Kuch transformatorlari tuzilishi



Download 259,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.06.2022
Hajmi259,46 Kb.
#639360
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kuch transformatorlari tuzilishi(1)

Yo
va 
uchburchak 
Δ 
ko‘rinishidagi sxemalar bo‘yicha ulanadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning 
EYuK lari (
E
1
va 
E
2
) orasidagi fazalar siljishini shartli ravishda ulanishlar guruhi bilan ifodalash qabul 
qilingan. 
Uch fazali transformatorlarning chulg‘amlarini turlicha ulash yo‘li bilan ulanishlarning o‘n 
ikkita turli guruhini hosil qilish mumkin. Bunda chulg‘amlarni yulduz-yulduz sxemasida ulashda 
istalgan 2, 4, 6, 8, 10, 0 juft guruh, yulduz-uchburchak yoki uchburchak-yulduz sxemasida ulashda 
istalgan 1, 3, 5, 7, 9, 11 toq guruh hosil qilinadi. 
Chulg‘amning ulanish sxemasi belgisining o‘ng tomoniga uning ulanish guruhi yoziladi.
Chulg‘amlarning nol nuqtasini chiqarib, yulduz sxemasida ulash chulg‘am neytrali yerga 
tutashtirilishi zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. 330 kV va undan yuqori kuchlanishli 
transformatorlar va barcha avtotransformatorlarda YuK chulg‘amlari neytralini yerga samarali 
tutashtirnsh shart. 110, 150 va 220 kV kuchlanishli tizimlar ham asosan neytrali yerga samarali 
tutashtirilgan holda ishlaydi, biroq bir fazali qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun transformatorlar 
neytralining bir qismi yerga ulanmaydi. Chunki, chiqarilgan nol simlarning izolyasiyasi, odatda, to‘liq 
kuchlanishga mo‘ljallanmaydi, shuning uchun neytrali yerga ulanmagan ish rejimida hosil bo‘lishi 
ehtimoli bor o‘takuchlanishlarni transformatorning nol nuqtasiga ventilli razryadniklarni biriktirish 
yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Shuningdek, to‘rt simli 380/220 va 220/127 V tarmoqlarni 
ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amidagi neytral ham yerga tutashtiriladi. 10-35 
kV li kuchlanishdagi chulg‘amlar neytrali yerga ulanmaydi yoki ular liniyalarning sig‘im toklarini 
kompensatsiya kilish uchun yoy so‘ndiruvchi g‘altak orqali yerga ulanadi. 
Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarning asosiy texnik ma’lumotlari, ularning 
ulanish guruhlari sxemalari amaldagi standartlar bilan belgilangan. 
Yuqori kuchlanish va quvvatli transformator murakkab qurilma bo‘lib, ko‘p sonli konstruktiv 
elementlardan tashkil topadi, ulardan asosiylari qo‘yidagilar: magnit tizimi (magnit o‘tkazgich), 
chulg‘amlar, izolyasiya, chiqqichlar, bak, sovitish qurilmasi, kuchlanishni rostlash mexanizmi, 
himoyalash va o‘lchash qurilmalari hamda aravachalar. 
Magnit o‘tkazgich transformatorning konstruktiv va mexanik asosi hisoblanadi. Magnit 
o‘tkazgich bir-biridan izolyasiyalangan elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan alohida-alohida 
listlardan yig‘iladi. Transformatorning po‘lat listlari bir-biridan puxta izolyasiyalangan bo‘lishi kerak. 
Hozir 0,01 mm qalinlikda lak surkab, listlarni izolyasiyalash keng qo‘llanilmoqda. Lak pardasi listlar 
orasida yetarli darajada ishonchli izolyasiya hosil qiladi, magnit o‘tkazgichning yaxshi sovishini 
ta’minlaydi, qizishga chidamliligi yuqori va yig‘ish paytida buzilmaydi.
Magnit o‘tkazgich va uning konstruktiv detallari transformator asosini tashkil etadi. Asosga 
chulg‘am o‘rnatiladi va chulg‘am bilan kirish simlari o‘tkazgichlar yordamida ulanib, asosga 
mahkamlanadi. Shu tariqa transformatorning aktiv qismi hosil qilinadi. 
Transformatorlarning chulg‘amlari yetarli elektrik va mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi 
kerak. Chulg‘amlar va ulardan chiqqan simlar izolyasiyasi kommutatsiya va atmosfera 
o‘takuchlanishlariga buzilmasdan chidashi zarur. Chulg‘amlar qisqa tutashuv toklari o‘tishida hosil 


bo‘lgan elektrodinamik kuchlarga bardosh bera olishi lozim. Izolyasiya yo‘l qo‘yilganidan ortiq qizib 
ketmasligi uchun chulg‘amlarni ishonchli sovitish tizimi ko‘zda tutilishi zarur. 
Chulg‘am mis yoki alyuminiy simlardan yasaladi. Ma’lumki, mis kichik elektr qarshilikka ega, 
uni kavsharlash oson, mexanik jihatdan mustahkam, bu esa transformator chulg‘amlarini tayyorlashda 
misni keng qo‘llashga imkon beradi. Alyuminiy arzon, zichligi kichik, ammo solishtirma qarshiligi 
katta bo‘lganligi sababli undan chulg‘amni tayyorlashda yangi texnologiya talab etiladi.
Hozirgi transformatorlarda chulg‘am uchun parallel bog‘lam tarzidagi alohida o‘tkazgichlar o‘z 
holatini davriy o‘zgartirib turadigan transpozitsiyalangan sim qo‘llaniladi. Bu elementlar 
o‘tkazgichlar qarshiligining bir xil bo‘lishini ta’minlaydi, mexanik mustahkamligini orttiradi
izolyasiya qalinligini va magnit o‘tkazgich o‘lchamlarini kichiklashtirish imkonini beradi. 
Transformatorning izolyasiyasi uning eng muhim qismidir, chunki transformatorning ishonchli 
ishlashi asosan uning izolyasiyasining ishonchliligiga bog‘liq. Izolyasiyaning tuzilishi va 
xususiyatlari boshqa fan dasturiga muvofiq holda o‘rganiladi. 
Kuchlanishni rostlash uchun mo‘ljallangan qayta ulagich qurilmalar va transformatorning aktiv 
qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning asosiy qismlari - devorlar, tagi va 
qopqoqdir. Bak qopqog‘idan kirish simlarini, chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi 
elementlarni, termometrlar va boshqa detallarni o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga 
sovitgich qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi. 
Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib tayyorlanadi: chunki 
tuzatish ishlarida transformatorning qopqog‘ini olish, so‘ngra aktiv qismini bakdan ko‘tarish zarur 
bo‘ladi. 
Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq bo‘lsa, u bakning tubiga o‘rnatiladi, 
so‘ngra bakning qo‘ng‘iroq shaklli yuqori qismi bilan yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi 
ajraladigan bunday transformatorlarning aktiv qismini chiqarish uchun og‘ir yuk ko‘taruvchi 
qurilmalarga hojat yo‘q, chunki remont paytlarida moy chiqarilib, bakning yuqori qismi ko‘tarilsa, 
chulg‘am va magnit o‘tkazgichlarga qo‘l bemalol yetadigan bo‘ladi. 
Transformatorning kengaytirgichi
bak bilan quvur orqali tutashtirilgan silindrik idishdan iborat 
bo‘lib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning 
baki moy bilan to‘ldirilgan bo‘lib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining o‘zgarishi 
kengaytirgichdagi moy sathining o‘zgarishiga olib keladi. Bunda havo kengaytirgichdan siqib 
chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich atmosfera bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashgan bo‘lsa, unda havoning nami moyga o‘tib, uning izolyasion xossalarini 
keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich 
orqali bog‘lanadi. Selikagel so‘rilayotgan havodagi namni shimadi. Yuklama keskin o‘zgarib tursa, 
selikagelli filtr havoni to‘liq quritishga ulgurmaydi, natijada kengaytirgichda havoning namligi asta-
sekin orta boradi. Bunday hollarda kengaytirgich orqali moyning namlanishini oldini olish uchun inert 
gazdan iborat yostiqli germetik bak qo‘llaniladi yoki kengaytirgichdagi erkin bo‘shliq maxsus elastik 
hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan to‘ldiriladi. Moy-havo chegarasida maxsus parda - membrana 
qo‘llash mumkin. Kengaytirgichda havoni termoyaxlatgichlar yordamida quritish mumkin. 
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-o‘lchash va himoya qurilmalari 
ko‘zda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy ko‘rsatkich va termometr kiradi. Moy ko‘rsatkich 
kengaytirgichga, termometr bakning qopqog‘iga o‘rnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining 
pasayishini nazorat qilish relesi va gaz relesi kiradi. 
Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi.
 
Transformatorning ishlashi jarayonida uning chulg‘amlari va magnit o‘tkazgichi qiziydi. 
Transformator qismlarining qizish chegarasini izolyasiya belgilaydi, chunki uning ishlash muddati 
qizish haroratiga bog‘liq. Transformator quvvati qancha katta bo‘lsa, sovitish tizimi shuncha 
intensivroq bo‘lishi zarur. 


Elektr mashinalaridagi singari transformatorlarning sovitish tizimlari, ulardagi ishchi massaning 
turi va ishlash prinsiplari ham turlicha. Hozirgi davrda turli transformatorlarda havo bilan tabiiy 
sovitish, moy bilan tabiiy sovitish, moyni puflash va tabiiy sirkulyalash yo‘li bilan sovitish, moyni 
puflash va sun’iy sirkulyasiyalash yo‘li bilan sovitish, moy sun’iy sirkulyasiyalanigan moy-suvli 
sovitish tizimlaridan foydalaniladi.

Download 259,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish