Kurash с (105 R) Pechatga p65


KURASHCHINING JISMONIY TAYYORGARLIGI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/60
Sana06.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#484415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
kurash va yakka kurash

KURASHCHINING JISMONIY TAYYORGARLIGI
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport trenirovkasi-
ning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bunday tay-
yorgarliklar jismoniy sifatlar – kuch, chidamlilik, egiluvchan-
lik, chaqqonlik va tezlikni rivojlantirishga qaratilgandir.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari esa quyidagilar-
dan iborat:
– sportchilar sog‘lig‘i darajasi va ular organizmi turli tizim-
larining funksional imkonyatlarini oshirish;
– kurashchining o‘ziga xos xususyatlariga javob beradigan
birlikda jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va yordamchi, maxsus tayyor-
garlikka bo‘linadi:
Kurashchining umumiy jismoniy tayyorgarligi: yuqori da-
rajaga erishish uchun poydevor, asos vazifasini o‘taydi. Asos
quydagi vazifalarni hal etilishini ta’minlaydi:
– kurashga organizmni har tomonlama rivojlantirish, uni
funksiyonal imkoniyatlarini oshirish, jismoniy imkoniyatlari-
ni rivojlantirish;
– salomatlik holatini oshirish;
– shiddatli trenirovka va musoboqa yuklamalari davrida faol
dam olishdan to‘g‘ri foydalanish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik turli vositalar to‘plamini o‘z
ichiga oladi. Ular jihozlarsiz va jihozlar bilan bajariladigan mashq-
lar, sherik bilan maxsus trenirovkalarda bajariladigan mashqlar,
boshqa sport turlari: akrobatika, yengil atletika, suzish, va ho-
kazolardan olingan umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga kiradi.
Yordamchi jismoniy tayyorgarlik maxsus harakat malaka-
larini rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali
bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus asosni yaratishga mo‘l-
jallangan. O‘ziga xos yo‘nalishga ega quyidagi vazifalarni hal etadi:
– asosan kurash uchun ko‘proq o‘ziga xos bo‘lgan sifatlar-
ni rivojlantirish;
– kurashchi harakatlarida ko‘p ishtirok etuvchi mushak
guruhlarini tanlab rivojlantirish.
Yordamchi jismoniy tayyorgarlikning ilg‘or vositalari sifa-
tida shunday mashqlar qo‘llaniladi, ular o‘zining kinematik va
dinamik tartibi hamda asab-mushak kuchlanish xususyatiga ko‘ra


10
kurashchining musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy hara-
katlariga mosdir. Shunday mashqlar orasida quydagilarni alo-
hida ko‘rsatish mumkin: kurashning turli usullarini ishora or-
qali bajarish; maxsus trenajor moslamalarida mashqlar bajarish.
Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlani-
shi sifatlarini kurashchilarning musobaqa faoliyati xususyatlari
tomonidan qo‘yiladigan talablariga qat’iy muvofiq holda rivoj-
lantirishga qaratilgan.
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosi kurash
gilamida o‘tkaziladi va harakat malakalari tajribadagi eng muhim
harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun
maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida mu-
him bo‘lgan turli murakkab mashqlar musobaqa mashqlarida
qo‘llaniladi. Bunday murakkablashtirilgan mashqlar kurashchi
organizmiga bo‘lgan ta’sirni kuchaytiradi. Masalan, og‘irroq
vazn toifasidagi sherikni tanlash, sheriklarni almashtirgan holda
o‘quv-trenirovka bellashuvlarini bajarish va hokazo. Mana shu
hamma mashqlar energiya ta’minotini u yoki bu mexanizm-
larni rivojlantirish imunitetini ta’minlaydi hamda bir vaqtning
o‘zida uning jismoniy va texnik taktik tayyorgarligini oshiradi.
Jismoniy tayyorgarlikning ko‘rsatilgan barcha turlari bir-
biri bilan uzviy bog‘liq. Trenirovka jarayonida biron-bir
jismoniy tayyorgarlik turiga yetarli baho bermaslik oxir oqibat
sport mahoratining oshishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun
trenirovka jarayonida ko‘rsatilgan jismoniy tayyorgarlik turlarini
optimal nisbatiga rioya qilish juda muhimdur. Uning son jih-
atidan ifodasi doimiy o‘lcham hisoblanmaydi, balki kurashchilar
malakasi ularni alohida xususyatlari trenirovka jarayoni davri va
organizmning shu paytdagi holatiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish