Somatik belgilar ko’rsatkichlari, ball
Belgilar
1 ball
2 ball
3 ball
Mushaklar
Sust namoyn
o’rtacha
YAqqol namoyn
Tonus
Sust
o’rtacha
Kuchli
Yg’ qatlami
Kam
o’rtacha
Katta
Suyak
Tor
o’rtacha
Keng
Qopqoq shakli
Normal
Bukri
To’g’ri
Ko’krak qafasi
shakli
YAssi
TSilindrsimon
Qonussimon
Oyqlar shakli
Normal
X-simon
O-simon
Oyq kaftlari shakli
Normal
YAssi
Ekskavirlangan
Yg’ qatlami (suyak relefining ko’zga tashlanishi yoki tekisligi bilan
aniqlanadi): kichik – releflik va a’zolar yaqqol ko’rinadi; kota – suyak relefi tekis,
engil, dumaloq; o’rtacha – suyak relefi ko’zga tashlanmaydi. CHegaraviy,
patalogiyaga yaqin turlarni alohida qayd etib o’tish lozim – o’ta ozg’in va semiz.
Suyak: tor (ingichka), o’rtacha, keng (og’ir).
Qopqoq shakli: normal, bukri, to’g’ri. Umutqaning oldi va orqa
y’nalishlarga qiyoshayishi kuzatiladi (kifoz va lordoz).
Ko’krak qafasi shakli: yassi, tsilindsimon, qonik va oraliq (tsilindrsimon-
yassi, tsilindsimon-qonik va h.k). ko’krak qafasi shakli oldidan va ynboshdan
aniqlanadi. Ayniqsa deformatsiya va assimetriya kuzatiladi (tovuqsimon,
chuqursimon va h.k).
Oyqlar shakli: normal, X-simon, O-simon.
Oyq kafti shakli: normal, yassi, tarvaqaylagan.
Samotip turni baholashni yuqorida keltirilgan bir necha sxemalar bilan
amalga oshirish mumkin. Alohida qayd etish lozimki, bular hammasi tahminiy
sxemalar, chunki toza holda samotip kam uchraydi. Samotipni vizal baholash y’li
bilan aniqlash tajribasi amaliyt bilan birga to’planadi.
Tabiiyoki, samotipni vizual baholashdan tashqari o’lchovli baholash usuli
mavjud bo’lib, bunda maxsus antropometrik asboblar qo’llaniladi (tsirkullar, bo’y
o’lchagich, antropomer, lentali santimetr).
Samotip aniqlangandan so’ng, sport qobiliyatlarini baholash lozim. Buning
uchun bir nechta klassifikatsiyalarni qo’llab xulosalar chiqarish mumkin. Masalan,
ektomorf yaxshi tezlik imkoniyatlari va harakatlar orientatsiyasi, qisqa muddatli
yuklamalarni yaxshi ko’taradi va kam hollarda ortiqcha trenirovka qiladi –
Shulardan kelib chiqqan holda unga tezlik va koordinatsiya sifatlarini namoyn
qilish mumkin bo’lgan sport turlari mos keladi. Endomorf mushaklari katta kuchga
ega, lekin jussasining kengligi (semizligi) tufayli undan samarali foydalanmaydi,
demak unga og’irlik ko’tarish va ehtimol kurash kati ixtisosliklar ko’proq mos.
Mezomorf bardoshli, gavda tuzilishi baquvvat, ta’sirchanligi tez, Chaqqonlik va
katta jismoniykuchga ega; uning sport ixtisosligi miqysi keng.
Albatta, somatik turni baholash – sport ixtisosligini tanlash masalasini
boshlang’ich hal qilishdan boshqa narsa emas. Rivojlanish xususiyatlarini o’rganib
va somatik turga baho berib, ularni oliy malakali sportchilarning model-
ko’rsatkichlari bilan taqqoslash zarur.
Inson tanasining moslik darajasini aniqlash quyidagi uchta belgilarning
uyg’unligiga asoslangan: oyoqlar uzunligi, gavda uzunligi va yelkalar kengligi.
Avvalo, baholash gavda uzunligi birlamchi belgilarining absolyut ko’rsatkichlari:
kichik, o’rtacha, katta, so’ngra – oyoq uzunligini yelka kengligiga nisbati bo’yicha
amalga oshiriladi.
Inson tanasi mosligining quyidagi to’qqizta turi hosil bo’ladi:
1. Kalta oyoq tor yelkali (arrostroid) tur.
2. O’rtacha keng yelkali (gipostifroid) tur.
3. Keng yelkali (stifroid) tur.
4. O’rtacha oyoqli tor yelkali (gipagarmonoid) tur.
5. O’rtacha keng yelkali (garmonoid) tur.
6. Keng yelkali (paragarmonoid) tur.
7. Uzun oyoq tor yelkali (teynoid) tur.
8. O’rtacha keng yelkali (parateynoid) tur.
9. Keng yelkali (gigantoid) tur.
Turli mamlakatlarda tuzilish jihatidan bir xil bo’lgan turli klassifikatorlar
qo’llaniladi.
Shunday qilib, sport imkoniyatlarini baholash usullari bilan uyg’unlashgan
holda o’tkazilgan somatik rivojlanishning tahlili sport turini tanlash imkonini
beradi.
Sport imkoniyatlarini aniqlash uchun o’tkaziladigan sportda saralash
amaliytida yoshni - lekin pasport emas, balki biologik yoshni e’tiborga olish kerak.
Ysh aniqlashning asosiy usuli – vizual baholash, qizlarda esa - qo’shimcha savollar
berish.
Olingan natijalarga muvofiq holda yosh sportchining biologik yoshi
aniqlanadi. Turli mintaqalar uchun pasport yoshining biologik yoshga mos
kelmasligi ±3 yoshni tashkil qilishi mumkin.
Bolalar va o’smirlarning sport imkoniyatlarini antropometrik usullar
yrdamida baholash uchun nazariy va amaliy tayyrgarlik zarur. Ushbu
yondashuvning katta ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olib jahonning turli
mamlakatlarining olimlari bolalar va o’smirlarning sport imkoniyatlarini baholash
va o’lchashning samotometrik usullarini takomillashtirish ustida ish olib
bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |