209
Chunki, bu do‗stlik Alpomish bilan Qorajon o‗rtasidagi samimiyat, adolat
g‗alabasi uchun kurash qo‗lidagi yagona maqsad bilan mustahkam bog‗langan
do‗stlikdir. Alisher Navoiy do‗stlik, rostgo‗uylik, o‗rtoqlik madhini baralla kuylagan
va shu g‗oyani rivojlantirishga hissa qo‗shgan. U Farhod bilan Shopur, Majnun bilan
Navfal, Shirin bilan Mehinbonu obrazlarini yaratib, ana shu obrazlar timsolida kishi
kishiga do‗st, birodar bo‗lishi haqidagi azaliy orzularini madh etgan. Inson va uning
qadr-qimmati Navoiy ijodida markaziy o‗rinni egallaydi. Navoiyning fikricha, xalqni
o‗ylagan kishigina haqiqiy insondir. Shuning uchun ham shoirning:
- degan bayti xalq hikmatiga aylanib ketgan.
Navoiy insonlarni milliy, irqiy va diniy e‘tiqodlaridan qat‘i nazar, bir-birlari
bilan inoq yashashga da‘vat etadi.
Navoiy do‗stlikni ulug‗laydi. Shu bilan birga, soxta g‗araz bilan do‗st
bo‗luvchi kishilarni qoralaydi. Haqiqiy do‗st kishining og‗ir, alamli-dardli kunlarida
hamdam bo‗ladi. Do‗stlikning eng muhim va asosiy sharti vafodir,- deydi shoir. -
Vafo - xalqqa, davlatga, do‗st-yorlarga har qanday qiyinchiliklardan qo‗rqmay,
sadoqat bilan xizmat etish va yordam berish demakdir. Vafodorlik insonni, do‗stlarni
sevish, hurmat qilish demakdir:
Hukmron doiralardan vafosizlik va hayosizlik ko‗rgan Navoiy kishilarning
vafodor bo‗lishi zarurligi haqida juda ko‗p fikrlarni aytadi. U, avvalo, bu xislatga o‗zi
amal qiladi va barcha asarlarida bunga da‘vat etadi.
«Boburnoma»da ham do‗stlashish, uni e‘zozlash haqida yoshlarga ibrat bo‗larli
nasihatlar jamlangan. Chunonchi, do‗stga hamisha e‘tiborli bo‗lish, ziyoratga borish,
yaxshi-yomon kunida hamdardlik qilish, do‗sti ko‗p kishining ayblari sir tutilishi,
fazilatlari ko‗payishi, yangi do‗st topganda eskisidan yuz o‗girmaslik va boshqalar
uqtiriladi.
Bir kuni Iskandardan so„rabdilar:
«Buncha oz sarmoya bilan bu miqdor ko‗p mulkni qanday xislat bilan qo‗lga
kirgizding?»
Iskandar javob qildi:
«Dushman birlan iltifotli muomala qilish, o‗zaro kelishuvchi hamda do‗stlarga
sadoqatli bo‗lish ila shuncha mamlakatni qo‗lga oldim, yana bilginki, do‗stlarning
do‗stlari ham do‗stlaringdir. Agar do‗sting sening dushmaningni sevsa, bunday
do‗stdan ehtiyot bo‗l, bunday do‗st dushman tarafidan senga yomonlik qilishdan ham
andisha qilmagay. Sening do‗stingga dushman bo‗lg‗on do‗stdan parhez etgil-
muruvvatsiz, fazilatsiz kishini do‗st tutmagilki, bunday kishining hosiyati bo‗lmas va
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‗q xalq g‗amidin g‗ami
«Yorki, bora anda vafo yor bil,
Umr degan yori vafodor bil».
210
ularni osh-non do‗stlari toifasidan bilg‗il, or va nomus do‗sti emasdurlar. Yaxshilarga
ko‗ngil bila va yomonlarga til bila do‗stlik qilg‗il,
toki ikki toifaning hamustligi senga
nisbatan hosil bo‗lsun, nedinkim, kishining hojati tanho do‗stiga tushmag‗usidir.
Do‗stlikka loyiq odamni ikki narsa bila bilsa bo‗lur: biri ulki, do‗stiga
tangdastlik yetishg‗on vaqtda qudrati yetguncha molin do‗stidan darig‗ qilmas va
qashshoqlik vaqtida undin yuz o‗girmas; yana biri ulki, do‗sti bu jahonda o‗tg‗ondan
so‗ng ul do‗stining farzandlarini, qarindoshlari va do‗stlarini yo‗qlab, ularga
yaxshilik ko‗rgizg‗ay. Goh-goh ul do‗stnning mazori ziyoratiga borg‗ay va xasrat
chekib, duolar qilg‗ay.
Do'stlaringiz bilan baham: