Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo'lgan elektr asbob-uskunalar


Elektr stansiyalarida o'Ichov tizimlari



Download 2,3 Mb.
bet3/8
Sana20.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#829031
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8.Kuchlanishi 1000 voltdan

Elektr stansiyalarida o'Ichov tizimlari
Elektr stansiya va podstansiyalardagi asosiy va yordamchi asbob-uskunalarlarining ish rejimlari o'lchov asboblari vositasida nazorat qilinadi.
Ob'ekt xarakteri hamda uni boshqarish strukturasiga qarab. nazorat qilish hajmi va nazorat o'Ichov asbob-uskunalarining o'rnatilish joyi turlicha bo'lishi mumkin. Asboblar generator-transformator blokli elektr stansiyalaridagi mahalliy shitlardagi bosh boshqaruv shiti (BBSH), blokli boshqarish shiti (B1BSH) va markaziy boshqarish shit (MBSH) lariga o'rnatiladi.
Ish rejimining xususiyatlariga ko'ra hatto bir xil ulanmalarda ham, nazorat o'Ichov asbob-uskunalarining soni turlicha bo'lishi mumkin. nazorat o'lchov asbob-uskunalarlarining tavsiya etiladigan ro'yxati keltirilgan.
Eng ko'p o'lchov asbob-uskunalari generatorlarning zanjirida kerak bo'lib, ular-da hamma fazalarning yuklamasi, aktiv va reaktiv quvvat kattaligi nazorat qilinadi, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hisobga olinadi, shuningdek, rotor bilan uyg'otgichning zanjiridagi tok va kuchlanish nazorat qilinadi. Ko'rsatuvchi asbob-uskunalardan tashqari yana qayd qiluvchi (o'zi yozar) asbob-uskunalar: generatorning stator zanjirida aktiv va reaktiv quvvatni nazorat qiluvchi vattmetrlar va varmetrlar; rotor zanjirida ampermetrlar va voltmetrlar o'rnatiladi. Bundan tashqari, har bir generator zanjiriga aktiv va reaktiv quvvat datchiklari o'rnatish ko'zda tutilib, ular MBSH yoki BBSH dagi varmetr va yig'uvchi vattmetrga, telemexanika quril-malariga o'lchanayotgan ko'rsatgich qiymatini uzatadi.
330—500 kV li tizimlararo liniyalardagi har bir fazaning toki nazorat qilinadi, chunki 330—350 kV li o'chirgichlar faza bo'yicha boshqariladi. Aktiv va reaktiv quvvat toklarining ustunligi ham nazorat qilinadi. Bundan tashqari, podstansiyaga uchta faza kuchlanishi va tokini, nol ketma-ketlik kuchlanishi bilan toki va hakozalarni yozib boruvchi ossillograf o'rnatiladi. Bu yozishlar avariya rejimlarining hosil bo'lish sabablari va ularning borishini aniqlashga yordam beradi. Yuqori kuchlanishli liniyalarda buzilgan joyni aniqlash uchun kerak bo'ladigan ko'rsatkichlarni qayd qiluvchi asbob-uskunalar o'rnatiladi.
Zanjirlardagi tok, quvvat yoki boshqa miqdorlarini nazorat qilish talab etiladigan obyekt boshqarish shchitidan uzoqda joylashgan bo'lsa (bir necha yuzdan minglab metrgacha), u holda asbob-uskunalardan to o'lchash transformatorlarigacha bo'lgan sim qarshiligi shuncha katta miqdorga yetadiki, bunda xatolik haddan tashqari kattalashib ketadi. Bu holda tok, aktiv va reaktiv quvvatni o'lchash o'zgartgichlari qo'llaniladi. O'lchash o'zgartgichlari qo'llaniladi. O'lchash o'zgartgich (datchik) o'lchanayotgan ko'rsatgich zanjiriga tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanib, chiqishida o'lchanayotgan ko'rsatkich bilan to'g'ri chiziqli bog'langan o'zgarmas tokni beradi. Datchikdan chiqayotgan o'zgarmas tok 5 mA dan ortmaganligi uchun, datchikni o'lchov asbob-uskunalariga ulaydigan simlar kichik kesimli qilib olinishi mumkin. Aktiv quvvatning o'lchash o'zgartgichi bilan o'lchov asbob-uskunasining ulanish funksioanal sxemasi ko'rsatilgan.
Tok va kuchlanish transformatorlariga o'lchov asbob-uskunalarini an'anaviy ulashga qaraganda o'lchash o'zgartgichlarini ishlatish quyidagi afzalliklarga ega:
• Tok va kuchlanish transformatorlarining yuklamasi kamayadi, chunki o'zgartgich iste'mol qiladigan quvvat tok zanjirlari bo'yicha 1 VA va kuchlanish zanjirlari bo'yicha 10 VA dan oshmaydi;
• EHM ga uzluksiz ma'lumot berish imkoniyati tug'iladi;
• Nazorat qilinadigan kabellarning kesimi kichrayadi;
• Chaqiruv bo'yicha o'lchash osonlashadi, chunki o'zgartgichlar uzuq zanjir bilan ham ishlashi mumkin.
• Hamma o'lchashlar uchun oddiy asbob-uskuna — milliampermetr qo'llaniladi.
• Agar uzatuvchi (datchik) va qabul qiluvchi (asbob) qurilmalar bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashsa, u holda teleo'lchashning simli tizimi (yaqindan ta'sir etuvchi) qo'llaniladi.
• Agar nazorat qiliuvchi obyekt boshqarish punktidan bir necha o'n va yuz kilometr masofada holda teleo'lchashlarni uzatish uchun yuqori chastotali aloqa kanallari bo'yicha ishlaydigan telemexanikaning maxsus qurilmalari qo'llaniladi.

2-rasm. Teleo’lchagich qurilmasining struktura sxemasi.


O'lchov transformatorlari katta kuchlanish va tok zanjirlariga nazorat-o'lchov asboblari, rele himoyasi va avtomatika tizimlarini ulash uchun xizmat qiladi.
O'lchov transformatorlari kuchlanish va tok transformatorlariga bo'linadi.
Kuchlanish transformatori birlamchi cho'lg'ami bilan tarmoqqa parallel holda ulanadi. Ikkilamchi cho'lg'amining kuchlanishi esa odatda 100 V ga teng bo'ladi. Kuchlanish transformatorlari salt ishlash holatiga yaqin holatda ishlaydi. Bunda U, — birlamchi cho'lg'am tarmog'ining kuchlanishi;

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish