Kredit-iqtisod



Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/585
Sana03.01.2022
Hajmi8,74 Mb.
#315939
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   585
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Maqollar

  odamlarning  hayoti  va  turmushi  jarayonida  to‗plagan  tajribalari, 

dunyoqarashi,  o‗zi  yashab  turgan  ijtimoiy  hayotga  bo‗lgan  munosabati,  o‗tmish 

hayoti va uning ibratli saboqlari, shaxsning ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi 

hamda tarbiyalanuvchi tarbiyasida axloq va odobiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishga qodir. 

Maqollarning  o‗ziga  xos  xususiyati  shundaki,  ularda  asosan  ikkinchi  shaxs  - 

tinglovchiga nisbatan o‗git-nasihatlar yo‗sinida badiiy o‗xshatishlar orqali aytiladi. 

 

YAxshi bola yog‗ keltirar, 



YOmon bola dog‗ keltirar. 

So‗z kishining o‗zagi, 

Odob kishining bezagi. 

 

Oltin olma, duo ol. 



Onangga boshingni ham qil, 

Otangga gapingni kam qil. 




243 

Har bir maqolda hamisha «Ta‘lim ulushi» - ibrat mavjud: maqol ma‘nosi ibrat 

tarzidagi  aniq  ramzi  tushuniladi,  ibrat hayotning turli ko‗rinishlarini umumlashtirib, 

tugal  jumla  holiga  kelgan  bo‗ladi.  Maqollar  mehnatkashlarning  ko‗plab  ma‘naviy 

ehtiyojini  qondiradi,  ular  aqliy  bilim,  ishlab  chiqarish  bilan  bog‗liq  bo‗lishi, 

odamiylik,  axloqiy  fazilatlar  va  hokazolarni  anglatishi  mumkin.  Maqollar  xalqning 

jonli ovozidir, xalq bugungi zarur va ertaga asqotadigan narsani xotirasida saqlaydi. 

Maqolda  o‗tmish  to‗g‗risida  gap  ketsa,  u  hozir  va  kelajak  nuqtai  nazaridan 

baholanadi, hikmatlarda aks etgan o‗tmishning xalq orzu-niyatlari, ezgu maqsadlariga 

qay darajada muvofiqligiga bog‗liq ravishda qoralanadi yoki  ma‘qullanadi. 

Maqol  xalq  ijodi  bo‗lib,  unda  jamoatchilik  fikri  o‗z  ifodasini  topadi.  Unda 

xalqning  hayotga  bergan  bahosi,  xalq  zakovatining  kuzatishlari  jo  etilgan.  YAkka 

shaxs yaratgan yaxshi hikmat, agar u ko‗pchilikning fikrini ifoda eta olmasa, maqol 

bo‗la olmaydi. Juda bo‗lmaganda, umumxalq fikri va yakka shaxs fikri bir vaqtning 

o‗zida  yonma-yon  qolishi  mumkin,  xolos.  Xalq  maqollari  eslab  qolish  uchun  juda 

qulay shaklga ega. Maqollar xotiraga mahkam o‗rnashadi. So‗z o‗yinlari, so‗zlarning 

turlicha  jarangi,  qofiyadoshligi,  ohangdorligi  goho  shu  qadar  jozibaliki,  natijada, 

kishi uni oson esda saqlab qoladi. Ayni holda u donolikni, tarbiya va uning hosilasi – 

xulqni ifoda etuvchi bilish faoliyati tajribasini asrash va targ‗ib qilish vazifasini ado 

etadi. Maqollarning eng keng tarqalgan shakli o‗gitdir (130-rasm). 

130-rasm 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Maqolning  asl  maqsadi  tarbiyadir,  ular  qadim  zamonlardan  buyon  ta‘lim 



vositasi  bo‗lib  xizmat  qilib  kelmoqda.  Bir  tomondan,  ular  ta‘lim  g‗oyasidan  iborat, 

ikkinchi  tomondan,  tarbiyaviy  ta‘sir  ko‗rsatib,  ta‘lim  vazifasini  bajaradi.  Xalq 

tasavvurlariga  mos  kelib,  tarbiya  ta‘sirining  vositalari,  uslublari  to‗g‗risida  hikoya 

qiladi,  shaxsning  ijobiy  yoki  salbiy  jihatlarini  baholaydi,  shaxsning  shakllanish 

maqsadlarini  u  yoki  bu  tarzda  aniqlab,  tarbiyalashga  chorlaydi,  o‗zlarining 

tarbiyachidek qutlug‗ vazifalarini mensimaydigan katta yoshdagi odamlarni qoralaydi 

va h.k. 

Maqollarda  bolalarning  tug‗ilishi,  ularning  xalq  hayotidagi  o‗rni,  tarbiya 

maqsadlari,  vositalari  va  uslublariga  rag‗batlantirish  va  jazolash,  o‗qish  mazmuni, 

mehnat  va  axloq  tarbiyasiga,  bolalarning  ota-onalar  fe‘l-atvori  va  fazilatlarni  meros 




Download 8,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish