Fors-tojik adabiyotining mumtoz namoyandasi Abdu-Rahmon Jomiyning
fikricha, kishi muayyan hayot kechirib, tarbiyalanar ekan, demak, boshqa odamlar
bilan aloqasiz yashay olmaydi. Har bir kishining do‗stsiz, o‗zgalarning yordamisiz
kamolotga erishishi juda qiyin (115-rasm).
115-rasm
Jomiy haqiqiy do‗st do‗stlikning hamma qonun-qoidalariga rioya qilishi,
do‗stiga har qanday yo‗l bilan yordam ko‗rsatishga intilishi, agar zarur bo‗lsa, hatto
jonini berishi kerakligini ta‘kidlaydi. Bunday do‗stlikning namunalari o‗zbek xalq;
og‗zaki ijodi qo‗lyozma adabiyotida ham ardoqlanib, og‗izdan-og‗izga kuchib,
ulug‗lanib kelinadi. Masalan, o‗zbek xalq doston «Alpomish» da uning yetakchi
obrazlari Alpomish va Qorajon o‗rtasidagi do‗stlik tufayli asar voqealaridagi
ziddiyatlar yaxshilik zva nitelydasnga hal bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |