Germaniya federativ respublikasi 1950-1990 yillarda. Reja: Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin. Ikkita nemis davlatlarining vujudga kelishi



Download 40,77 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2021
Hajmi40,77 Kb.
#66905
  1   2   3   4
Bog'liq
GERMANIYA 1950-1990 YILLARDA(1)


GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI 1950-1990 YILLARDA.
REJA:
1. Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin.

2. Ikkita nemis davlatlarining vujudga kelishi.

3. GFRning 50-90 yillarda ichki va tashqi siyosati.

4. GFR va GDRning birlashishi.


1. Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin.

Germaniya taqdiri masalasi Gitlerga qarshi koalitsiya davlatlari rahbarlari tomonidan urushdan keyin tartib o‘rnatish muhokamasida eng asosiy masalalardan biri edi. Bu muzokoralarning asosiy maqsadi urush sababchilarini haqqoniy jazolash va dunyo hamjamiyatini Germaniya tomonidan navbatdagi tajovuzdan xolos etish g‘oyalaridan iborat edi. 1941 yil dekabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan Sovet-Angliya muzokoralaridayoq ikkala tomon tomonidan reyx hududining bir qismini taqsimlash, ya’ni Avstriya mustaqilligini tiklash, Sharqiy Prussiyani Polshaga, Sudet viloyatini esa Chexoslovakiyaga qaytarib berish hamda Reyn viloyati va Bovariyada mustaqil davlatlar barpo etish masalasi muhokama qilingan edi. AQSH ma’muriyatida Germaniyani parchalash g‘oyasi ham tarafdorlarga ham qarshilarga ega edi. 1949 yilning oktabrida Moskva konferensiyasida AQSH “Germaniya taslim bo‘lishining asosiy tamoyillari” nomli hujjatni taqdim etdi. Unda gap “reyxga Prussiya ta’sirini susaytirish” maqsadida Germaniyada markazlashishga barham berish haqida borardi.

1943 yilning noyabrida Tehron konferensiyasida AQSH va Angliya delegatsiyasi Germaniya masalasini shafqatsizroq usulda hal qilinishini yoqlashdi. Germaniyani beshta muxtor davlatlarga bo‘lish yoki Janubiy Germaniya yerlarini Avstriya va Vengriya bilan birgalikda Dunay federatsiyasiga qo‘shish taklif qilingan edi. Bu masalada Stalinning fikri boshqacha edi. U Germaniyani parchalash nemis millatchiligi va revanshizmi (qasoskorligi)ning yana jo‘sh urishiga olib keladi, ammo koalitsiyaning hamkorligi Germaniyada militarizmi va natsizmni yo‘q qilish yordam beradi deb hisoblar edi. 1944 yil 15 yanvarda Britaniya hukumati tomonidan Germaniyani okkupatsiya (bosib olinishi) mintaqalariga bo‘lish rejasi taklif qilindi. Unda, ilk bor keyinchalik, GFR va GDR chegarasiga aylangan chiziq aniq ko‘rsatilgan edi. 1944 yil oktabridagi Kvebek (Kanada) konferensiyasida Cherchill AQSH moliya vaziri Genri Morgentau tomonidan ishlab chiqilgan Germaniyaga nisbatan urushdan keyingi siyosatni ma’qulladi. Bu loyihada Germaniyani hududiy bo‘lish, uning sanoat salohiyatini qisqartirish va qattiq xalqaro nazorat ostida agrar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan edi. Faqatgina urush tugashi arafasida AQSH va Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan siyosati biroz yumshadi. 1945 yildagi Yalta konferensiyasida Germaniyani hududiy jihatdan bo‘lish masalasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmadi. Faqatgina okkupatsiya mintaqalari loyihasi tasdiqlandi. Unda AQSH va ingliz okkupatsiya mintaqalaridan Fransiya okkupatsiya mintaqasi ajratib olindi. Yalta kommyunikesida birinchi marta Germaniyani urushdan keyingi boshqaruvining umumiy shakli, ya’ni “mamlakatning demilitarizatsiya (harbiysizlantirilishi)si va demokratlashtirilishi” xalqqa ma’lum qilindi. Bu vazifalarni bajarish Germaniya siyosiy tizimni milliysizlantirish va nemislarga Germaniya harbiy-sanoat salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan mamlakat iqtisodiyotini monopoliyasizlantirish va davlat tizimini shakllantirish huquqini berishni talab etardi. Sovet delegatsiyasi tomonidan qo‘yilgan Germaniyadan reparatsiya (tovon) undirish masalasi (muhimligini barcha delegatlar tan olishiga qaramasdan) hal etilmadi.

Germaniya masalasi 1945 yil 17 iyulidan 2 avgustigacha Potsdamda bo‘lib o‘tgan konferensiyada uzil-kesil hal etildi. Konferensiya Germaniya mag‘lubiyati to‘g‘risidagi Dekloratsiya va Yaltada ishlab chiqilgan Germaniya nisbatan siyosat tamoyillari ko‘rsatilgan kommyunike-ni tasdiqladi. Germaniya, jumladan, Berlin hududi 4 ta okkupatsiya mintaqalariga ajratildi. Bunda sovet okkupatsiya zonasi Germaniya hududining 40%-ini, aholisining 30%-i, ishlab chiqarish salohiyatining 33%ini o‘z ichiga olardi. Tartibga solish uchun beshta davlat (SSSR, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy) tashqi ishlar vazirlari Kengashi, Bosh qo‘mondonlar nazorat Kengashi hamda Berlinda qo‘shma komendaturalar tashkil qilindi. Germaniyaning iqtisodiy birligini va nemis xalqining yagona demokratik davlat tuzish huquqini saqlab qolish tamoyili qat’iy belgilandi. Ammo shu narsaga e’tibor berish kerakki, Potsdam kelishuvi matniga “G‘arbiy mintaqalar” degan tushuncha allaqachon kiritilgan edi.

Potsdam konferensiyasi Germaniyaning yangi chegaralarini belgiladi: Sharqiy Prussiya SSSRga berildi, Odergacha bo‘lgan hudud va G‘arbiy Neyse-Polshaga, Sudet viloyati Chexoslovakiyaga qaytarildi, Avstriya mustaqilligi tiklandi. Polsha, Chexoslovakiya va Vengriyada yashovchi nemislar majburan Germaniyaga ko‘chirib kelindi.

Tovon (reparatsiya) hajmi va manbalari to‘g‘risidagi masala bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Oqibatda AQSH delegatsiyasi taklifi qabul qilindi. Unga ko‘ra har bir hukumat o‘z okkupatsiya zonasidan va Germaniyaning Korindagi mablag‘lari (Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Finlyandiya, Avstriya) hisobidan tovon undirishi kerak edi. SSSR Germaniyadan G‘arb mamlakatlari foydasiga undirilgan oltindan voz kechdi, ammo G‘arbiy okkupatsiya zonalardagi sanoat jihozlarining 10%iga ega bo‘ldi. Germaniya floti SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasida teng bo‘lib olindi. Tovon to‘lovlarining aniq summasi belgilanmadi, chunki Britaniya va AQSH delegatsiyasi Germaniya SSSR talabini qondira olishiga shubha qilishdi.




Download 40,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish