Bundan tashkari 2020-2021 o‘quv yilida kredit - modul tizimiga mamlakatdagi maxalliy OTMlarning taxminan 1/3 qismigina utishi rejalashtirilgan. Bunda maxalliy OTMlarning taxminan 2/3 qismi bu tizimga kelgusi yillarda utishlari rejalashtirilgan. Bu jarayonda ushbu ikki guruhdagi OTMlar o‘qituvchilari o‘quv yuklamalari 2 xil standarda ulchanishi ham bu OTMlar va ularning o‘qituvchilari urtasida tengsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kredit - modul tizimida professor-o‘qituvchilarning ish yuklamalari mavzusi ham chukurrok taxlillarni talab etadi va bu mavzuni ham kelajakka loyixalarimizni biri sifatida koldirishga karor kildik. Lekin bir narsa aniq: professor-o‘qituvchilarning ish yuklamalarini belgilovchi amaldagi tartib (Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining 20-2018-sonli buyrugi) OTMlarda ta’lim sifati yaxshilanishiga, OTM ilmiy saloxiyati kutarilishiga va o‘qituvchilar uz ustilarida etarlicha ishlashga xizmat qilmaydi. Aksincha ushbu qoidalarni o‘qibb turib mazkur tartib OTMlarda ta’lim sifati xali ham past xolatda kolayotganligiga, OTMlar ilmiy tadkikot kursatgichlari pastligiga asosiy sabablardan biri sifatida taxmin qilishimiz mumkin. Shuning uchun bu tartib imkon kadar tezrok kayta kurib chiqilishini tavsiya kilamiz.