‘ulotga qatnashi lozim. Bu yoshda bola organizmi harakat o‘zgaruvchanligi, muvofiqligini rivojlantirishga moyil bo‘ladi. Gimnastikachining eng asosiy sifati – bu kuchli iroda, epchil va nafis harakatlar namoyishidir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu yo‘nalishda sportchining tashqi ko‘rinishiga qattiq talab qo‘yiladi. Badiiy gimnastika bilan 14-16 yoshgacha faol shug‘ullanish mumkin. Badiiy gimnastika sport gimnastikasiga nisbatan xavfsiz yo‘nalish sanaladi.
Badiiy gimnastika epchil va nozik harakat qilishga, qat’iy kun tartibiga, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga, tana va qomat go‘zalligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Download 40,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish