Kuch transformatorlari tuzilishi



Download 259,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.06.2022
Hajmi259,46 Kb.
#639360
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kuch transformatorlari tuzilishi(1)



Kuch transformatorlari tuzilishi 
1.
Kuch transformatorlarining turlari va ularning parametrlari.
2.
Kuch transformatorlarni ishlash prinsipi va vazifasi.
3.
Kuch transformatorlarining asosiy qismlari.
4.
Transformatorni ulanish sxemasi va guruhi.
5.
Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi 
Kuch transformatorlarining turlari va ularning parametrlari. Elektr stansiya va podstansiyalariga 
o‘rnatilgan kuch transformatorlari elektr energiyani bir kuchlanishdan ikkinchisiga o‘zgartirish uchun 
xizmat qiladi. Transformatorlar uch va bir fazali bo‘lib, hozirda uch fazali transformatorlar eng ko‘p 
tarqalgan, chunki ularda umumiy quvvati xuddi shuncha bo‘lgan uchta bir fazali transformatorlar 
foydalanilgandagiga qaraganda isroflar 12—15%, aktiv materiallar sarfi 20—25% ga kam bo‘ladi. 
Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 MVA gacha, 330 
kV kuchlanishli, quvvati 1000 MVA li uch fazali transformatorlarni va 500/110 kV li, birlik quvvati 
250 kVA li avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Transformatorlar quvvatining 
chegaraviy qiymati ularni transportirovka qilish sharoitlari, massasi va o‘lchamlari bilan cheklanadi. 
Bir fazali transformatorlar, odatda, etarli quvvatga ega bo‘lgan uch fazali transformator 
tayyorlash mumkin bo‘lmagan yoki transportirovka qilish ancha qiyin bo‘lgan hollardagina 
qo‘llaniladi. Bir fazali transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV kuchlanishda 1600 
MVA; 750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng. 
Har bir fazadagi turli kuchlanishdagi chulg‘amlar soniga qarab transformatorlar ikki chulg‘amli 
va uch chulg‘amli transformatorlarga bo‘linadi (8.5- rasm, a, b). Bundan tashqari, aynan bir xil 
kuchlanishdagi (odatda, past kuchlanish chulg‘ami) bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan 
izolyasiya qilingan ikki va 
undan 
ortiq 
parallel 
chulg‘amlarga ega bo‘lgan 
transformatorlar 
mavjud. 
Bunday 
transformatorlar 
ajratilgan 
chulg‘amli 
transformatorlar deb ataladi 
(8.5,v- rasm. Yuqori, o‘rta va 
past kuchlanishli chulg‘amlarni 
qisqacha YuK, O‘K va PK deb 
belgilash qabul qilingan. 
Past 
kuchlanish 
chulg‘ami 
ajratilgan 
kuchaytiruvchi 
transformatorlarga bir nechta 
generatorlarni ulash imkoni 
paydo 
bo‘ladi. 
Bunday 
transformatorlar o‘z ehtiyojini ta’minlash sxemalarida, Shuningdek qisqa tutashuv tokining kattaligini 
cheklash maqsadlarida pasaytiruvchi podstansiyalarda ham keng qo‘llaniladi.
Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash 
toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi. 
Transformatorning nominal quvvati deb uning pasportida ko‘rsatilgan to‘la quvvatining 
qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, o‘rnatish joyi va sovitish muhiti nominal bo‘lgan 
sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan uzluksiz yuklash mumkin. 
Ikki chulg‘amli transformatorlarning nominal quvvati uning har bir chulg‘amining quvvatidan 
iborat. Uch chulg‘amli transformatorlar chulg‘amlarining nominal quvvatlari bir-biriga teng yoki har 
8.5-rasm. Transformatorlarning prinspial sxemalari: 
а)-ikki chulg‘amli; b)-uch chulg‘amli;v)-past chulg‘amli 
ajratilgan ikki chulg‘am. 


xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari har xil bo‘lganda har bir alohida chulg‘amlarning nominal quvvatlari 
orasida eng kattasi transformatorning nominal quvvati deb qabul qilinadi. 
Chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari - taransformatorning salt ishlashida birlamchi va 
ikkilamchi chulg‘amlarining kuchlanishlaridir. Uch fazali transformator uchun - bu uning liniya 
(fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator agar yulduz sxemasida biriktirilib, uch 
fazali guruhga ulashga mo‘ljallangan bo‘lsa, bu kuchlanish 
U/
ga teng bo‘ladi. Transformator 
yuklama bilan ishlaganda va uning birlamchi chulg‘ami qisqichlariga nominal kuchlanish berilganda 
ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish nominalga qaraganda transformatorda isrof bo‘lgan 
kuchlanishning kattaligiga teng bo‘lgan miqdorga kichik bo‘ladi. Transformatorning 
transformatsiyalash koeffitsienti 

Download 259,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish