Ta‟lim-tarbiya jarayoni samaradorligining eng muhim sharoitlaridan biri
–
bu jarayonning o‗quvchi-talabalar muomalasi uchun ma‘lum darajada imkon
yaratib berishdir.
Ta‘lim muassasasidagi ta‘lim-tarbiya ishining butun mazmuni amalda
o‗quvchi-talabalar muomalasi mazmunining asosi hisoblanadi. Biroq o‗qituvchi-
pedagoglar har bir o‗quvchi-talabani o‗z subyektiv vaziyatiga qo‗yish uchun ta‘lim-
tarbiya jarayonini tashkil etganlaridagina bu imkoniyatni faollashtirish sodir bo‗ladi.
Bir qator shart-sharoitlar mavjud bo‗lganda, o‗quvchi-talaba jamoa faoliyatining
subyektiga aylanadi. Bu shart-sharoitlarning eng muhimlariga to‗xtalib o‗tamiz.
Birinchidan, jamoaning faoliyati o‗z mazmuniga ko‗ra xilma-xil bo‗lsa,
ikkinchidan, bu faoliyatni o‗qituvchi-pedagoglar boshqarib borishi lozim.
Uchinchidan, o‗quvchi-talabalar jamoasida tashkil etiladigan faoliyat, ularning
ijodkorligiga katta imkoniyatlar yaratib bersa, to‗rtinchidan, bu faoliyat o‗quvchi-
talabalar jamoasini uyushtrishining xilma-xil shakllarini birga qo‗shib olib borishi
lozim.
O‗quvchi-talabalarning jamoa topshiriqlarini bajarishlari boshqa shaxslar
–
yuqori sinf o‗quvchilari yoki yuqori kursdagi talabalar o‗z jinsidagi va boshqa
jinsdagi tengdoshlari bilan aniq maqsadga qaratilgan muomalasini taqozo etadi.
Katta yoshdagi o‗smir jamoat topshirig‗ini bajarar ekan, ko‗pincha faoliyatning
tashkilotchisi maqeida bo‗ladi. Uning oldida birgalikda bajariladigan ishga
o‗rtoqlarini jalb etish zarurati bo‗ladi. Xilma-xil pedagogik vazifalar doimo vujudga
kelib turadigan pedagogik faoliyatda hal qilishning mazkur tarkibiy qismi alohida
67
ahamiyat kasb etadi. Chunki u biror faktga pedagogik faoliyatning umumiy
materiallariga baho berish imkonini beradi. Tasavvur qiling: siz darsda savol
berdingiz va o‗quvchi-talabalar javob berish uchun qo‗l ko‗tardilar. Endi kimdandir
savolning javobini so‗rash kerak. Bu jarayon, ancha oddiy bo‗lib tuyuladi. Ko‗pdan
beri kimdandir so‗ramagan bo‗lsangiz, shuni turg‗azaman deb o‗ylaysiz yoki vaqt oz,
Jamshiddan yoki Anvardan so‗rayman, ularning ikkalasi ham har gal to‗g‗ri javob
beradi deysiz.
Tarbiyaviy jarayonni yoki alohida tarbiyalovchi ta‘sirni rejalashtirish faqat
pedagogik ta‘sir ko‗rsatishning shakllari, usullari va yo‗llarini aniqlashdangina iborat
bo‗lmay, balki pedagogik muomala tizimini, albatta, aniqlashni ham bildiradi.
Aniq maqsadli vazifa va tarbiya usulini tanlash vazifasi bo‗lgan umumiy
pedagogik vazifani hal qilib bo‗lgandan keyin ulardan bevosita o‗zaro aloqani tashkil
etish uchun vosita bo‗lgan fikr almashishga doir vazifani vujudga keltirish zarur.
O‗zaro fikr almashishga doir vazifa muammoli aloqa vaziyatidan iborat bo‗lib, uni
hal qilish tarbiya usullarini pedagogik muomala tizimi orqali amalga oshirish uchun
zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |