YIG`ILISHNING BORISHI:
Yig`ilishni uslubiy birlashma rahbari Z. Salayeva olib bordi. U kun tartibidagi masalalar bilan yig`ilish qatnashchlarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi O. Bobojonov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirining 2018-yil 29-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2019-2020-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja va takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 266-sonli buyrug‘i bilan tanishtirdi va unga muvofiq 7-sinfda Informatika va axborot texnologiyalari fani haftada 1 soat, o'quv yili davomida 34 soat
(chuqurlashtirilgan sinflarda haftada 2 soat, o'quv yili uchun 68 soat) o‘qitilishi
belgilangan. Shuningdek 11-sinflarda haftada 2 soat, o'quv yili davomida 68 soat
(chuqurlashtirilgan sinflarda haftada 3 soat, o'quv yili uchun 102 soat)
ajratilgan. Mazkur soatlarni belgilanishi o‘tgan o‘quv yili uchun ajratilgan
soatlardan farq qilib, joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinflarida 17 soatga qo‘shimcha hamda 11-sinflarda 34 soat uchun qo‘shimcha
mavzular kiritish lozim. 2019-2020-o‘quv yilida mazkur sinflar uchun quyidagi tartibda qo‘shimcha soatlar va mavzular kiritildi. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘qitish
yuzasidan RTM hamda o‘quv dasturi ishchi guruh tomonidan tavsiyalar ishlab
chiqilganligini ta’kidladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan uslubiy bilrlashma rahbari Z.Salayeva so`zga chiqib, quyidagilar to`g`risida to`xtaldi.2019-2020 o’quv yili dasturlar asosida taqvim mavzu rejalar tuzish va 8-sinfda Algebraik kasrlar mavzusi o`rnida Chiziqli funksiya va kvadrat ildiz mavzulari o`tilishi;
9 -sinfdaIkkinchidarajalitenglamalarsistemasimavzusio`rniga
y=k/x varatsionalko‘rsatkichlidarajamavzulario`tilishimaqsadgamuvofiqdirdeyat’kidladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi G. Xudoyberganova so’zga chiqib, o`z fikr-mulohazalarini bildirib quyidagilarni aytib o’tdi.“Maktab ta’lim jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan dasturiy tizimi – “OpenEmis” axborot tizimi joriyetildi hamdaemis.uzedu.uz. manzilida joylashtirildi. OpenEMIS plotformasining asosiy vazifasi o’quv jarayonidabarcha ma’lumotlarni yig’ish, ularni qayta ishlash va xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan bog’liq kundalik faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan axborot tizimidir.
O`quvchilarda barcha fanlar orqali tayanch kompetensiyalardan kommunikativ, axborot bilan ishlash, matematik savodxonlik, umummadaniy kompetensiyalar shakllantirilishi orqali shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish va ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari bosqichma bosqich shakllantirib boriladi. Dars jarayonida 6 ta kompetensiyani shakillanganlik darajasini aniqlash o`qituvchida qiyinchilik tug`dirayotgani ta`kidlab o`tildi.Bu muammoni hal qishda dars mavzusi va o’quvchilarning yoshi psixo-fiziologik rivojlanish jarayonlarini inobatga olgan holda tanlangan metodlar tayanch kompetensiya elementlarini hammasini bo’lmasada ba’zi bir elementlari shakllantirib borishga, matematik diktant. aqliy hujum, juftlikda ishlash metod larining samarasi yuqori ekanligini ta`kidlab o`tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan uslubiy bilrlashma rahbari Z.Salayeva so`zga chiqib,matematika va informatika falari o’qituvchilarini 2019-2020 oquv yiliddagi darslar taqsimoti bilan tanishtirdi. Ularni sinflar kesimida tushuntirib berdi va o’qituvchilarga shularga asoslanib 26 avgustga qadar taqvim mavzu rejalarni tuzib tasdiqlatishni aytdi.
Yig`ilish qatnashchilari fikr-mulohazalaridan so`ng yig`ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |