Jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasi
Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli –
o‗quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida, ta‘lim muassasasida, ta‘lim
muassasasidan tashqarida o‗zaro faol hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan
iboratdir. O‗qituvchi jamoaning kuchli va zaif tamoyillarini aniqlash uchun
pedagogik vaziyatlar vujudga keltirishni qo‗llaydi. Lekin bunda shuni esda tutish
kerakki, o‗quvchi kamchiliklarini hamma o‗rtasida yorqin namoyish qilish uni
ma‘naviy halok etishi, qalbini jarohatlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |