3-misol
Shaxsiy varaqa
Familiyasi______________________________________
Ismi___________________________________________
Otasining ismi___________________________________
Millati_____________________ Jinsi__________
Mutaxassisligi_____________________
Tug’ilgan joyi:
Respublika__________________ Viloyat yoki shahar__________________
Tuman_____________________ _________________________________
Ko’cha_____________________
Turar joyi
Respublika__________________ Viloyat yoki shahar__________________
Tuman_____________________ _________________________________
Ko’cha_____________________
Qaysi oliygohni qachon tugatgan___________________________________________________________________________________________________________________________________
Pasport №___________________ Seriya_________________
Qachon va kim tomonidan berilgan________________________________________
_____________________________________________________________________
To’ldirilgan kuni_______________________ Imzo_______________
Har bir ishga kiruvchi bu formani tcfldirganda o'zi h- ma’lumot yozadi va shu tariqa kadrlar bo’limida ma'lumotlar tashkil topadi. Bu ma’lumotlar bazasida ishchilar ma'lumotlar to'planib, keyinchalik undan kerakli ma’1umotlar o’chiriladi yoki to'ldirib boriladi. Mazkur ma’lumotlar bazasiga e’tibor bersak, unda biz oldingi misollarda uchramagan yangi ma’lumotni uchrat- dik. Bu rasmdir. Demak, ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar turli- tuman bo'lishi mumkin ekan. Hozirgi zamon kompyuterlari bu xil- dagi ma’lumotlarni ham xotirasida saqlash imkoniyatiga ega. Bunga, Siz kompyuter bilan muloqot paytida ishonch hosil qilgansiz.
Yana bir misolga e’tiboringizni qarataylik. Ombor uchun ma’lumotlar bazasini yaratishga harakat qilaylik. Ombordagi nar- salarning nomini N1, N2, N3, ... va shu narsalarni ishlab chiquvchi firmalarning nomlarini FI, F2, F3, ... ko'rinishda yozaylik. Qulaylik uchun ma’lumotlar bazasini jadval shaklida tasvirlaymiz.
Jadvalni xohlagancha davom ettirish mumkin, chunki omborda kamida yuz xildan ortiq narsalar bo‘ladi. Biz uchun muhimi jadvaldagi narsalarning sonida emas, balki ularning yozilish strukturasida. Jadvaldagi ma’lumotlarga e’tibor bersak, unda bir xil nomli narsalarning bir qancha firmalarda ishlab chiqarilganligini ko'ramiz. Omborchi uchun balki shu ko'rinishda ma’lumotlar bazasini yaratish muhimdir, chunki u har bir tovarning qaysi firmalarda ishlab chiqarilishini, ularning narxi va zaxirasi qanchaligini birpasda aniqlaydi. Ammo ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari bilan ishlash jarayonida bu ko‘rinishdagi ma’lumotlarning loyihasini tuzishda ma’lum bir qoidalarga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Bular bilan keyingi boblarda tanishamiz.
O’ylaymanki, Sizda ma’lumotlar va ma’lumotlar bazasi haqida ayrim tushuncha va tasawurlar hosil bo'ldi. Qolgan misollar uchun yoki o‘zingiz xohlagan masalalar uchun ma’lumotlar bazasini u yoki bu ko‘rinishda yaratishga harakat qiling. Keyingi bo‘limlarda ma’lumotlar bazasining turlari va ularni loyihalash ustida fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |