Kreativ 2020. indd



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/83
Sana12.01.2022
Hajmi2,38 Mb.
#336878
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
pisa-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi (1)

SINFDAGI MUHIT

52. 


Tashkilotchilik  borasidagi  tadqiqotlar  ish  muhitining  baʼzi  xu-

susiyatlari  ishchilarning  ijodkorligiga  taʼsir  qilishini  namoyish  etgan. 

Faoliyatga  berilgan  norasmiy  munosabat,  maqsad  qoʻyish,  ijobiy  ragʻ-

batlantirish  vazifani  bajarishdagi  nisbatan  mustaqillik,  munosib  eʼtirof 

va yangi goʻyalar berishni qoʻllab-quvvatlashning barchasi kreativlikning 

muhit bilan bogʻliq yordamchi omillaridir (Amabile, 2012 [59]; Zhou va 

Su, 2010 [95]). Va aksincha, yangi gʻoyalarni tanqid qilib tashlash, mavjud 

ishlarning ahvoliga urgʻu berish, rahbariyatning ortiqcha ehtiyotkorligi, 

muddatlar bosimi kreativlikni boʻguvchi muhit omillaridandir (Amabile, 

2012 [59]). Xuddi shu muhit omillari sinfdagi kreativ fikrlashga ham taʼsir 

oʻtkazadi, deyish mumkin.

53. 


Nickerson (2010 [96]) kreativ fikrlashni boʻguvchi aynan maktab 

bilan  bogʻliq  bir  qator  amaliyotlarni  sanaydi:  1)  vazifani  bajarishning 

yagona  toʻgʻri  usuli,  savolga  yagona  toʻgʻri  javob  boʻlishi  kerak,  degan 

gʻoyaning  quloch  yoyʻishi;  2)  nufuzli  insonlarga  boʻysunish  va  ulardan 

qoʻrqish kerak, degan munosabatni targʻib etish; 3) har qanday holatda 

ham dars rejasiga amal qilish; 4) originallik oʻta noyob xislat ekanligiga 

ishonib  qolish;  5)  bilim  alohida  sohalarga  boʻlinishi  haqidagi  ishonchni 

targʻib  etish;  6)  qiziquvchanlik  va  sinchkovlikni  maʼqullamaslik;  7)  va 

eng muhimi, bilim olish va muammoni yechishning qiziqarli mashg‘ulot 

boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik.

54. 

O‘qituvchilar innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan (va bu bilan 



bogʻliq  xatarlarni  qabul  qiluvchi)  maktab  va  taʼlim  siyosati  muhitida 

taʼlim  berishda  ijodiy  yondashuvga,  oʻquvchilarning  kreativ  fikrlashini 

rivojlantirishga e’tibor qaratadi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning rang-barang 

gʻoyalarini,  tavakkal  qarorlar  qabul  qilishlarini  va  sinfdoshlari  bilan 

murakkab masalalarni hal etishda hamkorlik qilishlarining ahamiyatini 

anglashlari kerak. Ushbu yondashuvlar asnosida kreativ fikrlash malakasini, 

maʼlum  muddat  olsa  ham,  oʻrgatish  mumkin  ekanligiga  pedagogning 

ishonchi yotadi.

55. 

  Beghetto  va  Kaufman  (2014  [97])  o‘qituvchilar  sinfdagi  muhit 



berayotgan  noaniq  ma’lumotlarni  nazorat  qilishlari  hamda  oʻzlari  ham 

oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga undovchi muhitni yaratishda faol ishtirok 

etishlarini taklif qiladi. Masalan, buni o‘quvchilarga maqsad qoʻyish, uning 



24

25

bajarilayotganini  monitoring  qilish,  joʻyali  gʻoyalarni  aniqlash  hamda 



samarali guruh ishi uchun jamoaviy mas’uliyatni boʻyniga olishda koʻproq 

erkinlikni berish orqali amalga oshirish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchilar 

oʻquvchilarga ijodiy fikrlash qachon va qay yoʻsinda vazifaga mos kelishini 

oʻrganishda yordam berishlari kerak.

56. 

Taʼlim  tadqiqotchilarining  baʼzilari  bilim  hosil  qilish  ehtimolini 



oshiruvchi turli oʻqitish va taʼlim olish usullarini tadqiq etmoqdalar. Tad-

qiqotlarga koʻra, ijodiy fikrlash bilim-yaratuvchi jamoalardagi hamkorlik 

orqali  muvaffaqiyatli  vujudga  kelishi  mumkin.  Yaʼni,  maktablar  bilim-

yaratuvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritsa va u yerda o‘quvchilar goʻyalar 

bilan toʻgʻridan toʻgʻri va davomiy faoliyat yuritsa (Scardamalia va Bereiter, 

2006  [98];  Scardamalia  va  Bereiter,  1999  [99]),  vujudga  keladi.  Taʼlim 

jarayonining  integral  qismi  oʻlaroq,  bilim  yaratish  maqsadli  faoliyatga 

aylanganda,  o‘quvchilar  oʻz  jamoasiga  yangi  gʻoyalarni  taqdim  etadilar 

hamda ushbu gʻoyalarni davomiy takomillashtirib borishi uchun ishlaydilar 

(Scardamalia, 2002 [80]).

57. 

Bilimlar yaratish, shuningdek, «hayratlanish topshiriqlari» orqali 



ham ilgari surilishi mumkin. Hayratlanish topshiriqlari dunyoni anglashga 

urinish jarayonlarini tasvirlaydi va o‘quvchilarni turli hodisalar haqida o‘z 

g‘oyalarini aytishga undaydi. (Scardamalia va Bereiter, 1992 [100]; Bereiter 

va Scardamalia, 2010 [101]).




Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish