K.V.Glyuk 1714-yil Chexiya chegarasi yaqinidagi Erasbaxda, o‘rmon xodimi oilasida tug‘iladi. Dastlab musiqa tarbiyasini u Pragada oladi. Bu yerda cherkov xorida kuylaydi. 0 ‘sha zamonda mashhur bo‘lgan, ajoyib polifoniya ustozi Boguslav Chemogorskiy rahbarligida general-bas bilan kontrapunktni o‘rganadi. Biroq, bu yillarda Glyuk kompozitorlik faoliyati bilan deyarli shug‘ullanmaydi.1736-yili u Venaga ko‘chib keladi. Avstriya poytaxtining hayoti Glyuk ijodining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda u Venada deyarli tanho hukmronlik qilib turgan italyan operasi bilan bevosita to‘qnash keladi (aytganday Venada Metastazio yashar va ishlar edi) bu yerda u turli ko‘rinishlardagi Avstriya musiqa madaniyatini (turmushiga oid qo‘shiqlardan tortib, kompozitorlik ijodigacha) va uning ko‘p millatli xususiyatlarini ham yaxshi bilib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |