Bog'liq Государственные образовательные стандарты в сфере образования 1
Xozirda Oliy va urta masus ta’lim vazirligi va OTMlarni nazorat qiladigan boshqa davlat muashsasalari kredit - modul tizimida OTMlar akademik erkinligini qanday tushunishadi? Kredit-modul tizimida Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi va ta’limni nazorat qilish muassaalari vakolat va vazifalari nimalardan iborat bo‘lishi kerak? Bu bo‘yicha uz OTMlari jaxon reytinglarida yuqori urinni egallagan davlatlar tajribasi qanday? OTMlarga akademik erkinlik bermasdan turib, ulardan "balandrok parvoz qilishni” talab qilish kay darajada to‘g‘ri? Vanixoyat OTMlarning uzlari akademik erkinlik deganda nimalarni tushunishadi? Hozirda OTMlar kredit - modul tizimga utish jarayonida oz bulsada kulga kiritgan akademik erkinliklariga kay darajada mas’uliyat bilan yondashmokda? Ular tomonidan tayyorlanayotgan yangi o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari xakikatda ham mutaxasislik talablari, mexnat bozori extiyojlari, talabalar kizikishlariga mos keladimi? Qisqacha aytganda kredit-modul tizimiga utayotgan OTMlar fakat akademik erkinlik afzalliklarini emas, balki uning mas’uliyatini ham xis kilmokdami?
Afsuski savollar kup. Ularning javoblari esa chukur va xar tomonlama taxlillarni talab etadi. Shuning uchun biz kredit - modul tizimida OTMlar akademik erkinligidek salmokli va muhim mavzuni taxlilini keyingi loyixalarimizdan biri sifatida koldirishga karor kildik.
Kredit-modul tizimida professor va o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari. Ta’lim olish va ta’lim berish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jarayonlardir. Uning bir tomonida talabalar tursa, ikkinchi tomonida o‘qituvchilar turadi. Ta’lim muassasasi ularni birlashtirib turuvchi, jarayonni tashkiliy, texnik va moliyaviy jixatdan ta’minlab turuvchi vosita xolos. Shunday ekan ta’lim jarayonini asosiy ishtrokchilari bu talabalar va o‘qituvchilardir. Kredit- modul tizimida talabalarning o‘qish yuklamasi ular jamgarib boradigan kreditlar birligi bilan ulchanadi. Shunday ekan, nega endi usha talabalarga ta’lim berayotgan shaxslarning ya’ni o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari ham kreditlarda ulchanmasligi kerak? Professor - o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini ham kreditlarda ulchash amaliyotini joriy etishga nimalar xalal berishi mumkin? Professor - o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini kreditlarda ulchash bu boradagi amaldagi tizimni ancha soddalashuviga ham xizmat qilishi mumkin. Bu amaliyot AQSH tajribasida o‘z isbotini topgan, u Qozog ‘iston universitetlari amaliyotida ham joriy etilmoqda.