Germaniya federativ respublikasi 1950-1990 yillarda. Reja: Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin. Ikkita nemis davlatlarining vujudga kelishi



Download 40,77 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2021
Hajmi40,77 Kb.
#66905
1   2   3   4
Bog'liq
GERMANIYA 1950-1990 YILLARDA(1)

4.GFR va GDRning birlashishi.

80-yillarda ikkala nemis davlatlari munosabatlarida yangi xususiyatlar namoyon bo‘la boshladi. GDRdagi rasmiy targ‘ibotda kutilmaganda umumgermaniya motivi faollashdi. “Umumiy madaniy meros” to‘g‘risidagi tez-tez qo‘llana boshlandi, Fridrix 11 va Bismark kabi shaxslar “tiklandi”. Xonekkerning GFRda “demokratik kuchlar” g‘alabasidan keyin Germaniyaning birlashish imkoniyati to‘g‘risidagi bayonoti shov-shuvli bo‘ldi. 1981 yildagi Xonekker va Shmidt uchrashuvida ilk bor Yevropa qit’asida xavfsizlik uchun GFR va GDR ning “umumiy javobgarligi” tushunchasi tilga olindi. Bu qadamlar 80-yillar boshidagi “sovuq urush”ning yana avj olish davrida, ayniqsa, ko‘proq ko‘zga tashlandi. Faqatgina SSSRda hokimiyat tepasiga M.Gorbachyov kelgandan so‘ng Xonekkerning “o‘ziga xos mavqei” OVD bo‘yicha ittifoqchilar harakatlariga moslashib bordi.

Sharqiy Germaniya rahbariyatining yangi yo‘li Bonnda qo‘llab-quvvatlandi. Voqealar rivojini tezlashtirmasdan va o‘z qadamlari to‘g‘risida jar solmasdan G.Kol hukumati GDRni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘rdi. 1983-1984 yillarda umumiy qiymati 1,9 milliard markadan iborat kredit berish to‘g‘risida shartnoma tuzildi. Ikkala hukumatning so‘zsiz (jim) roziligi bilan ikkala mamlakat universitetlari, shahar jamoalari, ijodkor ziyolilar guruhlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi. 1987 yilda tarixda ilk bor GDR rahbari Bonnga tashrif buyurdi. Uning “ishchi xarakteri”ga qaramasdan, GFR rahbarlari xorijiy davlat rahbarlarini qabul qilishdagi barcha tantanaviy normalarga rioya qilishga harakat qilishdi. Ammo Xonekker hech qanday liberal-islohotchi emas edi. GFR bilan munosabatlarni yumshatishga harakat qilish o‘z hokimiyatini mustahkamlashga bo‘lgan pragmatik intilishdan iborat edi. GDR hukumatining ichki siyosatida, aksincha konservativ kayfiyatlar kuchaydi. Xonekker va uning atrofidagilarining hokimiyati yaqqol avtoritar xarakterga ega bo‘la boshladi. O‘zgacha fikrlovchilarni qatag‘on bilan yo‘q qilish usullari ko‘proq qo‘llanila boshlandi.

SSSRda qayta qurish boshlanganidan so‘ng GDR rahbariyati Gorbachevning islohoti yo‘lidan borishdan voz kechdi. Bu haqda 1987 yilda “Shtern”ga bergan intervyusida GYASpning asosiy mafkurasi K.Xaker ochiqchasiga shunday dedi:”Agar qo‘shinsiz devoriy bezaklarni almashtirsa, bu siz ham ta’mirni boshlashingiz kerak degani, emas-ku?!”. 60-yillardagi islohot natijalari o‘z kuchini yo‘qota boshladi. Sharqiy Germaniya iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rentabellik va dunyo bozorida raqobatbardoshlik boshladi. Tashqi zayomlarning asosiy qismi G‘arbdan umumiste’mol mollari, oziq-ovqat va shaxsiy foydalanish uchun avtomobil sotib olishga sarflanar edi. 80-yillarning oxirida GDRning barcha fuqarolari “Intershop” (sovet “Berezka” tizimiga o‘xshash) savdo tizimi xizmatlaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishdi. Faravonlik davlat qarzlarining keskin o‘sib borish hisobidan saqlanib turdi. Agar 1971 yil GDRning g‘arbiy davlatlardan qarzi 3,5 mlrd markidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1989 yilga kelib u 10 baravar oshdi. Moliyaviy inqiroz xavfi real bo‘lib qoldi. GDR aholisi o‘rtasida APATIYA ijtimoiy IJDITENIYESTVO kayfiyatlari paydo bo‘lishi bilan birga talabchanlik oshishi G‘arb iste’mol standartlariga moslashish kuzatila boshlandi. Barcha muammolarni Germaniyaning qo‘shilishi orqali hal qilish g‘oyasi tobora ommaviylashib bordi.

O‘sib borayotgan ichki siyosat inqirozi Xonekker hukumatini ochiq demogogiya va terrorni qo‘llashga majbur etdi. GDR fuqarolarining G‘arbga qochib o‘tishga urinishlari berahmlik bilan jazolanar edi. “Shtazi” maxsus xizmati keng qamrovli josuslik tizimini yaratdi. GDR aholisi atigi 8,4 mln. kishini tashkil etgani holda davlat xavfsizligi vazirligi shaxsiy tarkibi bu yillarda 100 ming kishidan ortiq bo‘lib, yana shuncha kishi “Shtazi” agentlik tarmog‘iga jalb qilingan edi (shu bilan birga, shuni hisobga olish kerakki, 2 mln. kishidan ortiq BYASp a’zolari ham bor edi). Ammo baribir sotsialistik tuzum tanazzulga uchrayotgan edi. Uning darakchisi 1989 yil kuzidagi Chexoslovakiya bilan ochiq chegara orqali Avstriya va GDRga yo‘nalgan qochoqlar oqimi bo‘ldi.

Muammo yechimi GDRning 40-yilligini nishonlash kunlarida qo‘lga kiritildi. M.Gorbachevning 6 oktabr 1989 yildagi safari sirtdan “do‘stona” vaziyatda o‘tgan bo‘lsada GYASPdagi ichki partiyaviy muxolifotga ishonch bag‘ishladi, 7-8 oktabrda bo‘lib o‘tgan va politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan ommaviy chiqishlar davlat rahbarlarini siyosiy xatolarda ayblashga asos bo‘ldi. 1989 yil 18 oktabrda GYASPning 1X plenumida Xonekker egallagan lavozimlaridan chetlashtirildi. Uning o‘rnini Egon Krens egalladi.

Hukumat yuqori eshelonlarida tozalash boshlandi. Ammo GYASPning yangi rahbariyati mamlakat boshqaruvini tezda qo‘ldan bera boshladi. Deyarli har kuni GDRning turli shaharlarida ommaviy mitinglar va namoyoishlarga bo‘lib o‘tirdi. 7 noyabrda Vazirlar Kengashining butun tarkibi Villi Inter rahbarligida iste’foga ketdi. 8 noyabrda esa GYASP Mqning tarkibi tubdan o‘zgartirildi. 13 noyabrda Xalq palatasi Vazirlar Kengashining yangi raisi lavozimiga mashhur partiyaviy muxolifoti GYASPning Drezdendagi okrug qo‘mitasi birinchi kotibi Xans Madrovni sayladi. Madrov tezda GFR bilan “shartnomaviy hamjamiyat” tuzish rejasini ma’lum qildi. Unda bosqichma-bosqich ikkala Germaniya davlatlarining iqtisodiy, valyuta va transport ittifoqini shakllantirish, konferensiya tuzish va kelgusida federatsiya tuzish ko‘zda tutilgan edi. Bu reja G.Kol tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

1989 yil dekabridagi tez ro‘y bergan “Sharqiy Germaniyacha qayta qurish” GYASP siyosiy monopoliyasining barham topishiga olib keldi. 1 dekabrdayoq GDR konstitutsiyasidan partiyaning rahbarlik roli to‘g‘risidagi modda chiqarib tashlandi. Ikkikun o‘tgach GYASP Mq X11 plenumi partiya safidan Xonekker rahbarligidagi sobiq yetakchilarni chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 8 dekabrda GYASP Favqulodda syezdida E.Klens ham o‘z vazifasidan ozod qilindi. Syezd partiya rahbari etib sobiq GYASP faollari tomonidan partiya ustavini buzilishi va uning qonuniyligini tergov qiluvchi maxsus guruh rahbari Gregor Gizini sayladi (Bosh kotib lavozimi va siyosiy byuro bekor qilindi). Partiyaning o‘zi Demokratiya sotsializm partiyasi (DSP)ga aylantirildi.

1989 yil noyabridan boshlab GDRda mavjud partiyalarning o‘zgarib borishi va yangilarining shakllanish jarayoni ro‘y berayotgan edi. Yangi fuqarolik harakatlari ichida eng obro‘lilari “Yangi forum”, “Demokratik PRORO‘V”, “Yashil partiya”, “Demokratiya hozir”, “Tinchlik va inson huquqlari uchun tashabbus”. G‘arbiy Germaniyadagi GSDPning faol yordami bilan sotsial-demokratik partiya (SDP) tashkil qilingan edi. 1990 yil yanvarida o‘z dasturiy asoslariga ko‘ra Bovariyadagi XSIga juda yaqin bo‘lgan Nemis Sotsial Ittifoqi (NSI) ta’sis etilgan edi. Tez orada NSI va XSI o‘rtasida o‘ta mustahkam aloqalar o‘rnatildi, axir NSI asosan GDRning janubiy rayonlarida faoliyat ko‘rsatardi. G‘arbiy Germaniyadagi XDI esa, aksincha, o‘zining Sharqiy Germaniyadagi sherigi bilan yaqinlashishga shoshilmas edi. Faqatgina GDRdagi ilk erkin saylovlar arafasida G.Kol Sharqiy Germaniya xristian demokratlari rahbari Lotar de Mezyeni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashga botindi. EDP ham uzoq muddat o‘zining “tarixiy ittifoqchisi”-Germaniya liberal demokratik partiyasi bilan aloqa qilishdan bosh tortib turdi. Rahbariyati o‘zgarishiga qaramasdan ko‘pgina nemislar GLDPniilgarigi siyosiy yo‘l bilan rivojlanish uchun javobgarlardan biri deb hisoblashardi. GYASPning Demokratik blokka kiruvchi boshqa sheriklari - Milliy-demokratik partiya va dehqonlar demokratik partiyasi FRGga o‘z sheriklariga ega bo‘lishmadi va murakkab ahvolda qolishdi.

1990 yil 18 martdagi saylovlar arafasida GDRda siyosiy kuchlarning birlashuvi ro‘y berdi. 5 fevralda G. Kol taklifi bilan Sharqiy Germaniyadagi XDI, NSI va Demokratik PRORIV “Germaniya uchun Alyans”ga birlashishdi. Bu koalitsiya amalda GFR rahbariyati tomonidan rasman qo‘llab-quvvatlandi va ikkala Germaniyani birlashish bo‘yicha yanada radikal dastur bilan chiqdi. “Yangi forum”, “Demokratiya hozir”, va “Tinchlik va inson huquqlari uchun tashabbus” esa “Ittifoq-90”ga birlashishdi. “Erkin demokratik ittifoqi” blokini GLDP, “Germaniya forumi partiyasi” va GDRda paydo bo‘lgan EDP bo‘limlari tashkil etishdi. Sharqiy Germaniya ekologik, fashistik va nokommunistik so‘l guruhlar yagona ro‘yxatga tushish haqida kelishib olishdi.



Ikki nemis davlati integratsiyasi qo‘shilishning xalqaro jihatlari tartibga solinmasdan boshlangan edi. 1990 yilning may oyidayoq GDR va GFR hukumatlari tomonidan 1 iyulga kuchga kirgan ikki mamlakatning iqtisodiy, valyuta va ijtimoiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi. 22 avgustda GDR Xalq palatasi GFRning saylov huquqi asosida (besh foizlik cheklanish ham hisobga olingan holda) umumgermaniya saylovlari o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qildi. GDRNi GFR asosiy qonuni 23-moddasiga ko‘ra, bu qonun amal qilish doirasiga qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu esa GDRning davlatchiligi barham topishi va uning hududida G‘arbiy Germaniya qonunchiligi joriy etilganligini bildirardi. Bu voqea sanasi sifatida 1990 yil 3 oktabri belgilandi. 24 avgustda Bundestagga Xalq palatasining GDRni GFRga qo‘shish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi va umumgermaniya saylovlari 1990 yil 2 dekabrda belgilangan edi. Bu qarorlar 31 avgustda imzolangan va 1990 yil 3 oktabrda kuchga kirgan “Germaniyaning birlashishi to‘g‘risidagi Shartnomada” kiritilgan edi. 3 oktabrdan boshlab GDR dunyo xaritasidan yo‘qoldi. Oktabrning o‘rtalarida Sharqiy Germaniyadagi ma’muriy tizim G‘arbiy Germaniyadagi bilan birlashtirilgan edi: okruglarga bo‘lish o‘rniga oldingi beshta yerlarga bo‘lish tiklandi. Yerlardagi landtaglarga (mahalliy parlament) saylovlar 14 oktabrda bo‘lib o‘tdi. Brandenburgda sotsial-demokratlar, qolgan to‘rtta yer-xristian demokratlarning qo‘li baland keldi. 2 dekabrda butun Germaniya hududida Bundestag uchun saylovlar o‘tkazildi. Bu saylovlar hukmron koalitsiyaning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. XDI 36,7% ovoz va 268 mandat, XSI-7,1% ovoz va 51 mandat, EDP-11% ovoz va 79 mandatga ega bo‘lishdi. 33,5% ovoz va 23 mandatga ega bo‘lgan GSDP o‘z pozitsiyalarini ancha mustahkamlab oldi. DSPni atigi 2,4% saylovchilar qo‘llab-quvvatlashdi, ammo parlament tarkibiga bir mandatni okruglarda g‘alaba qozongan 17 ta deputati kirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday yo‘l bilan atigi 12% ovozga ega bo‘lgan “yashillar” ham 8 deputatdan iborat kichik fraksiyani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundestagning 20 dekabr 1990 yildagi Ta’sis majlisida kansler G.Kol rahbarligida birinchi umumgermaniya hukumati tuzildi. GDRning oxirgi rahbari L. de Madyer bu jarayonda allaqachon yo‘q edi, chunki 17 dekabrda uni qo‘yilgan GDR MXV (Milliy Xavfsizlik Vazirligi) bilan hamkorlik haqidagi ayblov tufayli o‘z vakolatlarini topshirishiga majbur bo‘lgan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.M.Lafasov.Jahon tarixi (1918-2008 yillar).Toshkent."Turon-Iqbol".2010.

2.Internet ma'lumotlari.

3.M.Abdurazzoqova.XX asr ikkinchi yarmi jahon tarixi."O'zbekiston milliy ensklopediyasi".Davlat ilmiy tashkiloti.Toshkent 2000.
Download 40,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish