Uslubiy birlashma rahbari: Z.Salayeva
Urganch shahar 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabi informatika va matematika fanlari uslubiy birlashmasining yig`ilish
BAYONNOMASI № 3
Qatnashdi: uslubiy birlashma rahbari 29-oktabr 2019-yil
va fan o`qituvchilari
KUN TARTIBI:
1. Bilimlar bellashuvini va 9-11 sinflarda olimpiadani maktab bosqichini o’tkazishga tayyorgarliklar ko’rish, tanlab olingan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash.
2. Ota-ona va maktab hamkorligi
3. Ta’limga oid qonunlar: Kompetensiya, Darsliklar, Metodik qo’llanmalar haqida ma’ruzalar
4.Xalqta’limitizimini 2030 yilgacharivojlantirishkonsepsiyasinio’rganish
YIG`ILISHNING BORISHI:
Yig`ilishni uslubiy birlashma rahbari Z.Salayevaolib bordi. U kun tartibidagi masalalar bilan yig`ilish qatnashchlarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan uslubiy bilrlashma rahbari Z.Salayeva so`zga chiqib, quyidagilar to`g`risida to`xtaldi. Uslubiy birlashma o`qituvchilarining o`quvchilar bilimini yanada yaxshilash uchun, sinflarda bo`sh o`zlashtiruvchi hamda iqtidorli o`quvchilar bilan alohida rejalar tuzib, ularga 2 soatdan to`garaklar tashkil qilinishi, alohida jurnal tuzilishi o`quvchilarning baholab borilishini aytib o`tdi. Shunihgdek, 9,10,11-sinflarda ”Fan olimpiadasi”ning va bilimlar bellashuvining I-bosqichini shaffoflikda o’tkazish, o’quvchini avvalambor to’g’ri yo’naltira olish, asosan, o’qituvchining vazifasi ekanligini aytib o`tdi.Shundan so`ng tanlab olingan o`quvchilar bilan alohida ko`proq mashg`ulotlar o`tkazilib borish lozimligini takidlab o`tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi M.Ibodullayeva quyidagi fikrlarni aytib o’tdi. Sog`lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarining katta o`rni va ta`siri borligi haqida o`ylaymanki ortiqcha gapirishning hojati yo`q.Xalqimizning ”Bir bolaga yetti mahalla ham ota,ham ona” degan maqolida albatta chuqur ma`no mujassam.Shu nuqtaiy nazardan qaraganda ,mahalla oqsoqollari ,diniy ma`rifat va ma`naviy axloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchilar, mahalla pasbonlari jamiyatimiz hayotida tinchlik va osoyishtalik, o`zaro hurmat va hamjihatlik,hushyorlik va ogohlik muhitini mustahkamlashdagi ma`suliyati yanada ortadi. Bu borada har bir sinfda ota-onalar majlisi o’tkazilishi va ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va rolini yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.
Matematika fani o`qituvchisi Qurbonova Umida o`z fikr-mulohazalarini bildirib, quyidagilarni aytib o’tdi. O`quvchilarda barcha fanlar orqali tayanch kompetensiyalardan kommunikativ, axborot bilan ishlash, matematik savodxonlik, umummadaniy kompetensiyalar shakllantirilishi orqali shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish va ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari bosqichma bosqich shakllantirib boriladi. Dars jarayonida 6 ta kompetensiyani shakllanganlik darajasini aniqlash o`qituvchida qiyinchilik tug`dirayotgani ta`kidlab o`tildi.Bu muammoni hal qilishda dars mavzusi va o’quvchilarning yoshi psixo-fiziologik rivojlanish jarayonlarini inobatga olgan holda tanlangan metodlar tayanch kompetensiya elementlarini hammasini bo’lmasada ba’zi bir elementlari shakllantirib borishga, Matematik diktant. Aqliy hujum, juftlikda ishlash metod larining samarasi yuqori ekanligini ta`kidlab o`tdi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Raximova Gulorakun tartibidagi to’ryinchi masala yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirib quyidagilarni gapirdi. O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida PISA xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytingi bo’yicha birinchi ilg’or 30 ta mamlakatlar qatoriga kirishga erishish, shuningdek, xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar, tizimning asosiy maqsad va rivojlanish yo’nalishlari, konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, konsepsiyaning maqsadli ko’rsatkichlari to’g’risida to’xtaldi.Ushbu konsepsiyani amalga oshirishda har bir o’qituvchi o’z bilim, malaka, mahoratini ishga solib munosib hissa qo’shmog’i kerak deya ta’kidladi.
Metod birlashma rahbari Z.Salayeva oktabr oyida o’tkazilgan ochiq dars mashg’ulotlari haqida quyidagilarni bildirib o’tdi. Matematika fani o’qituvchisi E.Abdusharipov 7-sinfda ”Qo’shni va vertikal burchaklarning xossalari” mavzusida, matematika fani o’qituvchisi Sh. Ataboyeva 5-sinfda ”Natural sonlarni qo’shish va ularning xossalari” mavzusida, matematika fani o’qituvchisi A.Atamurotov 8-sinfda ”Natural ko’rsatkichli darajaning arifmetik ildizi va uning xossalari” mavzusida, matematika fani o’qituvchisi Z.Salayeva 11-sinfda ” Hosila yordamida funksiyani tekshirish va grafigini yasashga doir misollar yechish” mavzusida namunali ochiq dars mashg’ulotlari tashkil qilib o’quvchilarni fanga qiziqishini yanada kuchaytirishga erishishdi.
Yig`ilish qatnashchilari fikr-mulohazalaridan so`ng yig`ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |