q a r o r i q a b u l q i l i n d i:
O`quvchilarning bilimlariva fan to`garaklarining o`tkazilishi yanada yaxshilansin.
2. O`quvchilarning “Bilimlar bellashuvi” va fan olimpidalariga tayyorgarligi
oshirilsin.
3.Sinflarda har bir darsni kompitentlik asosida samarali tashkil etish uslibiy birlashma a`zolari zimmasiga yuklatilsin.
Uslubiy birlashma rahbari: Z.Salayeva
Urganch shahar 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabi “Aniq fanlar” uslubiy birlashmasining 2019-2020 o`quv yili
dekabr oyida qilingan ishlar
HISOBOTI
Aniq fanlar uslubiy birlashmasi fan o`qituvchilari dekabr oyida darslarni samarali tashkil qilish uchun yig`ilish o`tkazib oldilar .Unda darslarni turli pedtexnologiyalar asosida tashkil qilish to`g`risida o`zaro fikr almashdilar. Dekabr oyida uslubiy birlashma a`zolari darslarning samaradorligini oshirish uchun ochiq darslar tashkil qildilar.Matematika fani o`qituvchisi Ataboyeva Shoira bir oylik malaka oshirish seminarida bo’ldi. O’qituvchilar Salayeva Zulxumor 11”G” sinfda ”Boshlang'ich funksiya va aniqmas integral tushunchlari.” mavzusida, Solihova Dilnoza 6”V” sinfda ”Nisbat tushunchasi” mavzusida, Atamurotov Anvarbek 8”D” sinfda ”Bir noma'lumli tengsizliklar.” mavzusida, Abdusharipov Elbek 7 ”D” sinfda ”Ko'phadni birhadga ko'paytirish” mavzusida, Qurbonova Umida 5”E” sinfda ”To'g'ri burchakli parallelepiped va kub.” mavzusida Matyoqubova Dilfuza 9”B” sinfda ”Burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi ta'riflari.” mavzusida, Bobojonov Ollanazar 8”V” sinfda ”Windows operatsion sistemasi” mavzusida, Qodirov Xushnud 7”B” sinfda ”Ko'phadni ko'phadga ko'paytirish” mavzusida ochiq dars mashg’ulotlari o’tkazdilar.Ochiq darslarni yangi usullar asosida AKTdan foydalangan holda tashkil qildilar.O`tilgan ochiq darslar uslubiy birlashma a`zolari tomonidan tahlil qilindi.Yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.8-9-10-sinflarda o`quvchilarni bilimidagi bo`shliqlarni aniqlashva ularni bartaraf qilish yuzasidan ichki nazorat o`tkazildi. Bundan tashqari ”Konstitutsiyamiz baxtimiz poydevori”ijodiy ishlar tanlovi o`tkazildi . Chorak oxiri bo`lgani uchun uslubiy birlashma o`qituvchilari fanlardan nazorat ishlari oldilar,baholarini jurnalga qo`yib vaqtida o`quvchilarni baholab bordilar chorak baholarini chiqardilar. Yanvar oyida bo`lib o`tadigan ”Bilimlar bellashuvi” I-bosqichini o`tkazish,”Fan olimpiadasi”II-bosqichiga munosib tayyorgarlik ko`rish ,o`quvchilarni puxta tayyorlash maqsadida to`garak mashg`ulotlari o`tkazildi. Yangi 2020 yil kirib kelishi munosabati bilan sinf xonalari bezatildi. ”Yangi yilga yangicha qadam” mazusida darslar va tadbirlar tashkil qilindi.Bundan tashqari uslubiy birlashma a`zolari tayanch maktablarda o`rkazilgan darslarda qatnashib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |