3
KIRISh
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy
qilish va o`zlashtirish zarurligi ko`p karra takrorlanadi.
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta`lim muammolariga oid ma`ruzalar,
rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg`or pedagogik
texnologiya",
"innovatsion
pedagogik
texnologiya"
iboralari
keng
qo`llanilmoqda. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida
o`qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta`lim
maqsadlari, uning mazmuni, o`qitish va ta`lim berish metodlari, nazorat va
natijalarni baholashni o`zaro aloqada va bir-biri bilan bog`liqlikda loyihalash -
ko`pincha an`anaviy o`quv jarayonida etishmaydigan narsalardir. Masalan, ko`p
hollarda ta`lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo`naltirilgan, ta`lim
oluvchining bo`lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy,
boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog`liq bo`ladi.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta`riflar
(V.Bespal`ko, V.Guzeev, V.Slastenin, B.Lixachev, I.Volkov, M.Choshanov,
M.Klarin, I.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning
birortasi YUNESKO ta`rifi darajasiga ko`tarila olmaganlar. Aytib o`tilgan
olimlar orasida pedagogik texnologiya to`g`risidagi axborotni MDX mamlakatlari,
jumladan, O`zbekistonda tarqalishida V.P.Bespal`ko va M.V.Klarinlarning ta`siri
kuchliroq. M.V.Klarin pedagogikadagi texnologik yondashuvning tarkibiy tuzilishi
va mazmuni to`g`risida birmuncha to`laroq ma`lumotlarni e`lon qilgan.
Pedagoglarning ish amaliyotida ba`zida texnologik ko’rilgan o`qitish
metodlari emas, balki foydali bo`lsada allaqachon o`zlashtirilganlar "pedagogik
texnologiya" tushunchasi bilan belgilanadi. Aslini olganda, pedagogik texnologiya
- bu o`qitishga o`ziga xos bo`lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir. U
pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy
ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta`lim jarayonining muayyan
standartlashuvi hisoblanadi.
4
Muammoning o`rganilganlik darajasi.
“Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo`yicha ishlarda
XX asrning 20-yillarida tilga olingan. XX asrning 80-yillarida zamonaviy
pedagogik jarayonning, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq
anglab yetishga urinishlar davom etdi.
Rossiya XX asrning 90-yillarida pedagogik texnologiyalar bo`yicha Markaz
tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta`limda innovatsiyalar” jurnallari nashr
etiladi.
O`zbekiston 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan
boshlab ta`lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar
muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob`ektlari sifatida ko`tarila boshlandi.
1999-yilda Respublika ta`lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar
bo`yicha Markaz tashkil etildi. “Ta`lim texnologiyalari”, “Ta`lim muammolari”
kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari
bo`yicha maqolalar “Xalq ta`limi”, “Pedagogik ta`lim”, “Ta`lim va tarbiya”
jurnallarida, “Ma`rifat”, “O`qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik
nashrlarda bosilib chiqarilmoqda.
1994-yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo`yicha 1-Respublika ilmiy-
nazariy konferentsiyasi o`tkazildi, ma`ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus
to`plamda chop etildi.
Pedagog-olimlar U. Nishonaliev, N.S. Saidaxmedov, N.N. Azizxodjaeva,
Ziyamuhammedov, U. Tolipov, B.L. Farberman va boshqalar Respublikada peda-
gogik texnologiyalar muammolari bo`yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
2000-yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti
qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N. Azizxodjaeva rahbarligi ostida
innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik
va innovatsion texnologiyalar muammolari bo`yicha pedagogik kadrlar malakasini
oshirish bilan shug`ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: