CHo‘kindi hosil qiluvchi jarayonlar suvli muxitlarda: daryo, ko‘l va dengizlarda yuzaga keladi. Dengiz havzalarida shu jarayonlar hamma geologik davrlarda juda qalin cho‘kindi jins qatlamlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bular mexanik va kimyoviy cho‘kindilarga bo‘linadi.
Mexanik cho‘kindilar nurash mahsulotlarining yuvilib, kimyoviy barqaror minerallari bilan tog‘ jins parchalarining shag‘al, qum va qumli gillar shaklida daryo vodiylarida ham suv xavzalarida qayta yotkizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Mexanik cho‘kindilar to‘planishi jarayonlarida yangi minerallarning hosil bo‘lishi yuz bermaydi. Jins parchalarida bo‘lgan keyingi ayrim kimyoviy o‘zgarishlar ba’zan qadimiy sochilmalardagina kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |