Кредитнинг функциялари ва тамойиллари



Download 99,6 Kb.
bet7/9
Sana24.06.2022
Hajmi99,6 Kb.
#699029
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Кредитнинг функциялари ва тамойиллари

Kredit qonunlarining zarurligi va ob’yektivligi.
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o‘zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli bo‘lmasligi mumkin.
Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug‘iladi. Shunga asosan kredit takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo‘shimcha resurslarga muhtojlik o‘z o‘zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham mavjud bo‘lishi kerak.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar bo‘lib faoliyat kursatuvchilar (ishlab chikaruvchilar) xisoblanadilar.
Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud bo‘lib ular:
- faoliyat ko‘rsatuvchilarning zaxira kapitallari xajmi bilan cheklanganligi, ya’ni unga xozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo‘lmagan kapital bilan cheklanganligi;
- yo‘nalishiga ko‘ra, uni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo‘lishi mumkin emas.
Tijorat kreditidan farkli ularoq bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat kursatadi, balki yanada kengrok muxitda faoliyat ko‘rsatadi.
Bank krediti - pul egalari, banklar va boshka kredit institutlari tomonida ishlab chikaruvchilarga, xamda boshka qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir.
Bank kreditining ob’yekti- pul kapitalidir.
Bank kreditida ishlab chikaruvchi shaxslar (faoliyat kursatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar bo‘lib esa ssuda kapitali egalari xisoblanadilar.
Bank krediti jamiyat barcha sinflarini pul daromadlari va jamg‘armalarini kapitalga aylantirib kapitalni jamg‘arilishiga sababchi bo‘ladi.
Tijorat krediti veksel bilan xujjatlashtiriladi. Tijorat kreditining foizi, tovarlar pagonasiga va veksel summasiga qo‘shiladi va u bank krediti foizidan past bo‘ladi. Bank kredit foizining maksadi ssudalar xisobiga daromad (foyda) olishdir.

Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mexnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi muammodir.


Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chikib, bush kolgan mabalglarning xarakatsiz turib kolishining oldin olinadi;
ikkinchidan, takror ishlab chiqarishki keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. Shu masala bo‘yicha bazi iktisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iktisodchilar tomonidan kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko‘prok etibor berilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Kredit munosabat bo‘lishi uchun:
birinchidan, kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustakil subekt bo‘lishi kerak Mustaqil subekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o‘za’ro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini xisobga olgan xolda mustakil xuquqiy sub’yekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak
ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar avvalambor, ob’yektiv jarayonlar, o‘za’ro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‘liq.
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish bo‘yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha qizikish tug‘ilgan taqdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga keladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘lik tomonlar manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va fazo jixatdan, shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. Shu bilan birga kreditning bu muxim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‘xshash boshqa aniq sharoitlar bo‘lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kredit jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi. U quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
• kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko‘rib chiqish;
• qarz oluvchining to‘lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan o‘rganib chiqilishi;
• kredit qo‘mitasining qarori;
• kredit bitimini rasmiylashtirish;
• kredit berilishi;
• ssuda va u bo‘yicha foiz tulashni bank tomonidan nazorat qilinishi.
Kredit asosan ishlab chiqarish, hizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa iqtisodiy munosaatlarni rag‘batlantiradi. Chunki kreditning iqtisodiy asosi faqat tomonlarni manfatiga xizmat qiladi. Shuning uchun kredit operatsiyalari nafaqat tomonlarni balki xam mikro ham makro darajadagi ahamiyati tomonlari ham beqiyos. Bu mamlakatning yalpi ichki maxsulotini o‘sishiga va nihoyat mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy o‘sishiga olib boradi. Mazkur o‘sishga kreditning ta’siri ahamiyatli xisoblanib, bunda uning xarakterli tomonlarini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Bu quyidagilardan iborat:
-kredit chetda turib qolgan bo‘sh pul mablag‘larini xarakatga keltiradi:
-kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy pul mablag‘lari bilan ta’minlaydi:
-kredit asosiy ishlab chiqarishni doimiy rag‘batlantirib boradi.
Kredit va uni to‘lash jarayoni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, kredit va qarz oluvchi o‘rtasidagi majburiyat va xuquqlarni belgilab beradi. Unda kreditning maqsadi va ob’yekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to‘lash muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko‘rsatiladi. Ssuda to‘lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit portfelida o‘z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o‘rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba’zi xollarda qayta moliyalashtirish va o‘z mablag‘lari xisobidan beriladigan kreditlar bugungi kunda tijorat banklari kredit portfelining ma’lum bir qismini muammoli kreditlar tashkil etadi. Ajratilgan kreditlar bo‘yicha extimoliy yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida, tijorat bankining kredit portfeli doimiy ravishda tasniflanib boradi. Kreditlarni o‘z navbatida 5 ta turga , ya’ni yaxshi, standart, substandart, shubxali va umidsiz kredit turlariga tasniflash mumkin. Shubxali va umidsiz kredit deb tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar deb qaraladi. Muammoli kreditlar tijorat banklari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Banklarning asosiy vazifasi, kredit berish o‘rniga kreditlarning o‘z muddatida qaytaruvchanligini ta’minlashdangina iborat bo‘lib qolmoqda. Chunki, muammoli kreditlar tijorat bankining foyda olib keladigan aktivlarini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida, bankning istiqbol rejasi ko‘rsatkichlariga erisha olmasligidan dalolat beradi.
Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar xukumatimizning chiqargan qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o‘z mablag‘lari xisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo‘lganda miliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasidi berilishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin ularning faoliyatida ko‘proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi ta’sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga yunaltirilgan bo‘lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog‘i xam yuqori bo‘ladi.
Ssuda kapitali kapital bozorida muxim o‘rin tutib milliy iktisodiyot extiyojlarini qondiradi.Ssuda kapitalining o‘ziga xos xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo‘lgan xarakatida va aksincha bo‘lgan jarayonida ko‘proq ko‘rinadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  1. Ssuda kapitali kapital sifatida - bu mulk uning egasi qarz oluvchiga kapitalini doimiy egalikka emas, balki vaqtincha foydalanish uchun beradi. Bu xolda kapitalga bo‘lgan egalik kapital xarakatidan ajraladi. Kapital korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil kilishning boshidan oxirigacha qatnashib, uning xajmi ortib borsada, belgilangan kapital miqdori oxir oqibatda o‘z egasi - kreditorga kaytib to‘lanishi lozim.

  2. Ssuda kapitalining o‘ziga xos xususiyati, uning tovar sifatida ekanligidir. Kreditor tomonidan pul mablag‘lari qarzdor korxonaga “sotiladi”, Korxonalar bu kapital xisobidan chiqarish vositalari va ish kuchini sotib oladilar. Ssuda kapitalining tovar sifatidagi iste’mol qiymati - qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida qarzdor oladigan foyda xisoblanadi. Ssuda kapitalining iste’mol kiymati oddiy tovarning iste’mol kiymatidan far qiladi. Ssuda kapitali bo‘yicha olingan foidaning bir kismi ssuda foizini tulash uchun ishlatiladi.

  3. Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabatning uzok davom kilishidir. Ssuda kapitalining kreditordan qarz oluvchiga o‘tish jarayoni davrlar bo‘yicha tarkatilgan to‘lov mexanizmining bosqichlarida ifodalanadi. Masalan, oddiy savdo sotik jarayonida sotilgan tovarning narxi shu zaxotiyok to‘lanadi. Kredit resurslari va ulardan foydalanganlik uchun to‘lovlar odatda ma’lum vaqt o‘tgandan keyin to‘lanadi.

4. Ssuda kapitali xarakatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali xarakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz oluvchi)o‘rtasidagi munosabat, yani kapital xarakati, pul (P-T) ko‘rinishida bo‘ladi.

1.Kreditning funksiyalari.
Xar kanday iktisodiy kategoriya uzining funksiyalariga ega bulgani kabi kredit xam uzining bir kator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iktisodiy tizimda kreditning urni va roli u ba­jarayetgan funksiyalari bilan aniklanadi. Kreditning funksiyasi - bu kreditning iktisodiyetda faoliyatining muayyan ravishda namoyon bu­lishidir.
Kreditni taxlil kilishda, uning funksiyasi moxiyati va roli urtasidagi iktisodiyet bugin sifatida kurib chikiladi.
Kreditning bu funksiyalari xakida olimlar urtasida yagona fikr yuk. Rossiyalik iktisodchi Lavrushinning fikricha, kreditning funksiyalarini taxlil kilishda ikkita yechilmagan muammo mavjud:
1) funksiyani tushunishning uslubiy asoslari
2) funksiyalarning tarkibi va strukturasi.
Kreditning tarkibiy kismidan kelib chikkan xolda unga ku­yidagi munosabatlar xosdir:
a) kreditorning qarz oluvchi va qarzga berayetgan kiymat bi­lan munosabati orkali;
b) qarz oluvchining kreditor va kaprzga beruvchi kiymat bi­lan munosabati orkali;
v) qarzga beriluvchi kiymat bilan kreditor va qarz oluvchi­ning munosabati orkali;
Kreditor va qarz oluvchi urtasidagi munosabat shunday anik­lanadiki, bunda kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif kila­di. Qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarz beriluvchi kiymat kreditor va qarz oluvchi urtasida aylanadi. Bu yerdan kreditning birinchi funksiyasit kelib chikadi.
1.1.Qarzga beriluvchi kiymatni vaktincha foydalanishga berish funksiyasi.
Kredit bu - pul mablaglari urtasidagi munosabatla­ridan kelib chikib kreditning xakikiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funksiyasi oldinga surilgan. Lekin bu funksiya xozirgi kunda iktisodiy munosabatlar saxnasidan chikib ketgan. Kreditning tashki muxit bilan alokasi uning ikkinchi funk­siyasini keltirib chikaradi.
1.2.Kayta taksimlash funksiyasi. Kredit kayta ishlab chikarish jarayenining barcha tarmoklariga ishlab chikarish taksimlash, muoma­la va iste’molga xizmat kursatadi.
Kayta ishlab chikarish jarayeni bilan kredit ishlab chikarish, taksimlash va iste’mol jarayenida kechadigan funksiyalardan farkli ularok kayta taksimlash funksiyasini bajaradi. Bozor iktisodiyeti sharoitida ssuda kapitali bozori vaktincha bush turgan moliyaviy resurslarni bir faoliyat javkasidan boshkasiga yunaltiruvchi na­tijada yukori foydani taminlovchi uziga xos vosita sifatida na­moyen buladi. Kayta taksimlash funksiyasi yerdamida korxonalar tashkilotlar davlat va shaxsiy sektorning bush pul mablaglari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaktincha foyda­lanishga muayan tulov asosida beriladi. Bu funksiya yerdamida ish­lab chikarishdagi proporsiyalar va pul xarakati boshkarib turila­di. Turli tarmokdagi darajasiga kura, kredit iktisodning sti­xiyali makro boshkaruvchisi sifatida namoyen buladi.
Ba’zi xollarda bu funksiyaning amalga oshirilishi bozor ti­zimida nomutanosiblikning chukurlashuvga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday xolat MDX mamlakatlarida bozor iktisodiyetiga utish boskichida namoyen bulmokda shuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan boshkarish muxim vazifalardan biri va buk iktisodiy ustinlikni okilona tasniflash va kredit resurslaridan u yeki bu tarmokka jalb kilishni ragbatlantirishdan iboratdir.
1.3.Muomala xarajatlarini tejash funksiyasi. Kredit vujudga kelish davridan boshlab xakikiy pullarni (oltin, kumush) kredit pullari - veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashinishini ta’minlab kelgan. Lekin, oltinning monetar rolining yukolishi tufayli kredit bu funksiyasi yerdamida nakd pulsiz xisob ki­toblarni rivojlantirib xisob kitoblarning tezligini va kam xa­rajatligini ta’minlamokda. Kapitalning muomalada bulish vakti­ni oshiradi va bu ishlab chikarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi.
Bu funksiyaning amalga oshishi kreditning iktisodiy moxiyati­dan kelib chikadi. Uning manbai sanoat va savdo kapitalining doiraviy aylanishi jarayonida vaktincha bushagan moliyaviy mablaglar xisoblanadi. Xujalik sub’yektlari pul mablaglarining kelib tu­shishi va ishlatilishi urtasidagi vakt buyicha fark fakatgina or­tikcha mablaglar xajmini emas, balki moliyaviy mablaglarning yetishmovchiligini xam aniklab beradi. Shuning uchun korxona va tashkilotlarning uz aylanma mablaglarining vaktinchalik yetishmovchiligini tuldirish uchun ssudalar olish keng tarkalib borgan.
1.4.Kapital tuplanishning jadallashuvi va konsentratsiyalashuvi funksiyasi.
Kapital tuplanishi jarayoni iktisodiy rivojlanishning barkarorlashuvi va xujalik yurituvchi xar bir sub’yektning uz maksadga erishishining muxim sharti xisoblanadi. Bu ishlab chikarishni ken­gaytirishga, shu bilan birga kushimcha foyda olishga qarz mablag­lardan foydalanish imkonini yaratadi. Shuni ta’kidlab utish zarur­ki, iktisodiy inkirozi davrida bu resurslarning kimmatliligi kupchilik xujalik faoliyati jabxalarida kapital tuplanishini ja­dallashtirish masalasini xal kilishda tuskinlik kiladi. shunga ka­ramasdan, kurib chikilayotgan funksiya xozirgi sharoitda rejali iktisodiyot davrida rivojlanmagan va mablaglar bilan ta’minlan­magan faoliyat jabxalarini moliyaviy mablaglar bilan ta’minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
1.5.Muomalaga tulov vositalarini chikarish funksiyasi.
Bu funksiyaning amalga oshish jarayonida kredit fakatgina to­var emas, balki pul muomalasining jadallashuviga, undan nakd pullarni sikib chikarib, tulovlar aylanishining tezlashuviga ijo­biy ta’sir kursatadi.Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, nakd pulli xisob-kitoblarni nakd pulsiz operatsiyalar bilan al­mashtiradi. Bu esa ichki va xalkaro bozordagi iktisodiy munosa­batlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani xal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining ke­rakli elementi sifatida muxim urin tutadi.
Fan texnika tarakkiyotining jadallashtiruvi xam kredit or­kali samarali amalga oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillar­da fan-texnika tarakkiyoti xar bir mamlakat yoki aloxida xujalik yurituvchi sub’yekt iktisodiy rivojining xal kiluvchi omiliga ay­langan. Kreditning fan texnika tarakkiyotini jadallashtirishdagi rolini fan-texnika bilan shugullanuvchi tashkilotlarining faoliyatini moliyalashtirish jarayoni orkali kuzatish mumkin. Ilmiy tadki­kot ishlarini olib boruvchi markazlarning normal ishlab turishini ta’minlash uchun xam, ular faoliyatini moliyalashtirishda kredit re­surslari ishlatilishi mumkin. Shuningdek, kredit innovatsion jara­yonlarda ishlab chikarishga ilmiy tadkikot natijalarini joriy ki­lish va ishlab chikarish texnologiyasini uzgartirish bilan boglik xarajatlarni moliyalashtirish jarayonlarini amalga oshirish uchun za­rur.
Albatta, korxonalarning mablaglari yetarli bulgan xolda bu turdagi xarajatlar dastlab korxonalarning uz mablaglari xiso­bidan moliyalashtiriladi, shuningdek, uz mablaglari yetarli bulma­gan sharoitda bankning maksadli urta va uzok mudddatli ssudala­ri xisobidan bu ish xam amalga oshirilishi mumkin.
2.Kreditning asosiy tamoyillari.
Kredit munosabatlari iktisodiyotda mavjud anik uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bulgan ssuda kapi­tali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib bori­ladi. Bu tamoyillar kredit rivojlanishining birinchi boskichida kuzga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalkaro kredit konunchiligida yakkol uz aksini topdi. Iktisodiy katego­riya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kredit­ning kaytib berishliligi, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maksadliligi va tulovlilik tamoyillaridir.

Download 99,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish