Kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish usullari



Download 51,78 Kb.
bet2/3
Sana23.01.2022
Hajmi51,78 Kb.
#405537
1   2   3
Bog'liq
Kun tartibini to

Benjamin Franklin

Franklin 20 yoshida o‘zi uchun vaqtni tashkillashtiruvchi tizimni ishlab chiqib, butun hayoti davomida unga amal qilgan. Zamondoshlari bu tizimni “Franklin piramidasi” (ba'zan “samaradorlik piramidasi”) deb atashgan.

Piramida asosida hayotiy qadriyatlar yotadi. Bu har qanday masalaning yechimini topishda ma'naviy yo‘nalishda harakat qilish, demakdir. Franklin ularni fazilatlar deb atadi. 

U o‘zi uchun 13 fazilatni belgilab oldi: sabrli bo‘lish, sukut saqlash, tartibni sevish, qat'iylik, tejamkorlik, mehnatkashlik, samimiylik, haqqoniylik, me'yor, ozodalik, xotirjamlik, vijdonli bo‘lish va kamtarlik. 

Har kuni o‘z ustida ishlash maqsadida Franklin maxsus yon daftarcha yuritdi, unda har bir hayotiy tamoyiliga bir sahifadan ajratdi. Har bir sahifani yetti ustunga (hafta kunlariga) bo‘lib chiqdi. Keyin esa fazilatlar uchun 13 gorizontal chiziq o‘tkazdi. 

Shu tariqa u har kuni biror bir fazilatga urg‘u berardi, kechqurunlari esa “ma'naviy yetuklik” sari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini belgilardi. 

Franklin piramidasining keyingi bosqichi – bu global maqsad. U hayotiy tamoyillarga asoslanadi va “N yoshgacha nimalarga erishishni xohlayman?” savoliga javob beradi. Masalan, shifokor uchun global maqsad - 35 yoshgacha bo‘lim rahbari lavozimiga intilish, menejyer uchun esa – o‘z startapini yo‘lga qo‘yish.

Benjamin Franklin hamisha kun tartibiga amal qilgan va deyarli har bir qadamini yozib borgan. Shu bois uning piramidasini quyidagilar davom ettiradi:

•  bosh reja – global maqsadga yetishishda bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar;

•  uzoq muddatli reja – yaqin 3-5 yil ichida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan maqsadlar;

•  qisqa muddatli reja – yaqin yillar yoki oylar ichida amalga oshirilishi ko‘zlangan maqsadlar;

•  haftalik va kunlik reja.

Piramidaning har bir bosqichi ketma-ketlikda joylashtirilgan – har bir keyingi bosqich avvalgisiga tayangan. 

Franklin usulida kuningizni tashkillashtirish uchun asosiy hayotiy tamoyillaringizni aniqlab olishingiz, o‘z oldingizga global maqsad qo‘yishingiz hamda unga erishish rejasini tuzib chiqishingiz kerak bo‘ladi.

Uzoq muddatli va qisqa muddatli rejalar uchun elektron uskunalardan yoki bloknotdan foydalanishingiz mumkin.

Agar sizga Franklin usuli ma'qul kelgan bo‘lsa, shu yo‘lni tutishga harakat qiling va vaqtingizni qo‘ldan boy bermang!


•  bosh reja – global maqsadga yetishishda bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar





Download 51,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish