О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar”
AMALIY MASHG‘ULOTLAR ISHLANMASI
3- kurs uchun
Kirish
Oliy o‘quv yurti, turli sohalar boyicha ijodiy fikrlashga qodir, mustaqil ishlay oladigan, yuqori mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qoydi. Bunda bir muncha ilg‘or usul va ta'lim vositalarini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosiy o‘rinni egallaydi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining keyingi bir qator hujjatlarida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda.
"Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar" kursi defektolog-logoped kadrlarni tayyorlash tizimida muhim o‘rinni egallaydi.
Kursning asosiy vazifalariga "Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar" fanining barcha bo‘limlarini mazkur fan bilan bog‘liq bo‘lgan (maxsus pedagogika, psixologiya, maxsus psixologiya, logopediya, logopsixologiya) fanlaridagi yangi ilmiy hisobga olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni egallash kiradi.
"Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar" fanini muvaffaqiyatli o‘rganish-nazariy bilimlarning keng doirasini o‘zlashtirish, maxsus adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallashga imkon yaratadi, shuningdek koxlear implantant bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarini tashkil etish uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirish, maxsus mashg‘ulotlar uchun mashqlar va didaktik materiallarni tanlash va tayyorlashni, mashg‘ulotlar uchun rejalar tuzishni o‘z ichiga oladi.
Talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda olib boriladigan ishlarini tashkil etish "Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar" fanini yaxshi, muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlarida muhim hisoblanadi. Ushbu qo‘llanmada keltirilayotgan nazorat savollar kollokvium, oraliq nazorat imtihonlariga muvaffaqiyatli tayyorlanishga imkon yaratadi. Bular o‘zlashtirilgan bilimlarni talabaning o‘zi tomonidan tekshirishga, ya'ni o‘z-o‘zini nazorat qilishga hizmat qiladi. Talabalarning olib borayotgan mustaqil ishlarini turli usullar: mavzuli royxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot analizlari, og‘zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
Mazkur qo‘llanmada, savol va topshiriqlar taxminiy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik mahorat, ijodiy yondoshuv orqali ularning birmuncha takomillashtirish to‘plamini kengaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |