Kundalik turmushda juda ко‘р misollar mavjud



Download 330,54 Kb.
bet1/18
Sana17.01.2022
Hajmi330,54 Kb.
#380458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
MBBT


1.1. Ma’lumotlar bazasi nima?

Ma’lumotlar bazasi - bu ma’lumotlar (informatsiyalar)ni saqlash uchun mo‘ljallangan tashkiliy struktura. Ma’lumotlar bazasi elektron saqlash va qayta ishlash vositalariga bog'liq bo'lishi shart emas.

Kundalik turmushda juda ко‘р misollar mavjud:

1. Yon daftaringizdagi do'stlaringizning ismi-sharifi va ularning telefon raqamlari.

2. Dekanatdagi talabalar ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

3. Kadrlar bo'limidagi ishchilar va ular haqidagi ma’lumotlar (shaxsiy varaqalari).

4. Ombordagi tovarlaming nomlari, ularning soni, narxi va

h.k.


5. DAN idorasidagi mashinalar haqida ma’lumot, ularning egalari, nomerlari va h.k...

6. Telefon raqamlari va ular egalarining adreslari.

7. Kutubxonadagi Kitoblar va ular haqidagi ma’lumotlar.

8. Dorixonadagi dorilar haqida ma’lumot.

9. Bank va bank xodimlari haqidagi ma’lumot.

10. Respublikadagi oliy o'quv yurtlari haqidagi ma’lumot.

11. Va h.K..

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, ma’lumotlar bazasini har bir sohada ko'rish mumkin ekan. Ayniqsa, hozirgi paytda muhim masalalardan biri arxivlardir. Arxivga ma'lumotlarni ma’lum bir sistemaga solib yozishning o‘zi ma’lumotlar bazasidir. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish juda mashaqqatli ishlardandir. Agar shu va shunga o'xshash masalalar uchun ma’lumotlar ba- zasining loyihasi yaratilsa va u kerakli ma’lumotlar bilan to'ldirib borilsa (Access yordamida), u holda bizga kerakli ma’lumotlarni kompyuter yordamida daqiqa ichida qidirib topishimiz mumkin.

Keling, birinchi misolga qaytaylik. Siz bilgan-bilmagan holda o'zingiz uchun ma’lumotlar bazasini yaratgansiz. Yon daftar- changizga e’tibor qarating, unda siz o'zingiz uchun eng sodda ko'rinishdagi ma’lumotlar bazasini do‘stlaringiz va tanish-bilishlaringiz haqidagi ma’lumotlar yordamida tuzib chiqqansiz. Unda ancha palapartish shaklda yozilgan quyidagi ko'rimshdagi ma’lumotlarni ko'rishingiz mumkin:


Alimov Uchqun

23-41-33

Salimov B

162-41-67

Parpiyev Ahmad

65-66-72

Razzoqov Vahob

45-67-78

Turdiyeva Zilola

35-43-56

Shu zaylda siz yon daftarchangizni ma’lumotlar bilan to'ldirib borasiz. Undagi ma’lumotlar juda palapartish yozilgan, ya’ni ayrim yozuvlarda oldin familiya va ism, keyin esa telefon nomeri, ayrim yozuvlarda faqat ism, so‘ngra telefon nomeri. Bir xil yozuvlarda oldin telefon nomeri, so'ngra familiya va ism, hattoki esdan chiqmaslik uchun ayrim tushuntirishlar (Andijon) ham yozib qo‘ygansiz. O’zingiz tuzgan bu ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotni qidirib topishda ancha vaqtingiz sarf bo‘ladi. Ayrim hollarda daftarchangizdagi bor ma’lumotni qidirib topolmaysiz ham. Varaqlashga erinasiz. Shundaymi?

Bu qiyinchilikdan qutulish uchun siz endi boshqa ko‘rinishdagi yon daftarchadan, ya’ni alfavit harflari ketma-ketligida tartiblangan va har bir varag'i ikki qismga chiziq bilan ajratilgan daftarchadan foydalanasiz. Bu daftarchaga familiyani yozishda siz, albatta, al- favitga e’tibor berasiz va qidirishda ham familiyaning qaysi harfdan boshlanishiga qarab uni tezda topasiz. Endi, albatta, topasiz (agar shu ma’lumot daftarchangizda bo'lsa). Xo‘sh, sizning ma’lumotlar bazangizda nimalar mavjud va un- dan nimalarni topish mumkin? Ko'rinib turibdiki, undan familiyani yoki telefon nomerlarini, yoki familiya va telefon nomerini topi- shingiz mumkin. Juda ham kam ma’lumot to'g'rimi? Magazinda yoki omborda narsalar, yoki narsalarning turi qanchalik ko‘p bo'lsa, undan xarid qiladigan narsalarimiz ham shunchalik ko'p bo'ladi. Xuddi shuningdek, ma’lumotlar bazasi qanchalik to‘liq bo'lsa, undan shunchalik ko‘p ma’lumot olishimiz mumkin. Ma’lumotlar bazasining magazin yoki ombordan farqi shundaki, siz magazindan narsa xarid qilganingizda magazindagi narsalar ka- mayib boradi (shuning uchun ham magazinni shu narsalar bilan toidirib turishadi), ammo ma’lumotlar bazasidan ma’lumot olga- ningizda u kamaymaydi. Ma’lumotlar bazasini faqat yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib turish mumkin, bu esa sizga yanada yangi ma’lumotlar olish imkonini tug'diradi.

Yuqoridagi misollardan ikkinchisini ko‘raylik, ya’ni dekanat- lardagi talabalar haqidagi ma’lumot. Har bir talaba uchun dekanat- larda shunchalik ko'p ma’lumotlar to‘planadiki, hatto uni qayta ishlash uchun kamida ikkita-uchta uslubchilar ish olib boradilar. Buni har bir dekan juda yaxshi biladi. Respublikamizda juda ko'p o'quv yurtlari mavjud va ularda talabalar haqidagi ma’lumotlar turli-tuman ko'rinishda to'planadi (har bir o'quv yurtining xususi-

yatlariga qarab). Ouyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univer- siteti misolida keltirilgan ma’lumotlar bazasining eng sodda ko‘rinishi tasvirlangan.




2-misol

Ma’lumotlar bazasini jadval shaklida tasvirlaymiz.



Bu ro'yxatni universitetda nechta talaba bo‘Isa, shuncha davom ettirish mumkin. Hozir biz uchun uning nechtaligi emas, balki ma’lumotlar bazasining strukturasi va undagi ma’lumotlarning turi muhimdir, Mazkur ma’lumotlar bazasida yetti xildagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1.Talabaning tartib nomeri.

2.Talabaning familiyasi, ismi va sharifi.

3.Talabaning qaysi fakultetda o'qishi.

4.Talabaning qaysi kursda o'qishi.

5.Talabaning guruh nomeri.

6.Talaba qaysi viloyatdan ekanligi.

7.Talabaning o'rtacha reyting bali.

Biz tuzgan bu ma’lumotlar ma’lum bir sistemaga solib yozilgan, jadvalning har bir ustunida qat’iy bir turdagi ma'lumotlar tasvirlangan. Jadvalning har bir satridagi ma’lumot faqat bitta talabaga tegishlidir. Shu shaklda tuzilgan ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasi deb atash mumkin. Ammo jadvalda keltirilgan ma’lumotlar juda kam. Sizda yana bir qancha ma’lumotlar kiritish haqida fikr tug'ilishi tabiiy. Jadvalning ustunlariga yangi ma’lumotlar kiriting, masalan, talabaning tug'ilgan yili, stipendiya miqdori, mutaxassisligi, budjetda yoki kontraktda o'qishi va h.k. Bu yangi ma’lumotlar har bir talabani (yoki obyektni) yana ham to'liqroq aniqlaydi. Jadvalning har bir katagida, albatta, ma'lumot bo'lishi shart emas, biror bir paytda sizda biror obyektning ma’lum bir tomonini aniqlovchi ma'lumot bo'lmasligi ham mumkin. Uni keyinchalik yozib qo'ysa bo'ladi. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma'lumotlar bazasida keltirilgan ma'lumotlardan uchta narsaga e'tibor qarating, chunki bular keyinchalik ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida (Accessda) ishlashingizda muhim rol o'ynaydi. Bular quyidagilar:

> jadval ustunlarida yozilgan ma'lumotlar turlarining har xilligi;

> jadvalning bir ustunida yozilgan ma'lumot turining bir xilligi;

> jadval satrida yozilgan barcha ma'lumotlar bitta obyektga te- gishliligi.

Endi uchinchi misolga e'tibor qarataylik. Ishga kirmoqchi har bir xodim kadrlar bo'limiga uchrashishi va shaxsiy varaqani to'ldirishi shartligini biladi. Shaxsiy varaqa ma'lum bir formatda bo'lib, unda har bir shaxs haqida ma’lumot to'planadi. Sizga tushunarli bo'lishi uchun quyidagi ko‘rinishdagi formani olamiz:




Download 330,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish