Kreativ 2020. indd


-shakl.  Oʻquv jarayonida kreativ fikrlashning yor damchi omillari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/83
Sana12.01.2022
Hajmi2,38 Mb.
#336878
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
pisa-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi (1)

1-shakl. 

Oʻquv jarayonida kreativ fikrlashning yor damchi omillari.

Shaxsiy yordamchi omillar

Ijtimoiy yordamchi omillar

Yutuq va rivojlanish

Maqsad 


sari intilish 

va ijodkorlik 

borasida oʻz-

o‘ziga ishonch

Soha bo‘yicha 

tayyorgarlik

Boshqalar 

bilan 


hamkorlik

Vazifa 


borasidagi 

ishtiyoq


Aqliy 

qobiliyatlar

Ochiqlik

Muammoni 

hal etish

Bilim 


orttirish

Taʼlim 


yondashuv-

lari


Maktab 

va sinfdagi 

muhit

Madaniy 


me’yorlar va 

kutilayotgan 

natijalar

Kreativ 


ifodalash


16

17

KREATIV FIKRLASHNING SHAXS BILAN BOGʻLIQ



 

YORDAMCHI OMILLARI

AQLIY QOBILIYATLAR

30. 


Bir  qator  tadqiqotchilar  ijodiy  fikrlash  uchun  zaruriy  aqliy 

qobi liyatlarni  aniqlashga  harakat  qilganlar.  Guilfordning  (1956  [46]) 

o‘xshash  (convergent)  va  tafovutli  (divergent)  fikrlash  konsepsiyasi  bu 

sohadagi  tadqiqotlarga  katta  taʼsir  oʻtkazgan.  O‘xshash  fikrlash  deb, 

odatda,  javob  topish  maqsadida  to‘plangan  ma’lumotga  asosan  izlanish, 

anglash  va  qaror  qabul  qilishning  an’anaviy  va  mantiqiy  strategiyasini 

qo‘llash  qobiliyatiga  aytiladi.  (Cropley,  2006  [47]).  Aksincha,  tafovutli 

fikrlash  –  bu  yangi  yondashuvlarni  qo‘llash  va  mavjud  ma’lumotlardan 

kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar, 

fikrlash  va  o‘zgartirishning  ma’no  jihatdan  o‘zgaruvchanlik  va  ravonlik 

kabi  layoqatlarini  qo‘llash  yo‘li  bilan  original  g‘oyalarni  ishlab  chiqish 

qobiliyatidir (Cropley, 2006 [47]). Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor 

ko‘rsatmalardan  voz  kecha  bilish,  muammoga  boshqacha  yechimlarni 

qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga 

murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor 

uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan 

(Schank  va  Abelson,  1977  [48];  Duncker,  1972  [49]).  Umuman  olganda, 

tafovutli  fikrlash  aksar  hollarda  yangicha,  noodatiy  hamda  kutilmagan 

javoblarni hosil qilishdir.

31. 


Kreativ  fikrlash  koʻpincha  tafovutli  fikrlash  istilohlarida  tavsif-

lanadi, aksar tadqiqotlar bugungacha tafovutli fikrlash bilan bogʻliq aqliy 

jarayonlarni  oʻrganishga  bagʻishlangan.  Lekin,  tadqiqotlar  tahliliy  yoki 

qaror qabul qilish qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari 

ham  kreativlik  uchun  muhim  ekanligini  yaqqol  namoyish  qilmoqda 

(Cropley, 2006 [47]; Reiter-Palmon va Robinson, 2009 [50]; Tanggard va 

Glaveanu,  2014  [51]).  Masalan,  yangicha  va  qiymatli  gʻoyalarni  berish 

qobiliyati  avval  boshqa,  muammoni  joʻyali  taʼriflash  kabi  jarayonlarni 

amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin (Runco, 1997 [52]). Darhaqiqat, 

Getzels va Csikszentmihalyi (1976 [53]) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha 




17

talabalarning  muammoni  taʼriflashdagi  muvaffaqiyatlari  ular  chizgan 

rasmlarning  estetik  qiymati  hamda  oʻziga  xosligining  mezonlari  bilan 

chambarchas bogʻliqdir. Bu mezonlar, oʻz navbatida, ushbu talabalarning 

uzoq muddatda rassom sifatidagi muvaffaqiyatiga ham boʻgliq boʻlgan.

32. 


Maktab  kreativlik  uchun  zaruriy  boʻlgan  aqliy  qobiliyatlar  va 

yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlaydigan taʼlim metodikasini targʻib qilishi 

mumkin (Beghetto va Kaufman, 2010 [54]). Masalan, Mayer (1989 [55]) 

aqliy  timsollarni  (mental  reprezentatsiyani)  shakllantirishni  oʻrganish 

oʻquvchining ilm-fan, matematika hamda AKT dagi kreativligini yaxshilashi 

mumkinligini namoyish etgan. 




Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish