Ishontirish hamkorlikda ta‟sir ko„rsatishda maksimum ta‟sirli bo„lishi
uchun quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak:
Ishonch odamlarning dil rishtalarini bog‗lovchi katta kuch. Buning uchun
odam boshqalarga ishonmog‗i, ixlos qilmog‗i kerak. Halollik, adolat sof vijdonlilik,
poklik, so‗z va ish birligi ishonchning mezonlaridir. Ikkiyuzlamachilarga,
firibgarlarga, munofiqlarga hеch kim ishonmaydi. Insonda ishonch uchta tarkibiy
qismdan tarkib topadi: bilim - hissiyot - xulq-atvor. Ishonch quyidagi formula:
tushunish - kechinmalar - o‗ziga qabul qilish - bajarish (o‗z faoliyati va atrofidagilar
tajribasi) asosida amalga oshiriladi.
Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki
o‗zgaradi. Iishontirish shakllari quyidagilar: munozara, bahs, suhbat, hikoya qilish va
namuna. Ishontirish metodi, fikr, hissiyot va iroda bir butun holda muvofiqlashganda
ta‘sirli bo‗ladi. Ishontirishning samarasi o‗qituvchining so‗z va ish harakat birligiga
ham bog‗liq.
Ko„p yillardan beri ta‟lim sohasidagi ilmiy izlanuvchilar shu narsa ustida
izlanishlar olib borishganki, oliy ta‟lim samarali bo„lishi uchun oily ta‟lim aniq
sohaga yo„naltirilgan holatda o„qitilishi kerak.
10
10
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by]
Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 215.
- ishontirish mazmuni, shakli o‗quvcnining rivojlanish darajasiga mos
bo‗lishi (kichik o‗quvchilarda ertak, fantastik hikoyalar va boshqa);
- ishontirishda o‗quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish;
- ishontirish umumlashgan, konkret asoslarga, misollarga, boshlang‘ich
sinflarda ovozli materiallarga tayanishi;
- ishontirishda o‗qituvchi o‗zi xabar qilayotgan narsaga o‗zi chuqur
ishonishi va h.k.
Ishontirishning o‗zaro hamkorlikdagi ta‘sir ko‗rsatish samarasi quyidagi
shartlarda yuz beradi:
- o‗zaro hamkorlikda ta‘sirning kuchi ishontiruvchining obro‗siga va
voqеaning mazmuniga bog‘liq (o‗quvchi o‗qituvchiga qanchalik ijobiy
munosabatda bo‗lsa, shunchalik unga tez ishonadi);
- ishontirishda o‗quvchining individual ruhiy holatini hisobga olish;
- ishontirishda ishontiruvchining intellektual hissiy holati bilan
ishonuvchining holati mos bo‗lishi kerak. Masalan, o‗quvchi haddan tashqari
hayajonlanganda noxush his-tuyg‘ular unda hukmronlik qilganda uning
xulqidagi kamchiliklarni ko‗rsatish orqali ta‘sir ko‗rsatish samara bermaydi
54
Ta‘lim va tarbiyada o‗qituvchining ishontirishi haqida Ibn Sinoning quyidagi
ibratli so‗zlari qimmatlidir: ―Har bir so‗z harakat va mimika bilan tasdiqlanishi,
o‗quvchilarda hissiyot uyg‗otadigan bo‗lishi zarur‖. Pedagogik ta‘sir ko‗rsatishda
ishontirish metodi bilan bir qatorda ta‘sir ko‗rsatish metodi ham qo‗llaniladi. Uzoq
yillar pedagogik jarayonda ta‘sir etish tan olinmas edi. Biz xohlasak, xohlamasak
ta‘sir ko‗rsatish elementlari hayotda o‗zaro hamkorlikda muhum rol o‗ynaydi. So‗z
yordamida biz o‗quvchilarda ziyraklik yoki qo‗rquvni, o‗ziga ishonch yoki
ishonchsizlikni, zerikish, ishonch yoki shubha singarilarni hosil qilamiz.
O‗quvchilarga ta‘sir qilish so‗zning fandagi ma‘nosiga qarab emаs, so‗z va
nutq intonatsiyasi, aniqligini ifodalovchi hamda bularni mustahkamlovchi imo-
ishoralar – yuz, qo‗l harakatlari bilan bevosita hissiyotga ta‘sir etаdi. Bu haqda
Makarenko: ―... Yuz harakatlarini yaxshi egаllamagan, o‗z yuzida zarur ma‘nolarni
bera bilmaydigan yoki o‗z kayfiyatini ushlab turolmaydigan kishi yaxshi tarbiyachi
bo‗lishi mumkin emаs‖, - deb o‗rinli ta‘kidlagan. Suxomlinskiyning so‗zning ta‘siri
haqida: O‗qituvchining so‗zi - tarbiyalanuvchining qalbiga ta‘sir o‗tkazadigan yagona
so‗z. Tarbiyachilik san‘ati avvalo, gapirish, inson yuragiga murojaat qila olish
san‘atidir. Men shunga astoydil ishonamanki, ko‗pincha katta janjal bilan tugaydigan,
ta‘lim muassasasida tez-tez sodir bo‗lib turadigan mojarolar – o‗qituvchilarning
o‗quvchilar bilan gaplashishni bilmasliklari oqibatidir‖, - dеgаn fikrlari qimmatlidir.
Pedagogik ta‘sirning samarali bo‗lishi shartlaridan biri quyidagilardir: o‗quv
materialining mazmuni: ta‘sir ko‗rsatishda o‗qituvchining bunga bo‗lgan munosabati;
ta‘sirning o‗quvchi yosh va individual sifatlariga va ta‘sir ko‗rsatishdagi holatiga
bog‗liqligi; o‗qituvchining ta‘sir ko‗rsatish texnikasiga, ta‘sir ko‗rsatishning
asoslangan sifatiga va amalda qo‗llash uchun yaratilgan sharoitga va boshqalarga
bog‗liq (31-rasm).
31-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |