q a r o r i q a b u l q i l i n d i:
1. Matematika va informatika fanlari oyligi namunali deb topilsin.
2. “Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo`lingiz ogo” shiori ostida tashkil qilingan tadbirlar namunali deb topilsin.
3. Matematika va informatika fanlari oyligida o`tkazilgan ochiq darslardagi kamchiliklarni to`g`irlash fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Uslubiy birlashma rahbari: Z.Salayeva
Urganch shahar 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabi informatika va matematikafanlari uslubiy birlashmasining 2019-2020 o`quv yili
Fevral oyida qilingan ishlar
HISOBOTI
Aniq fanlar uslubiy birlashmasi fan o`qituvchilari fevral oyida darslarni samarali tashkil qilish,fan oyligiga bag`ishlangan turli xil tadbirlar o`tkazish uchun yig`ilish o`tkazib oldilar.Unda darslarni turli pedtexnologiyalar asosida tashkil qilish to`g`risida o`zaro fikr almashdilar.1-fevral kuni matematika va informatika fan o`qituvchilari maktab fayesida fan oyligining ochilishiga bag`ishlab tadbir o`tkazdilar bunda 5,6,7,8,9,10,11-sinf o`quvchilari qatnashdilar,matematika va informatika fanlaridan kirish testlari olindi va unda aniqlangan o`quvchilarning bilimlaridagi bo`shliqlar monitoringi chiqarildi va tahlil qilindi.Inforformatika fani o`qituvchisi Ibodullayeva Mehribon,Xudoyberganova Gulamdon,Bobojonov Ollanazar ustozlar o`tkazgan “Zakovat”, “O`yla,izla,top!”intelektual o`yinlari o`quvchilarda katta ta`surot qoldirib fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.Matematika fani o`qituvchisi Qurbonova Umida ustoz 6-E sinfda “Koordinata o’qi yordamida sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusida o`tkazgan ochiq dars, juda qiziqarli va mazmunli o`tdi.Oqituvchi darsda yangi pedtexnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil qilib, o`quvchilar darsda juda faol qatnashdilar.Salayeva Zulxumor ustoz 11-sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazgan “Zakovat” intelektuval oyini o`quvchilarni bilimlarini yanada oshirishga undadi.Matematika fani oqituvchilari Abdusharipov Elbek 5”V”-sinfda matematikadan “Sanamay sakkiz dema” musobaqasi,Atamurotov Anvarbek 8-sinf o’quvchilari o’rtasida PISA testlari yechish musobaqasi,Solihova Dilnoza 6“B” sinfda “Har xil ishorali sonlarni qo’shish” mavzusida ochiq dars,Atabayeva Shoira 5 “A” sinfida “O’yla, izla,top” o’yini, Madaminova Dilfuza ustoz 9”G” sinfda “Kosinuslar teoremasi” mavzusida ochiq dars o`tkazdilar.Fan oyligi davomida o`quvchilar bilan “Al-Xorazmiy”, “Abu Rayhon Beruniy” majmualariga sayohatlar uyushtirildi. Fan oyligining III-haftasida ijodiy ishlar tanlovlari o`tkazildi.O`quvchilar o`zlarining yozgan referatlari,yasagan ko`rgazmalari, krassvodlari,geometrik shakllari bilan qatnashdilar.G`olib o`quvchilar fan o`qituvchilari, maktab ma`muriyati tomonidan rag`batlantirilib bordildi. M. Ibodullayeva tomonidan 9-sinf o`quvchilari o`rtasidao`tkazilgan “Yettiga yetti” intellectual shousio`quvchilarning o`zaro bir-birlariga bo`lgan hurmatini,ularning fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. Bundan tashqari 2021 yilda o’tkaziladigan xalqaro tadqiqotlarga puxta tayyorgarlik ko’rish va unda munosib qatnashish maqsadida matematika fani o’qituvchisi A. Atamutotov tomonidan 8-sinf o’quvchilari o’rtasida PISA testlari yechish musobaqasining o’tkazilishi o’quvchilarni PISA masalalarini yanada ko’proq yechib, intellektual salohiyatlarini oshirishga xizmat qildi. Matematika fani o’qituvchisi U.Qurbonova o’tkazgan “Matematika va go’zallik” tadbiri 5”E” sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Fan oyligi oxirida matematika va informatika fanlaridan chiqish testlari olindi.Bundan tashqari mart oyida qilinadigan ishlar ham kelishib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |