2.2. Accessni ishga tushirish va Access oynasi
Accessni ishga tushirish Windowsning boshqa ilovalarini (programmalarini) ishga tushirishdek amalga oshiriladi. Uning bir qancha usullari mavjud:
1. ПУСК menyusi orqali (2.1-rasm).
2. Office paneli orqali.
3. Accessda tayyorlangan biror faylning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali.
4. Agar fayl ПУСК menyusining Документм bo'limidagi fayl- lar ro'yxatida bo‘Isa, uning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali.
Agar sizda ma’lumotlar bazasi bo‘lsa, u holda Открьгг базу dannixni tanlang (Access yuklanganda shu holat aktiv bo‘ladi).
Agar siz master yordamida ma’lumotlar bazasini yaratmoqchi bo‘lsangiz, Мастера, страницм и проектм база данньгхш tanlang.
Bizda hozircha ma’lumotlar bazasi yo‘q, shuning uchun ham eng yuqoridagi bo‘limni tanlaymiz. Natijada, Access sizga fayl
nomi va u hosil qilinadigan joyni taklif etadi (2.3-rasm). Kerakli joyni (Папка) va nomni o'zingizga yoqadigan ko'rinishda oling (yaxshisi masalaning qo'yilishiga mos bo‘lgani ma’qul, masalan, «Talaba»). 0‘ylaymanki, bu ishlarni amalga oshirish uchun sizda tajriba bor, chunki siz boshqa programmalar bilan ishlab, ancha tajriba orttirgansiz. 2.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, Access sizga o‘zi ham nom taklif etadi (dbl, db2 va h.k.). Xohlasangiz, bu nomlarni qoldirishingiz ham mumkin. Yaxshisi, o'zgartirganingiz ma’qul. Ammo fayl nomi nima bo'lishidan qat’i nazar, uning kengaytmasi .mdb (masalan, Talaba.mdb) ko'rinishda bo'ladi. Siz Создать tugmachasini bosi- shingiz bilan ekranda ma’lumotlar bazasining oynasi paydo bo'ladi (2.4-rasm). 2.4-rasmda keltirilgan oyna Accessning markaziy oynalaridan biri bo‘lib, barcha boshqarishlar shu yerdan amalga oshiriladi, go‘yo bu joy Accessning boshqarish pultidir. Haqiqatan ham shunday, siz bunga ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonida ishonch hosil qilasiz. Windows 95 uchun mo'ljallangan Accessda va uning keyingi versiyalarida bu oynaning ko'rinishi biroz farq qiladi.
Accessning qaysi bir obyektini (jadval, so‘rov, forma, hisobot, sahifa, modul va makros) hosil qilmoqchi bo‘lsangiz, shu nomli bo'limni faollashtiring. Hozir sizda bu bo‘limlar bo‘sh. Ma’lumotlar bazasi hosil bo‘la borishi bilan, bu bo‘limlarda jadvallarning, so‘rovlarning va h.k. ro'yxati paydo bo'ladi. Mukammal yaratilgan ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxatlarda bir qancha obyektlar bo'ladi. Access yuklanganda ma’lumotlar bazasi oynasi (2.4-rasm) Access oynasining ichida paydo bo'ladi. Access programmasining oynasi Windows boshqa programmalarining (Word, Excel va b.q.) oynasidek ko'rinishda bo‘lib, faqat menyularining ro‘yxati va ularning tarkibida farq bo'lishi mumkin. Quyida Access menyusi bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. Umuman, Windows tarkibiga ki- ruvchi programmalarda biror obyekt ustida bajarilishi mumkin bo'lgan ma’lum bir ishni (nusxa olish, qirqish, ajratish va h.k.) kamida uch xil usulda amalga oshirish mumkin:
1. Asosiy menyu orqali.
2. Konteks menyu orqali.
3. Asboblar panelidagi asboblar orqali.
Qaysi usulda ishlash foydalanuvchining ixtiyorida, ammo natijasi bir xildir. Access oynasida quyidagi menyular ro‘yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |