65
kerakli sezgilarni uyg‗otib, istalgan fikr va mulohazalarni yuzaga keltiradi.
3. Pedagogik muomala madaniyati
Hozirgi kunda yosh avlodning aql-idrokini o‗stirish, ilmu ma‘rifat ziyosidan
bahramand qilish uchun o‗qituvchi-pedagogning bilim saviyasi, kasbiy mahorati va
muomala madaniyat yuksak bo‗lishi hayotiy ehtiyojdir.
Ayniqsa,
pedagog-ustoz
bo‗lish
uchun
pedagogik
faoliyatda
tarbiyalanuvchilarga pedagogik tashxis qo‗ya bilish qobiliyati muhim rol o‗ynaydi.
Ta‘lim-tarbiyani aniq maqsadlar asosida amalga oshirish, o‗quvchi-talabalarning
holati, aqliy va jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash hamda ularga amaliy
jihatdan ko‗mak berish kabi bir qator pedagogik talablarga rioya qilishni taqozo etadi.
Tashxis har bir o‗quvchi-talabaning ichki va tashqi qiyofasini aniqlash, ta‘lim-
tarbiyaning zamon talablariga mosligini e‘tiborga olish o‗quvchi-talabalarning har
tomonlama rivojlanishiga ta‘lim-tarbiya metodlari samarasini belgilab olish,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va o‗quvchi-talaba
shaxsi qobiliyatining rivojlanish darajasini, me‘yorlarini aniqlash imkonini beradi.
O‗qituvchi-pedagog jamoa o‗quvchi-talabalar guruhlari bilan gaplasha olishi kerak. U
darsni samarali olib borish uchun gapirishni bilishi, suhbat, ma‘ruza, hikoya qilish
kabi usullardan foydalanishi, umuman, butun ta‘lim-tarbiya jarayonida o‗quvchi-
talabalar bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗ya olishi lozim. O‗quvchi–talabalar jamoasi
bilan muomala ko‗pincha suhbat, ma‘ruza, axborot va hokazolar shaklida bo‗ladi.
Birinchi navbatda, suhbatni qanday boshlash, qanday qilib o‗qituvchining gaplariga
o‗quvchi-talabalarning diqqatini tortish, ularni qiziqtirish mumkinligi haqida
quyidagi fikrlarni bildiramiz.
Eng muhim so‗zlar va iboralarni intonatsiya bilan ajratib ko‗rsatish va
aksincha, intonatsiyani o‗zgartirish, unchalik muhim bo‗lmagan materialni bayon
qilish kerak, ovoz va nutq ohangini o‗zgartirish foydalidir.
Hamkorlik muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun o‗qituvchi-pedagog ma‘lum yo‗l-
yo‗riqlarga ega bo‗lishi, o‗quvchi-talabalar bilan hamkorlikni muayyan natijaga
erishishning zarur sharti deb bilishi, hamkorlikka barcha o‗quvchi-talabalarning jalb
etilishi, hamkorlik jarayoniga o‗zining hissiy jalb qilinganligi zarur ekanligini anglab
etishi lozim.
Mavzuga
o‗quvchi-talabalar
diqqatini
tortishga urinib ko‗rish lozim. Bunda mavzuni
bayon etishni erkin, qiziqarli faktni ma‘lum
qilishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Keyin uni tushuntirish va tahlil qilish esa
muomalaning mazmunini tashkil etadi. Suhbat
o‗quvchi-talabalarda doimiy qiziqish uyg‗otishi
uchun bir qator murakkab bo‗lmagan usullardan
foydalanish zarur.
O‗quvchi-talabalarning faoliyati jamoa faoliyati sifatida tashkil etilsagina
o‗qituvchi-pedagogning o‗quvchi-talabalar bilan hamkorligi paydo bo‗ladi, ya‘ni
hamkorlik qilishni talab etadi va buning uchun shart-sharoit yaratadi.
66
Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‗lgan ishlar
dolzarb yoki o‗quvchi-talabalarning xususiyatlariga mos bo‗lishi lozim. O‗quvchi-
talabalarni biror faoliyat sohasiga, biror aniq ishga jalb etar ekan, o‗qituvchi -
pedagog ularga psixologik va pedagogik jihatdan to‗g‗ri vazifa qo‗yishi, ya‘ni to‗g‗ri
yo‗l-yo‗riq berishi kerak.
O‗quvchi-talabalar belgilangan vazifani amalga oshirishga kirishganlarida
o‗qituvchi-pedagog ayni bir vaqtning o‗zida ham ishtirokchi, ham kuzatuvchi, ham
maslahatchi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: