Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo'lgan elektr asbob-uskunalar


Tok o'lchash transformatorlari



Download 2,3 Mb.
bet5/8
Sana20.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#829031
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8.Kuchlanishi 1000 voltdan

Tok o'lchash transformatorlari
Tok transformatorlari birlamchi cho'lg'amlari bilan tarmoqqa ketma-ket ulana­di. Ikkilamchi cho'lg'amlarida zanjirning uzunligiga qarab 1A yoki 5A bo'ladi. TT lari qisqa tutashuv holatiga yaqin holatda ishlaydi.
Tok transformatorlari tuzilishi bo'yicha:
1) Alohida turuvchi;
2) Joylashtirilgan;
3) O'tuvchi TT larga bo'linadi va ichkariga hamda tashqariga o'rnatiladigan holda bajariladi. Ichkariga o'rnatiladigan TT laming turlari: TKL, TPL, TPOL, TShLP, TPOF, TPF. T-tok transformatori; P-o'tuvchi; K-katushkali; L-quyma izolatsiyali; F-forfor izolatsiyali; O-bir katushkali. Tashqariga o'rnatiladigan: TFN, TFKN. N-tashqariga o'rnatiladigan.


4-rasm. Tok transformatoriga ulanish sxemasi.


Xatoliklarni kamaytirish uchun magnit o'zak yuqori sifatli po'latdan tayyorlanadi, cho'lg'amlarda maxsus ulash usullarini qo'llash va magnit o'zakni sun'iy magnitsizlantirishdan foydalaniladi.
1. Tok transformatorlari birlamchi tokning kattaligini o'lchov asboblari va rele uchun eng qulay kattalikkacha (rele himoyasi uchun lnom = 1A, o'lchov asboblari uchun lnom = 5A o'zgartirish, shuningdek, ikkilamchi o'lchov zanjirlarini birlam­chi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Tok transformatorlari yopiq magnit 2 hamda ikkita birlamchi 1 va 2-ikkilamchi 3 cho'lg'amga ega. Birlamchi cho'lg'am o'lchanayogan tok zanjiriga ketma-ket ulanadi, ikkilamchi cho'lg'amga tok o'tadigan o'lchov asboblari ulanadi. Tok transformatorini nominal transformatsiya koeffitsiyenti quyidagicha tavsiflanadi.
Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal tokining qiymati 5A va 1A deb qabul qilingan.
2. Tok transformatorlarini transformatsiyalash xatoligining qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi.
Tok transformatorlarining xatoligi uning konstruktiv xususiyatlari, magnit o'tkazgich kesimlari, magnit o'tkazgich materialining magnit sindiruvchanligi mag­nit yo'lining o'rtacha uzunligi miqdoriga bog'liq.
Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1; 3; 10-toifa aniqliklarida ishlab chiqariladi. Transformator tokning xatosini ikkilamchi yuklama va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga bog'liq.
Bu yuklama bilan nominal tok karraligining ortishi esa xatolikning ortishiga olib keladi. 0.2 toifadagi tok transformatorlari aniq laboratoriya asboblarini ulashda, 0.5 sinfdagilarni esa pul hisoblaydigan hisoblagichlarda, 1 -toifadagilarni ham texnik o'lchov asboblari uchun, 3 va 10 toifadagilarni rele muhofazasi uchun ishlatiladi. O'lchov asboblari va relening tok zanjiridagi kichik qarshilikka ega bo'lganligi uchun tok transformatorlari qisqa tutashuv rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi.
Agar ikkilamchi cho'lg'am uzilsa, magnit o'tkazgichdagi magnit oqim keskin orta-di sababi, uning kattaligi endi birlamchi cho'lg'amning e.yu.k. bilan aniqlanadi. Bu rejimda magnit o'tkazgich haddan tashqari qiziydi, ikkilamchi cho'lg'amlarda ayrim hollarda bir necha 10 kilovolptgacha kuchlanish hosil bo'ladi. Shuning uchun bir­lamchi cho'lg'amda tok oqayotganda ikkilamchi cho'lg'amni uzishga ruxsat etilmaydi.
Agar o'lchov asbobi yoki releni o'zgartirish kerak bo'lib qolsa, tok transforma-torini ikkilamchi cho'lg'amini qisqa tutashtiriladi.
Tok transformatorlari quyidagicha tanlanadi:
• kuchlanish bo'yicha U^ < Unom ;
• tok bo'yicha Ih < Iliam , Imax < l,nom .
Nominal tok qurilmaning ish tokiga mumkin qadar yaqin bo'lishi lozim, chun-ki birlamchi chulg'amni to'la yuklamaslik xatoning ortishiga olib keladi;
• Termik turg'unlik bo'yicha BK < (kT Ilnom)2 tT,
bu yerda BKhisob bo'yicha issiqlik impulsi; kTkatalog bo'yicha termik turg'unlik karraligi; Ilnomtransformatorning nominal birlamchi toki; tTkatalog bo'yicha termik turg'unlik vaqti;
• Ikkilamchi yuklama bo'yicha Z2 < Z2nom ,
bunda Z2tok transformatorining ikkilamchi yuklamasi; Z2nomtanlangan aniqlik sinfidagi tok transformatorining ruxsat etilgan nominal yuklamasi.
Ikkilamchi yuklama bo'yicha tok transformatorlarini tanlashni batafsil ko'rib chiqamiz. Tok zanjirlarining induktiv qarshiligi uncha katta bo'lmaganligi uchun Z2~r2. Ikkilamchi yuklama r2 asbob-uskunalar rasb va ulaydigan simlar rsim qarshili­gi hamda kontaktlarning o'tkinchi qarshiligi rk dan topgan:
Kontaktlarning qarshiligi ikki-uchta asbob-uskunalar uchun 0,05 Om va ko'p sondagi asbob-uskunalar uchun 0,1 Om deb olinadi. Ulanadigan simlarning qarshiligi ularning uzunligi va dalang kesimga bog'liq. Tok transft tori tanlangan sinf aniqligida is] uchun quyidagi shart bajarilishi

5-rasm. Tok transformatorlari va o'lchov asbob-uskunalarining ulanish sxemalari:


a—bir fazaga ulanishi; b—asbob-uskunalarning to'liq bo'lmagan yulduzchaga ulanishi; d—asbob usku­nalarning to'liq yulduzchaga ulanishi. kuchlanishi 220 kV va undan yuqori podstansiyalarda qo'llaniladi. Qolgan hoi ikkilamchi zanjirlarda alyuminiy tomirli simlar (p =0.283) qo'llaniladi
Tok transformatorlarining biriktirish sxemasiga bog'liq bo'lgan hisoblangan uz Tok transformatorlaridan asbob-uskunalargacha olish mumkin (bir tomonga Iste'molchilarga boradigan liniyalardan tashqari, 6—10 kV li GRU zanjirining hammasi Blokli elektrostansiyalarning generator kuchlanish zanjirlari Iste'molchilarga boradigan 6—10 kV li liniyalar
Biriktiruvchi simlar sifatida qog'oz, rezina, polixlorvinil yoki polietilen himoyalangan, qo'rg'oshinli, rezinali, polixlorvinilli yoki maxsus issiqqa chic qobiqqa o'ralgan ko'p tomirli nazorat kabellar qo'llaniladi. Mustahkamlik she asosan alyuminiy tomirlar kesimi 2,5 mm2 dan, mis tomirlarniki 1,5 mm2 dan k bo'lmasligi lozim. Odatda, 6 mm2 dan katta kesimli tomirlar ishlatilmaydi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish