1746-yiIdan boshlab u Angliyada yashaydi va Mingoti degan Italyan opera gruppasiga boshchilik qiladi. Londonda Glyuk G.F. Gendelning орera va oratoriya ijodi bilan tanishadi, bu uning o‘z musiqali-dramatik prinsiplarini ishlab chiqish uchun kattagina ahamitga ega bo‘ladi. An’anaviy opera-seriaga qarshi turadigan xususiyatlar: operani tuzishda bir qolipdagi sxema yo‘q qilinganligi, ariya va rechitativlarning dramatiklashtirilganligi, xorlaming ahamiti kuchaytirilganligi Gendelning eng yaxshi operalariga xos edi.Glyukning Mingotti opera gruppasiga boshchilik qilishi operalar hamda dramatik serenadalami yaratish va qo‘yish sohasidagi zo‘r faoliyati Londondan keyin Germaniya, Avstriya, Daniya, Chexiya, Italiyaning turli shaharlarida davom yetdi. U operalar yozibgina qolmay, balki xonandalar bilan birga ishladi, dirijyorlik qildi. Glyuk Londonda “Artalina” va “Gigantlaming mahv bo‘lishi” (1746), “Drezdenda GerakI bilan Geba to‘yi” (1747), “Pragada tanilgan Semiramida” (1748) va “Etsio” (1750), Neapolda “Temmak” (1750) va “Tit saxovati” (1752) operalarini qo‘ydi. Glyuk hayotidagi darbadarlik Venada poyoniga yetdi. Venaga u opera gruppasiga rahbarlik qilishda ijodiy va ommaviy tajriba bilan boyigan holda qaytib keldi.
Glyuk operalari librettosi uchun antik va 0 ‘rta asr syujetlari asos bo‘lib xizmat qilgan. Glyuk operalarida antiklik italyancha seria operasi va fransuz lirik tragediyasida ustunlik qilgan saroy maskaradlariga o‘xshamasdi. Glyuk saroy aristokratik operasiga xos bo‘lgan antik syujetlardan voz kechib, o‘z operasiga insoniylik motivlarini kiritadi: er-xotinning bir-biriga vafodorligi va yaqin kishisi uchun o‘zini bag‘ishlashgatayyorlik (“Orfey”, “Alsesta”), o‘z xalqini unga tahdid solayotgan ofatlardan qutqarish uchun o‘zini qurbon qilishga qahramonona intilish (“Ifigeniya Avlidada”) va hokazo. Antik syujetlaming bunday talqini fransuz burjua inqilobi arafasida Glyuk operalari jamiyatning ilg‘or vakillari, shuningdek, uni ko‘kka ko‘targan qomuschilar huzuridagi muvaffaqiyatini ta’minladi.
Glyuk opera dramaturgiyasining cheklanishi xuddi o‘sha antik syujetlar bilan belgilanadi. Glyukning opera qahramonlari bir qancha umumiy xarakterga ega. Ular individual xarakterli tirik shaxslar emas, balki ma’lum tuyg‘u va hissiyotlar umumlashmalarini o‘zlarida namoyon qilishadi.
Glyukning Venada balet sohasidagi ishlarini tilga olib o‘tmaydigan bo‘lsak, ijodning islohotdan oldingi davriga beriladigan xarakteristika chala boMib qoladi. 1755-yili uning “Xitoy shahzodasi” va “Aleksandr” baletlari 1761-yili esa, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Don - Juan” baleti qo‘yildi.Shu tariqa, Glyuk ijodiy faolitining ikkinchi davrini boshlab bergan opera islohotiga kirishdi. Venada Glyukning opera islohoti sohasidagi faoliyatining boshlanishi uning Avstriya poytaxtida yashagan italyan shoiri, dramaturgi va librettochisi Raniyero da Kalsabidji (1714—1795) bilan hamkorlikda ishlashi bilan nishonlandi. Glyukning dastlabki islohot qilingan uchta operasi: “Orfey”, “Alsesta”, “Paris va Yelena” Kalsabidji tekstiga yozilgan.1767-yil 5-okyatbr esda qoladigan kun bo‘ldi: shu kuni Venada “Orfey” operasining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Besh yildan keyin 1767- yil 16-dekabrda “Alsesta” qo‘yildi, bu operada Glyuk o‘sha zamonga kelib, unga uzil - kesil qaror topgan prinsiplarini tag‘in ham izchilroq amalga oshirib boradi. Glyukning Venadagi so‘nggi operasi “Paris va Yelena” 1770-yilda qo‘yildi.
Glyuk musiqasi umuman olganda, har doim uning spektakllaridagi ulug‘vorlik xarakteri bilan bir butunlikni tashkil qiladi. Musiqa
sodda va yaxlit bo‘yoqlarda yozilgan. Har bir ariya bir tuyg‘u va bir
hissiyotni gavdalantiradi. Islohotchilik operalarida Glyukning badiiy
meyor hissi va ifodadagi oliyjanobligi o‘zgarmagan.
Glyuk rechitativlaridagi dramatik ifodaviylik opera san’ati sohasida katta yutuq bo‘ldi, ularda tuyg‘ular dinamikasi yorqin ifodasini topgan. Ariya va rechitativlar bilan bir qatorda, operaning dramatik
mazmuniga uzviy ravishda xor ham qo‘shiladi, ular ariyalar va rechitativlar majmuida mahobatli opera kompozitsiyasini tashkil qiladi.
• Glyuk operasi musiqiy dramaturgiyasining asosiy maqsadi musiqaning organik sintezi va dramatik ta’siridan iborat edi.
• Glyuk musiqasi qahramonlaming his-tuyg‘ularini ochish vositasidir va shuning uchun u dramaga bo‘ysundirilishi, barcha dramatik
o‘zgarishlarga hushyor javob berishi kerak, deb hisoblardi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |