Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
4. Xitoy 558 (5,99%) 5. Niderlandiya 445 (4,78%) 6. Kanada 378 (4,06%) 7. Noma’lum mamlakatlarda 332 (3,57%) 8. Angliya 322 (3,46%) 9. Rossiya 305 (3,28%) 10. Singapur 210 (2,26%) Bular bitnodesning 14 sentyabr 2017 yilgi ma’lumotlari edi. Rossiya davlat banki kriptovalyutalarni raqamli mahsulot deb tan olgan xolda uni ham soliqqa tortish kerakligini bildirdi. Ammo kriptovalyutalar oltin zahiralari bilan ta’minlanmaganligi tufayli, ularni ko’plab miqyosda chiqarish valyuta bozoriga parokandalik olib kelishi mumkin. Insonlar pul o’rniga kriptovalyutyalarni ommaviy ishlata boshlashsa, u asta-sekin pulnini o’rnini egallab olishi mumkin. Rossiyadagi va dunyoning bir qancha mamlakatlaridagi huquq-tartibot organlari ko’pchilik kriptovalyuta birjalariga internet orqali kirishni yopib qo’yayaptilar – ularning fikrlaricha, raqamli valyutalarning anonimlilik xususiyati tufayli “kriptovalyutalar narkotik moddalar, qurol-yaroq, qalbaki xujjatlar savdosida va boshqa turdagi noqonuniy jinoyat ishlarida qo’llanilishi mumkin”. Ya’ni, nazorat qilib bo’lmaydigan trahschegaraviy kriptooperatsiyalar terrorizmni moliyalashtirish uchun hizmat qiladi. Ammo, kriptovalyutalar to’liq anonym emasligi g’arb davlatlaridagi politsiya hizmatlari va maxsus hizmatlar amaliyotidan allaqachon ma’lum bo’lgan, chuni ular bitkoin-hamyonlar egalarini
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
mahsus dasturiy ta’minot yordamida bemalol aniqlay oladilar. Masalan, 2017 yil boshida Daniya politsiyasi internet orqali narkotik moddalar zakaz qilgan va unga bitkoinlar yordamida pul to’lagan shaxsni aniqladi. Uning qancha pulga narkotik moddalar zakaz qilganini aniqlagan xolda bu shaxsni sakkiz yilga qamoq jazosiga xukm qilindi (Berlingske nashriyotidan). Bu operatsiyani amalga oshirish uchun Chainanalysis deb nomlangan amerika kompaniyasining shu nomdagi analitik dasturidan foydalanildi. Ushbu dasturni Daniyalik Yan Moller ishlab chiqqanligi aniqlandi. Lekin bu huquq-tartibot organlari tomonidan bitkoin-hamyonning egasi aniqlangan (deanonimizatsiya) birinchi xodisa emas. Shuni ham ta’kidlash kerakki, bitkoin yaratuvchining kimligi xaligacha ma’lum emas, bu esa bundan eng avval kim foyda olgan va uning (yoki ularning) maqsadlari nima bo’lganini aniqlashga imkon bermaydi. Xuddi shuning uchun ham Chronopay kompaniyasining R&D-bo’limi boshlig’i Dmitriy Artimovich quyidagi fikrni bildiradi: “Bitkoin uni dollar yoki boshqa turdagi valyutaga almashtirish mumkin bo’lmagani qadar mavjud bo’ladi. Hech qanday mamlakat o’z moliyaviy tizimini qandaydir tushunarsiz valyuta ixtiyoriga berib qo’ymaydi. Chunki bitkoinning rivojlanishi bir qancha savollarni yuzaga keltiradi: Kim bu ishni moliyalasjtirgan? Kim birinchi marta kriptovalyuta almashtirish punktlarini tashkil qilgan? Kriptovalyutalar ko’proq kimning qiziqish va intilishlariga mos keladi? Kriptovalyutalar kimlarning maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qiladi? va xakazolar. Boshqa tomondan qaraganda, jahondagi ko’pchilik moliyaviy oqimlarni mahsus hizmatlar nazorat qilishga intiladilar. Shuning uchun ham kriptovalyutalar tizimi o’z-o’zidan paydo bo’lgan degan fikrga ishonish biroz qiyin. Balki uni g’arb mahsus hizmatlari tashkil qilib, uni qandaydir usulda nazorat qilish va boshqarish mexanizmini ham ishlab chiqqan bo’lsalar ajab emas”. Lekin CyberFund blokcheyn platformasini ishlab chiqqan dasturchi Valeriy Litvin bu borada boshqacha fikrni bildiradi: “Binkoinni mahsus hizmatlar ishlab chiqqan va uni bekdoor (tizimni izdan chiqarish imkoniyati) bilan ta’minlaganlar degan fikr dunyo miqyosidagi fitna nazariyasi kabi asosga ega emas, chunki blokcheyn loyihalarning bacha kodlari ochiq va ularni istalgan inson (yoki tashkilot) istalgan
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
paytda tekshirib audit qilishi mumkin. Undan tashqari, xuddi bitkoin singari boshqa turdagi kriptovalyutalar ham paydo bo’layapti va ular ham blokcheyn texnologiyasi asosida yaratilgan. Ular bitkoinga nibatan ancha katta bo’lgan anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin”. Ammo dunyodagi yirik va ko’zga ko’ringan moliyachilarning kriptovalyutalar bo’yicha turli-tuman munozaralariga qaramay, raqamli kriptovalyutalar borgan sari ko’proq jahon iqtisodiyotiga ta’sir qilayaptilar va ularga bo’lgan investitsiyalar miqdori kun sayin ortmoqda. Nima uchun kriptovalyutalar kursi juda tez o’zgaradi va unga egalik qilishda tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Moliyaviy ekspertlarning fikricha, kriptovalyutalarning ortida real iqtisodiyot, tovar va hizmatlar harakati, kapital harakati, to’lov qobiliyati pariteti kabilar turmaydi, xuddi shu tufayli ham kriptovalyutalar ularni boshqarish bo’yicha yangiliklar va shu kabi boshqacha stress faktorlarga juda ham sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa kriptovalyutalar allaqachon to’lov vositasi sifatida ishlatiladilar. Bu yo’nalishda umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar bozorining kelajakdagi xolatiga nazar solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda ko’tarilish va pasayishga tayyor bo’lgan investorlargagina bu bozorda o’ynash tavsiya etiladi. Quyida nima sababli, kriptovalyutalar kursi tez-tez va shiddatli tarzda o’zgarishining yana boshqa bir qancha sabablari keltiriladi:Bularning birinchisiga xuddi oddiy pullar va qimmatli qog’ozlar bozorida bo’lgani kabi “ruhiy” faktorlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, investorlarni kutish, talabning vaqtinchalik ko’payib ketishi, talab o’sishining sekinlashuvi, juda tez o’sishdan so’ng charchoqlik xolati kabilar. Kriptovalyutalar bozorining boshqa turdagi aktivlar bozoridan asosiy farqi - uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir. Mamlakatlar iqtisodiy hayotiga bitkoinlar kursining o’sishi yoki kamayishi xozircha ta’sir qilmaydi. Aksincha, dollar kursi tebranishi yoki neft narxi o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |