Tadqiqot ishimizning tuzilishi: Kirish, 2 bob, Xulosa va Foydalanilgan
adabiyotlar ro‛yxatidan turadi.
6
I BOB. Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta`riflari va turlari.
1.1. Pedagogik davrlar va texnologiyalar riojlanishi tarixi
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko`plab ishlab
chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo`lib qolmay, balki madaniyat
sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi
axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta`lim sohasida
ham.
Pedagogik
texnologiya
deb
odatda
maqsadi
ta`lim
jarayonining
samaradorligini oshirish, ta`limda ko`zlangan natijalarga erishishga bo`lgan
pedagogikaning yo`nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989).
“Pedagogik texnologiya” so`z birligi – bu inglizcha “an educational
technology” – “ta`lim texnologiyasi” iborasining aniq bo`lmagan tarjimasidir.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o`qitish nazariyasida yanada
kengroq qo`llanilmoqda. Aynan “texnologiya” termini va uning “o`qitish
texologiyasi”, “ta`lim texnologiyasi”, “ta`limda texnologiya” kabi shakllariga
pedagogik adabiyotlarda q00 dan ortiq ta`riflar berilgan.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta`riflar
(V.Bespal`ko, V.Guzeev, V.Slastenin, B.Lixachev, I.Volkov, M.Choshanov,
M.Klarin, I.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning
birortasi YuNeSKO ta`rifi darajasiga ko`tarila olmaganlar. Aytib o`tilgan
olimlar orasida pedagogik texnologiya to`g`risidagi axborotni MDX mamlakatlari,
jumladan, O`zbekistonda tarqalishida V.P.Bespal`ko va M.V.Klarinlarning ta`siri
kuchliroq. M.V.Klarin pedagogikadagi texnologik yondashuvning tarkibiy
to`zilishi va mazmuni to`g`risida birmuncha to`laroq ma`lumotlarni e`lon qilgan.
Pedagoglarning ish amaliyotida ba`zida texnologik kurilgan o`qitish metodlari
emas, balki foydali bo`lsada allaqachon o`zlashtirilganlar "pedagogik texnologiya"
tushunchasi bilan belgilanadi. Aslini olganda, pedagogik texnologiya - bu
o`qitishga o`ziga xos bo`lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir. U
pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy
7
ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta`lim jarayonining muayyan
standartlashuvi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya ko`p jihatdan o`tmish mashhur pedagoglarining
orzulariga mos keladi. Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o`n ettinchi
asrdayoq ta`limning "vaqt, fanlar va metodlarni mohirona taqsimlashdan" boshqa
narsani talab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgandi.
Komenskiy fikricha, idealda o`qitishning yagona mukammal metodi topilsa,
"hamma narsa og`irliklari to`g`ri muvozanatlangan soatga nisbatan aniqrok, faqat
ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo`lgan bexatolik
bilan ilgarilaydi".
Jaxon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta`sirini boshidan kechirib,
psixologiya, kibernetika, tizimlar (sistema) nazariyasi, boshqaruv nazariyasi,
boshqa fanlar muvaffaqiyatlarini birlashtirib, hozirda faol yangilanish
(innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali
rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermokda.
Aytib o`tamiz, pedagogik texnologiya metodlari (o`zining boshlang`ich
ma`nosida) dastlab o`qitishning harakatni tipik vaziyatdagi namuna (belgilangan
qoida) bo`yicha o`zlashtirish talab etiladigan reproduktiv darajasi uchun ishlab
chiqilgandi. Reproduktiv ta`lim har qanday ta`limning zarur tarkibiy qismi
hisoblanadi, u insoniyat jamg`argan tajribani aniq o`quv fani doirasida
o`zlashtirish bilan bog`liq. Ta`lim uchun xuddi o`zlari singari mashg`ulotni yuqori
darajada o`tkazishlariga imkon beradigan pedagogik yo`nalishni (tsiklni) ishlab
chiqmagan. Sababi, balkim, o`tmishdagi mashhur pedagoglarning metodlari
pedagog shaxsini ko`proq o`z ichiga olgan bo`lsa kerak. Izdoshlarda nimadir
yaxshiroq chiqqan, ammo umuman olganda, asoschilarnikidek bo`lmagan.
"Bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz - yozgan edi A.S.Makarenko, - hech
qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, u doimo axloqiy targ`ibga
asoslangan. Aynan mana shuning uchun ham bizda ishlab chiqarishning barcha
muhim bo`limlari: texnologiya jarayonini, ish bajarilishini hisobga olish,
yaratuvchilik (konstruktorlik) ishi, moslamalarni qo`llash, nazorat, ishga tushirish,
8
yaroksizga chiqarish deganlar yo`q". (Ko`chirma V.Slastenin ishidan olindi,
1997 yil) [14].
Sanoatda ijrochilar, agar ular texnik hujjatlar talablariga aniq rioya qilishsa,
shakliga bog`liq bo`lmagan, natijasi kafolatli minglab texnologik jarayonlar ishlab
chiqilgan. Sanoat texnologik jarayonining asosini detalning ishchi chizmasi va
yig`uv birliklari chizmasi tashkil qiladi. Ular talablariga aniq rioya qilish
detallarning o`zaro almashinuvchanligini ta`minlaydi, texnologik jarayonning
takrorlanadigan operatsiyalari esa qayta tiklanadigan texnologik to`zilmani tashkil
qiladi. Mana shuning uchun ham O`zbekistonda chet el texnologiyasi asosida
ishlab chiqariladigan avtomobilning sifati Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan
avtomobil sifatidan fark qilmaydi.
Texnologiya - tushunchasi yunoncha «mahorat», «san`at», «tushuncha»,
«o`rganish» demakdir. Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi
texnologiya operatsiyalar va mahsulotni tayyorlash mazmuni (sirlari) bilan
bog`langan. Texnologiya so`zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va
vositalar haqida bilimlar yig`indisi, shuningdek ob`ektda sodir bo`ladigan sifat
o`zgarishlari tushuniladi.
Ta`lim texnologiyasi ta`lim metodikasi tushunchasiga qaraganda kengroqdir.
O`qituvchilar, talaba va o`quvchilar jamoasida o`zaro yordam, hamkorlik va
ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o`rni beqiyos
hisoblanadi.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayonini har tomonlama
mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo`yish va ularga kafolatlangan holda
erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy
bog`langan komponentlar yig`indisi deb hisoblandi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan
holda har bir o`qitiladigan mavzuga keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir
qatorda, o`quv-metodik majmua tayyorlash yo`lga qo`yildi. Majmuaning tarkibiga
loyihaga qo`shimcha mavzuga daxldor bo`lgan barcha axborotlar, tarqatma
materiallar, ma`lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritildi.
9
Pedagogik texnologiya deganda, texnologik (ishlab chiqarishdagi)
yondashuvlarga aynan o`xshash bo`lgan ta`limda qo`yilgan maqsadlarga erishish
kafolatlangan (yakuniy natijani olish) ta`lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta`lim
jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi. Texnologiyalashtirilgan ta`lim jarayonida
o`qituvchi shaxsiga bog`liq bo`lmagan faqat o`quvchi (talaba) ning shaxsi
ehtyojlari, talablari va xislatlariga asoslangan ta`lim jarayonidir. O`quvchi (talaba)
ta`lim jarayoni markazida turadi. Bunda darsni kim olib borayapti (tajribali
o`qituvchimi yoki yosh o`qituvchimi) qat`iy nazar ko`zlangan yakuniy natija
(maqsadga ko`ra) ga erishish kafolatlanishi lozim. Ta`limda o`qituvchi faqat
ijrochi vazifasini bajaradi.
Pedagogik texnologiya pedagogik (ijtimoiy) va texnologik (ishlab
chiqarishdagi, muhandislik) yondashuvlar integratsiyasidir.
Pedagogik texnologiyaga turli ta`riflar mavjud.
YuNeSKO ta`rifi: Pedagogik texnologiya – ta`lim berish va o`zlashtirish
usullarini yaratish, qo`llash ularni yagona tizimga keltirish, yo`li bilan inson
salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib,
bilimlar o`zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir.
Pedagogik texnologiyalardagi g`oya maktab faoliyati yoki har qanday
ta`lim muassasi va ta`limning asosiy zvenosi bo`lgan ta`lim jarayonini
boshqariluvchanligidir.
T.Sakamoto (yapon mutaxasisi) ning fikricha pedagogik texnologiya bu
pedagogikadagi fikrlashning tizimlash usulini qo`llash bo`lib, buni boshqacha
qilib aytsak, ta`limni tizimlashtirish (sistemalashtirish) yoki «sinf ta`limini
tizimlashtirish» dir.
Ba`zida pedagogik ish tajribasida (avvalgi mavzularda keltirilgan) pedagogik
texnologiyalarni allaqachon o`zlashtirilgan (ma`lum bo`lgan) hatto foydali
bo`lgan ammo ta`lim metodikasi texnologik yaratilmagan (tuzilmagan) deb
tushunishadi. Lekin pedagogik texnologiya o`ziga xos innovatsion yondashuvdir.
10
Pedagogik texnologiya ta`riflarida asosiy tushunchalar, «tizimli metod»
ekanligi qolgan barcha so`zlar pedagogik texnologiyaning tizim sifatidagi tarkibiy
qismlarini ifodalaydi. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani
o`qitishdagi boshqa yondashuvlardan farqlovchi bosh belgi hisoblanadi.
An`anaviy o`qitish metodikasida bunday tizimli (sistemali) yondashuvga har doim
ham rioya qilina bermaydi. Ta`lim maqsadlari, uning mazmuni, o`qitish va ta`lim
berish metodlari nazorat va natijalarni baholashni o`zaro aloqada va bir –biri bilan
aloqada loyihalash – ko`pincha an`anaviy (traditsion) o`quv jarayonidagi
etishmaydigan holdir. Masalan, ko`p hollarda ta`lim asosan, axborotni eslab
qolishga yo`naltirilgan, ta`lim oluvchining bo`lajak faoliyati esa muayyan ishlarni
bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog`liq
bo`ladi (oldingi mavzularimizdagi bilish faoliyati va bilish faoliyatini faollashtirish
modeliga qarang). Yoki oliy o`quv yurtlarida ba`zan ma`muriyat tomonidan
talabalar bilim olishi sifatini nazorat qilish metodini barcha fanlar uchun bir xil
ya`ni har bir fanning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olmasdan asossiz
belgilashadi. Demak, ta`lim o`quv jarayonida belgilangan maqsadlar, mazmun,
metodlar, vositalar va shakl kabi metodik tizim elementlari orasida uzviylikka
rioya qilinmaydi. Natija ta`limda uzluksizlik ta`minlanmasligiga olib keladi (ta`lim
uzluksizligi haqidagi avvalgi mavzularimizdagi modelga qarang). Pedagogik
texnologiyalarda bularga albatta rioya qilinishi nazarda tutiladi. Pedagogik
texnologiya o`z mohiyatiga ko`ra YuNeSKOning ta`rifi ko`proq mos keladi.
«Yangi pedagogik texnologiyalar» - psixologik va pedagogik bilimlar
tarmog`ida mustaqil fan sifatida shakllanishi va bu fanning o`rni, mohiyati,
fanning tarkibi, maqsadi hamda vazifalari respublikamizdagi «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» qonuni asosida yuqori malakali oliy ma`lumotli kadrlarni
tayyorlashga muvofiq belgilangan.
Bu Yu.K.Babanskiyning 1990 yillargacha mavjud o`quv jarayonlarini
ekstensiv (soddalashtirish) yo`nalishda o`quv mazmunini maydalashtirish, fanlar
sonini ko`paytirish kabi yondashuvlarning samarasizligini ta`kidlab, o`zining
o`quv jarayonini jadallashtirish (intensivlash) samarali natijaga (o`quv suratini
11
oshirish) ya`ni ta`limdagi maqsadlarni kuchayishiga o`quvchilarning ta`limdagi
faolligiga, ta`lim maqsadlarini amalga oshiruvi o`qituvchining qo`ygan maqsadlar
kompleksi orqali olib kelishini asoslaydi. Ta`lim jarayonini jadallashtirishning
asosiy omillari: ta`lim maqsadlarini kuchaytirish, o`quv motivatsiya (qiziqtirish)ni
kuchaytirish, ta`lim mazmunidagi axborot sig`imini kengaytirish, ta`limda faol
metod va shakllarni qo`llash, o`quv amallarini bajarish suratini oshirish, o`quv
mahoratini rivojlantirish, ta`limda komp`yuter va boshqa texnika vositalarini
qo`llash.Lekin bu an`anaviy ta`limdagi ishlar manzilga uzoq va notekis yo`l bilan
gohida adashib ketayotgan yo`lovchining harakatiga o`xshaydi. Ilg`or davlatlardagi
pedagogik texnologiya esa bu ko`zlangan manzilga tezroq borayotgan va qisqa
yo`l tanlangan harakatga o`xshaydi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar
mavjud.
1.
Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san`atda qo`llaniladigan uslublar
to`plamidir (talqinli lug`at).
2.
Pedagogik texnologiya – bu o`quv jarayonini amalga oshirishning
texnikasidir (V.P. Bespal`ko).
3.
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish
jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).
4.
Pedagogik texnologiya – bu o`qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari,
metodlari, usul, uslublarining maxsus to`plami va tuzilishini belgilovchi
psixologik-pedagogik ko`rsatmalar yig`indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy
metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).
5.
Pedagogik texnologiya – bu ta`lim shakllarini optimallashtirish masalani
qo`yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o`zaro munosabatlarini
hisobga olib o`qitish va bilimlar o`zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo`llash
va belgilashga sistemali yondashishidir (YuNeSKO).
6.
Texnologiya – bu san`at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari
to`plami, holatini o`zgartirishdir (V.M. Shepel`).
12
7.
O`qitish texnologiyasi - bu o`quvchilar va o`qituvchilar uchun so`zsiz
qulay sharoitlar yaratib berish uchun o`quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish
va olib borish bo`yicha har tomonlama o`ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik
faoliyat modelidir (V.M. Monaxov).
8.
Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir
(T. Sakamoto).
9.
Pedagogik texnologiya – o`quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari,
mazmunini o`zgartiruvchi uning rivojlanish sistemasidir (E. Bistereki va J.
Tseller).
10.
Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishish uchun
foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali
to`plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin).
11.
Pedagogik texnologiya – bu ta`lim maqsadiga erishishga qaratilgan
o`qituvchi
va
o`quvchining
faoliyatini
sistemali,
kontseptual,
qoidali,
ob`ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin).
12.
Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va
ta`minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g`oyalar,
vositalarni o`z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik
kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo`yicha AQSh assotsiatsiyasi).
Pedagogika fani tarixidan ko`rinib turibdiki o`qitish va kadrlar tayyorlashning
yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan.
O`qitish – bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarasi pedagogning faoliyati
yakunlanishi bilan darxol ko`rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab
chiqarish faoliyatidir.
Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim
tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab
chiqarilishi qarab farq qilmaydi.
“Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot sababli yuzaga keldi va lug`atlar
talqini bo`yicha (techne san`at, hunar, fan; logoq – tushuncha, ta`limot)
materiallarga ishlov berish usullari va vositalari haqidagi bilimlar to`plami
13
demakdir. Texnologiya shu bilan birga jarayonni bilish san`atini ham o`z ichiga
oladi. Texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalanish
bilan operatsiyalar ma`lum ketma-ketligini ko`zda tutadi. Texnologiya protsessual
mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarish kerak?” degan
savolga javob beradi.
XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” termini birinchi bor
pedagogika bo`yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o`zida yana bir boshqa –
“pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada q0-
yillarda o`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar
va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o`quv va laboratoriya
uskunalari bilan ishlash, ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalanish mahoratlari ham
kiritilgan.
60-yillar o`rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik
nashrlarda va halqaro konferentsiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu
sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya,
Vengriya) uni talqin qilish ikki yo`nalishi belgilandi.
Birinchi yo`nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o`qitish
vositalarini qo`llash zarurligini ta`kidladilar (technology in education).
Ikkinchi yo`nalish tarafdorlari esa o`quv jarayonini tashkil etish
samaradorligini oshirish va pedagogik g`oyalarning texnikaning keskin
rivojlanishidan ortda qolishini yo`qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib
1-yo`nalish “o`qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz keyinroq yuzaga
kelgan 2-yo`nalish “o`qitish texnologiyasi” yoki “o`quv jarayoni texnologiyasi”
sifatida belgilandi.
70-yillarning boshlarida turli xildagi o`quv uskunalarini va o`quv vositalarini
modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab etildi. Bularsiz o`qitishning sifatliligi va
samaradorligiga erishib bo`lmas edi.
60-yillar o`rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya,
Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari
14
bilan shug`ullanuvi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammo bilan
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug`ullana boshlaydi.
AQShda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar
bo`yicha AQSh Assotsiatsiyasi”tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo`ylab va
Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh da 1961 yilda
“Pedagogik texnologiya” jurnali (educational Technology), 1971 yilda esa –
“Audiovizual o`qitish” jurnali nashr etila boshlandi.
Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo`yicha Milliy kengash 1964
yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o`qitishni dasturlashtirish” (educational
Do'stlaringiz bilan baham: |