41
PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni
baholashda topshiriqlarning
taqsimlanishi 3-jadvalda aks etgan.
3 -jadval
TOPSHIRIQLARNING MAVZUVIY MAZMUN SOHASI
VA DOMEN BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
Mavzuviy mazmun sohasi
Domen
Topshiriqlar foizda
Kreativ ifodalash
Yozma ifoda
25 %
Vizual ifoda
25 %
Bilim yaratish va
muammoni hal qilish
Ijtimoiy muammoni
hal qilish
25 %
Ilmiy muammoni
hal qilish
25 %
JAVOB SHAKLLARI
104.
Ushbu doirada belgilangan kreativ fikrlash jihatlarini baholashda
foydalangan birliklar javoblarning quyidagi turfa turlaridan iborat:
– Ochiq test topshiriqlari: bular, odatda, bir necha soʻzdan (masalan,
rasm yoki ilmiy gipotezaga sarlavha) qis qa matngacha (hikoyani oʻziga
xos tarzda yakunlash yoki dizayn gʻoya sini tushuntirib berish) boʻlgan
yozma javobni taqozo etadi. Baʼzi ochiq test topshiriqlari vizual javobni
(masalan, plakat chizish yoki berilgan shakllarni qoʻshish kabi) talab
etadi.
– Interaktiv simulatsiyaga asoslangan topshiriqlar:
ushbu vazifalar
o‘quv chilar ilmiy izlanish olib borishi mumkin boʻlgan laboratoriya
mu hitini, yoki o‘quvchilar navbatdagi darajani tugallashi kerak boʻlgan
oʻyin muhitini yaratib beradi. Bu vazifalarda o‘quvchilar oʻz
xatti-
harakatlariga nisbatan darhol avtomatlashgan javob oladilar.
– Oddiy va murakkab yopiq test topshiriqlari: bu topshiriqlar ko‘p
variantlardan bittasini tanlash (masalan, yangi g‘oyani ishlab chiqish
o‘rniga ilgari taklif etilgan g‘oyani tanlash), javoblarni
siljitib joylashga
(g‘oyalarni toifalashga) asoslangan javoblarni talab etadi.
42
43
105.
Javob turiga qarab vazifalarning taqsimlanishi kreativ fikrlash-
ning toʻrtta domenida turlicha boʻladi.
106.
Bir qator potensial test sinovlari PISA
testlari platformasi doi-
rasida loyihalashtirilgan, ishlab chiqilgan va jamlangan. Tajriba-sinovlar
uchun bo‘limlarning yakuniy bosqichiga o‘tadigan sinov guruhlari mam-
lakatlarning xulosa beruvchi ekspertlari bu potensial bo‘limlar turkumidan
quyidagi muhim mezonlar asosida (lekin bu bilan cheklanib qolmay)
saralab olingan:
– ushbu doirada kreativ fikrlashda muhim
deb topilgan nazariyalar
(masalan, kompetensiyaviy modeli, domenlar)ning aks etishi;
– ko‘nikmalar darajasini aniq farqlaydigan vazifalar turkumi;
– vazifa shakllarining munosibligi va turliligi;
– tanlangan o‘lchov vositalari uchun ishonchli
kodlashtirish va baholash
yoʻriqnomalarini ishlab chiqish imkoniyati;
– mavzularning kelib chiqishi va millatidan qatʼi nazar, barcha o‘quvchilar
uchun tanish va tegishli boʻlishi;
– kognitiv laboratoriya va validatsiya tadqiqotlaridagi samarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: