O„quvchilar jamoasini shakllantirish
Ular o‗quvchilarga ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni
o‗zaro taqsimlab chiqish imkonini beradi, qatnashchilar o‗rtasida aloqa ta‘sirining
paydo bo‗lishiga olib keladi. Misol tariqasida o‗quvchilarning bilish faoliyatini
tashkil etishning jamoa shakllaridan biri-bilimlarning ijtimoiy ko‗rigini qarab
chiqamiz. U biror fan bo‗yicha o‗tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan
ikkita jamoa ishtirok etishi mumkin. Ko‗rikning dasturi ishlarning har-xil turlaridan
(yozma, og‗zaki, grafik masalalar yechish, topshiriq uchun topshiriqlarni bajarish va
shu kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda, 40-60 daqiqadan
oshmaydi. Ko‗rik oxirida hay‘at a‘zolari har bir qatnashchiga va umuman jamoadagi
o‗rtacha bahoni e‘lon qiladi. Bu o‗rinda bilish faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan
muomala ko‗rikka hozirlik ko‗rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o‗tkazish jarayonida
juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko‗rikka doir dastlabki topshiriqlar
jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni taqsimlashpi yoki
guruh bo‗lib ishlashni talab qiladi. Ko‗rik jarayonida muomala uning hamma
qatnashchilari o‗rtasida sodir bo‗ladi, chunki ulardan har biri muayyan vazifaga ega
bo‗lib, o‗z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan muvofiqlashtirgandagina, vazifani
muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jamoaviy muomalani tashkil etishning samarali
shakllaridan biri guruhiy ishdir, bunda mazkur ish bolalarning tarkib jihatidan uncha
katta bo‗lmagan (eng ko‗pi bilan 5 kishi bo‗lishi kerak) guruhlarida amalga
oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda barcha a‘zolar bir-birlari bilan bevosita
muomalada bo‗ladilar va bir-birlariga bevosita biror ta‘sir ko‗rsatadilar.
O‗quvchilar guruhida muomalaning o‗ziga xos xususiyatini o‗rganish uning
guruhlarini o‗quvchilar muomalasini tashkil etishning samarali shakliga
aylantiradigan xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Umumiy tarzda ular
quyidagicha tasvirlanishi kerak: guruhi ish jarayonida o‗quvchilarning muomalasi
O‗quvchilar jamoasini shakllantirish jarayonini past darajadan yuqori
darajaga boradigan vaqt davomidagi harakat, ijtimoiy talablar avval shaxsan
sinf rahbaridan, o‗qituvchidan faqat yakka bolalar, keyinchalik ko‗pchilik
bolalar idrok etadigan va nihoyat, barcha uchun va har bir bola uchun hayot
qonuni bo‗lib qoladigan tarzda jo‗n tushunib bo‗lmaydi. Hatto uyushgan
jamoada ham jamoatchilik xususiyatlari zaif rivojlangan ayrim o‗quvchilar
bo‗ladi. Sinf rahbari jamoa va har bir alohida o‗quvchining tarbiyasi uchun
mas‘uldir. Shuning uchun uning jamoa tarzidagi va yakka tartibdagi shakllarini
qo‗shib olib borishi tarbiyaviy ishdagi o‗ziga xos xususiyatlardan biridir.
Jamoaning shaxsga nisbatan yuksak talabchanligi kuzatiladi.
203
juda samarali bo‗ladi. Bunga sabab shuki, birinchidan, guruh muayyan topshiriq,
ya‘ni o‗ziga xos yo‗l-yo‗riq oladi. U guruh a‘zolari uchun maqbul bo‗lgan
maqsadlarni ma‘lum qiladi, lekin bungacha bu maqsadlarni uning o‗zi ilgari
surmagan bo‗ladi. Yo‗l-yo‗riq, muammo, masala topishmoqni o‗z ichiga oladi. Bu
hol jamoa a‘zolarida taxminiy-tadqiqodchilik javobini va ish maqsadiga intilishni
vujudga keltiradi. Jamoadagi muomala munozara tusiga ega bo‗ladi, bu hol
qatnashchilardan ilgari surilgan qoidalarni isbotlashni talab qiladi, jamoaga
muammoni noto‗g‗ri hal etishga intilishga tezda javob qilish, bir-birini tuzatish va
to‗ldirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |